Natijasining muhimligiga ko’ra moliyaviy barqaror-likka o’z ta’sirini ko’rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruh-dan tashkil topadi:
asosiy omillar;
ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan omillar.
Tarkibiy tuzilmasi bo’yicha XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdagi omillardan tarkib topadi:
oddiy;
murakkab.
Harakat etish davriga muvofiqmoliyaviy barqaror-likka o’z ta’sirini ko’rsatuvchi omillarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
doimiy;
vaqtinchalik.
Yuqoridagilarning orasida eng muhimi omillarning tashqi va ichki guruhi hisoblanib, u omillarning namoyon bo’lishiga, miqdoriy va sifat mazmuniga u yoki bu darajada XYuSning bevosita ta’sir ko’rsatish imkoniyatini aniq aniqlab beradi.
XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga o’z ta’sirini ko’rsatuvchi asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqariladigan mahsulotning to’lovga layoqatli bozor talabiga muvofiqligi;
XYuSning qaysi tarmoqqa mansubligi va boshqalar.
Bu omillarning ta’sirini baholash ko’p jihatdan menejerlarning kasbiy mahorati va malakasiga, ularning ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlar va o’zaro bog’liqlikni hisobga olish qobiliyatiga bog’liq.
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omil-larga quyidagilarni kiritish mumkin:
xo’jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlari ta’siri;