T. Malikov O. Olimjonov moliya


Xo’jalik yurituvchi sub’yektning innovatsion- investitsion strategiyasini shakllantirish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə95/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Xo’jalik yurituvchi sub’yektning innovatsion- investitsion strategiyasini shakllantirish


Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish faqat iste’molchilarning ehtiyojlarini yanada to’la-roq qondirish nuqtai- nazaridangina emas, balki yakuniy mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi moddiy va mehnat xarajatlarini qisqartirish hisobidan XYuS foydasini oshirish uchun ham muhim hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilg’or texnologiyalarni joriy etish uchun ular taraqqiyotning eng ilg’or tendentsiyalariga muvofiqligini aniqlash, ularni amalga oshirishning strategik yo’nalish-larini ishlab chiqish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan bozor samaradorlik va ish sifatining ijtimoiy- zaruriy ko’rsatkichlarini ta’minlay olmaydigan ishlab chiqarishning


past texnik-texnologik darajasiga iqtisodiy jihatdan yo’l bermaydi. Ana shu shartga rioya qilingan holdagina iste’molchilarning ehtiyojlarini qondi-rish, ratsional nisbatlarga erishish, ishlab chiqarish salohiyatidan yanada to’liqroq foydalanish va resurslarni tejab-tergashga imkoniyat tug’iladi. Mazkur muhim vazifani yechishga bozorning barcha iqtisodiy mexanizmi, shu jumladan baholar, soliqlar, kredit, bank foizi va boshqalar yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. Bunda iqtisodiyotning sotsial sohasini yuqori sur’atlarda rivojlantirish, aholining tobora o’sib boradigan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishga o’tish juda muhim. Qat’iy pul va moliya-kredit siyosatining hayotga tadbiq etilishi inflyatsiya sur’atlarining pasayishiga olib kelishi mumkin, lekin bu holat sifat jihatidan iqtisodiy o’sishga o’tishning, faol tuzilmaviy qayta qurishning va ishlab chiqarish taraqqiyotining investitsion jihatdan ta’minlash-ning mustahkam yo’nalishi bo’la olmaydi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning jadallashuviga moliyaviy va investitsion bozorlarning shakllanishi o’zining katta ta’sirini ko’rsa-tadi. Bu yerda o’z qo’lida juda katta texnologik va resurs salohiyatini to’plab olgan yirik korporatsiyalar va moliya-sanoat guruhlari tomonidan qattiq raqobat namoyon bo’ladi. Bu salohiyatdan samarali foydalanish ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, mamlakatning tashqi bozorlarga chiqishi bilan bog’liq
bo’lgan strategik vazifalarning echilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
XYuSlarning innovatsion strategiyasi uchun ular inve-stitsion faoliyatini rag’batlantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu samarali moliya-kredit va investitsion siyosatni amalga oshirish bilan bevosita bog’liq. Shuningdek, bu yerda xo’jalik faoliyatini rag’batlantirishni ta’minlash, ishlab chiqarishning boshqaruvchanlik darajasi va uning inve-stitsion sohasini oshirish talab qilinadi. Takror ishlab chiqarish barcha tsikli va u investitsion sohasining dina-mikasini qamrab oluvchi asosiy printsiplarni har bir XYuSda ishlab chiqish juda muhim.
Birinchidan, samarali investitsion dasturlar va ishlab chiqarishni yangilash loyihalari davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash yo’li orqali va bir vaqtning o’zida bozor o’z-o’zini tartibga soluvchilarining ta’siri ostida amalga oshiril-mog’i lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarishni yangilashning yangi texni-kasi va ilg’or texnologiyasi faqat “innovatsiyalar – inve-stitsiyalar – tarkibiy qayta qurish” bloklarining organik jihatdan bog’liqligi sharoitida yuqori natijalarni berishi mumkin. Muammoni hal etishga bunday yondoshuv korpora-tsiyalar, firmalar va XYuSlarning faqat
uzoq muddatli istiqbolda emas, balki o’rta muddatli davrda ham ishlab chiqarish-tijoriy faoliyatida integral samaraning o’sishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish va investitsion sohani tarkibiy jihatdan qayta qurishning informatsion qismi ham o’sib boruvchi ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni va takror ishlab chiqarishni butunlay bozoriy transformatsiyalashuvining asosiy yo’nalishlarini dasturiy ta’minlashning infor-matsion tizimidagi iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish mexanizmidagi kamchiliklar asoslangan ishlab chiqarish- texnologik qarorlari qabul qilishni, buyurtmalar portfe-lini shakllantirishni va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni murakkab-lashtiradi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin