Iqtisodiy xavfsizlik



Yüklə 23,96 Kb.
tarix04.10.2023
ölçüsü23,96 Kb.
#152172
IQTISODIY XAVFSIZLIK 1 - TOPSHIRIQ


MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI

“IQTISODIY XAVFSIZLIK” FANIDAN



TOPSHIRIQ

MAVZU: Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati, shakllari va asosiy ko‘rsatkichlari, tahdidlar. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo‘llari.


Topshirdi: 923-20 guruh talabasi J. O’ralov


Qabul qildi: A. Narkuziyev


Jizzax 2023
1.“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mohiyati nimadan iborat?

Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasining mazmun va mohiyati .


Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni bajaradilar (qarang Marketing). I.h.ni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy xavfsizlik - bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o'sishi, ijtimoiy ehtiyojlarining maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajada himoyalash ta'minlanadi.
I.x. milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi.

2.“Iqtisodiy xavfsizlik” prеdmеti va ob`yеkti nimalardan iborat?


Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror


iqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan,
ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy
manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy
asosi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik
shakllangan hamda jamiyat o’z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la
boshlagan.
Iqtisodiy xavfsizlik o’zining ob’ekt va sub’ektlariga ega bo’lib, uning ob’ekti
deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari
tushuniladi.

Iqtisodiy xavfsizlik obektlariga quyidagilar kiradi:


- tabiiy boyliklar;


- inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi;
- ishlab chiqarish fondlari;
- ko’chmas mulk;
- moliyaviy resurslar;
- xo’jalik tizimlari;
- mintaqalar;
- oila;
- inson.
3. Iqtisodiy xavfsizlikning indikatorlari dеganda nimani tushunasiz?

Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi indikatorlari ajratib ko’rsatiladi:


- yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi;


- aholining turmush darajasi va sifati;
- inflyatsiya darajasi;
- ishsizlik darajasi;
- iqtisodiyot tarkibi;
- davlat qarzi;
- jamiyatning mulkiy tabaqalanishi;
- iqtisodiyot va jamiyatning kriminallashuvi;
- ishlab chiqarishning texnik va texnologik holati;
- raqobatbardoshlik;
- importga bog’langanlik;
- xufiyona iqtisodiy faoliyat miqyosi;
- oltin valyuta zahiralari.

4. Iqtisodiy xavfsizlikning darajalariga ta`rif bеring ?


Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud:





  • xalqaro (global va mintaqa darajasida);

  • milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida);

  • xususiy (firma va shaxs darajasida).

Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – bu har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati a’zosining o’z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holatidir.


Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishda taraqqiyot modellarini zo’rlab o’tkazish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan majburlashdan voz kechish, har qanday xalqning o’z mustaqil yo’lini tanlash huquqini tan olish, turli mulkchilik shakllari va manfaatlarning mavjudligini qonuniy ekanligini hurmatlash yo’lidan boriladi.
Milliy iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining milliy
manfaatlarni kafolatli himoyalanganligi, mamlakat rivojlanishining ijtimoiy
yo’naltirilganligi, yetarli iqtisodiy va mudofaa salohiyatining ta’minlangandagi
holatini ifodalaydi.
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi – ma’muriyat va personal tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy- iqtisodiy va injener-texnik chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir.
5.Tahdidlarning qanday turlari mavjud?

Odatda iqtisodiy tahdidlar umumlashtirilgan holda ichki va tashqi tahdidlarga ajratilib o’rganiladi.


Tashqi tahdidlar jumlasiga esa quyidagilar kiritiladi:


- eksport tarkibida xom ashyo mahsulotlarining ustuvorligi;


- mamlakatning import mahsulotlariga qaramligi, bog’liqligi;
- import tarkibining ratsional emasligi;
- tashqi qarzlarning o’sib borishi;
- eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;
- bojxona chegaralarining yetarli darajada belgilanmaganligi;
- eksport-import operatsiyalariga xizmat ko’rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivojlanmaganligi.

Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlar sifatida quyidagilar keltiriladi:


- mamlakat iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanganligi va tarkibiy deformatsiyaning kuchayishi;
- milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi;
- iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi;
- yuqori darajadagi inflyatsiya;
- mineral – xom ashyo bazalarining kam o’rganilganligi;
- mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fan-texnika rivojlanishining ayrim yo’nalishlarida ilg’or o’rinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat nufuzi va obro’-e’tiborining tushib ketishi;
- infratuzilmaning rivojlanmaganligi;
- ichki bozorlardan milliy tovarlarning chet el tovarlari tomonidan siqib chiqarilishi;
- hududiy separatizm va lobbizmning yuqoriligi.
Yüklə 23,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin