T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə100/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Ichki barqarorlik XYuSning shunday moliyaviy holati-dirki, unda faoliyat ko’rsatishning barqaror yuqori natijasi, eng birinchi navbatda, ichki omillarning faollashtirilishi hisobidan ta’minlanadi.
O‘z navbatida, tashqi barqarorlik XYuSning shunday moliyaviy holatidirki, u doirasida XYuS faoliyat ko’rsa-tadigan iqtisodiy muhitning barqarorligi bilan belgi-lanadi. Bunday barqarorlik butun mamlakat masshtabida rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida erishiladi.
Va nihoyat, umumiy barqarorlik XYuSning shunday moliyaviy holatidirki, unda ichki va tashqi omillarning o’zaro ta’sirchanligini faollashtirish hisobidan mablag’lar tushumining ularning xarajat qilinishidan ortiqchaligi ta’minlanadi.
XYuSlar moliyaviy holatining barqarorligi moliyalash-tirishda ehtiyojlarni qondirishning manbalari sifatida o’z va qarziy mablag’larning nisbati asosida qaraladigan (hisoblanadigan) nisbiy va absolyut ko’rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Etarli bo’lmagan moliyaviy barqarorlik XYuSni noto’lovqobillilikka va ishlab chiqarishni rivoj-lantirish uchun unda mablag’larning mavjud bo’lmasligiga olib kelishi mumkin. Aksincha, ortiqcha moliyaviy barqa-rorlik esa, taraqqiyotga to’sqinlik qilishga, ortiqcha zahiralar tufayli xarajatlarning og’irlashuviga sabab bo’ladi.
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishning vazifalari quyidagilardan iborat:

    • o’z aylanma mablag’larining summalarini aniqlash va ularning dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish;

    • zaxiralar, xarajatlar va barcha aylanma aktivlarni shakllantirish qismi bo’yicha moliyaviy barqarorlikni baholash;

    • moliyaviy barqarorlikning turi(tipi)ni aniqlash.

O‘z aylanma mablag’lari, zaxiralar va xarajatlarni shakllantirishning boshqa manbalari ko’rsatkichlarining nisbatiga va zaxiralarning miqdoriga bog’liq ravishda XYuSlar moliyaviy barqarorligining quyidagi tur(tip)la-rini ajratib ko’rsatish mumkin:

    • absolyut moliyaviy barqarorlik;

    • sog’lom (normal) moliyaviy barqarorlik;

    • beqaror moliyaviy ahvol;

    • inqirozli moliyaviy holat.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin