erkin (sof yoki takomillashgan) raqobat. U baholarni aniqlashda erkin musobaqalashishning mavjudligi bilan xarakterlanadi;
monopolistik raqobat. Bunda to’liq almashtirilishi mumkin bo’lmagan xilma-xil tovarlar guruhini ishlab chiqaruvchi XYuSlarning musobaqalashishi amalga oshiriladi;
monopolistik bozor. Bunday bozor tovarlarning bahosini o’rnatishda bir xo’jalik sub’yekti hukmronlik qiladigan bozordir.
Bozor iqtisodiyotida marketing-baho strategiyasining moliyaviy jihatlarini tashkil etish shakl va sharoit-larining ko’p turliligi bilan xarakterlanadi. Bu o’z tovarini sotuvchi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar iqtisodiy nuqtai-nazardan nimadan iborat ekanligiga va turli bozorlarda shu tovarlarni iste’mol qilish imkoniyatining qandayligiga bog’liq.
Baholarni shakllantirishning u yoki bu strategiyasi, yoki ularning turli kombinatsiyalarini qo’llash tovarlarni realizatsiya qiluvchilarning egalariga (mulkdorlariga) ko’zda tutilgan pul tushumlariga ega bo’lishni va shu asosda zaruriy moliyaviy fondlarni muvaffaqiyatli shakllantirishga imkon beradi.
Bahoni zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlash asosida hisoblash metodiga xos bo’lgan xarakterli belgi-larni aytib bering.
Qanday hollarda baho chiqariladigan tovarning unikal-ligi (antiqaligi) asosida o’rnatiladi?
Preyskurant baholarning asosida nima yotadi?
Bahoni aniqlashning raqobat savdolari orqali usuli qanday sharoitda qo’llaniladi?
Qishloq xo’jaligida baholarning qanday yo’nalishlari rivojlanadi?
Baholarni shakllantirishga xarajatli yondoshuv meto-dida asosiy tayanch nuqta sifatida nimalar qabul qilinadi?
Baholarni qimmatli shakllantirish baholarni qanday o’rnatilishini taqozo etadi?
XYuSlar marketing strategiyasining moliyaviy jihat-lari nimalarni nazarda tutadi?
XYuS faoliyat ko’rsatishining mikromuhiti va makro-muhiti nimalardan iborat va ular o’z ichiga nimalarni qamrab oladi?
XYuS tomonidan sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar bahosini asoslash, hisob-kitob qilish va o’rnatish qanday ketma-ketlikda va faoliyat turlari bo’yicha amalga oshiri-lishi maqsadga muvofiq?
Talab, iste’moliy tanlov, taklif, muqobil ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan omillar, nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillar nimalardan iborat?
Yuqori baholar strategiyasi (“qaymog’ini ajratib olish”) ning mazmuni nimada?
Past baholar strategiyasi qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?
Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi qanday amalga oshiriladi?
Yoppasiga (ommaviy) sotib olishlar bahosi va baho-larni tovarning sifati bilan uzviy bog’langanligi strategiyalarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari nimalardan iborat?
“Skonto” chegirma, progressiv chegirmalar, tovarlarning almashtirilishi yoki shu bilan bog’liq bo’lgan chegirma, eksport chegirmalari, funktsional chegirmalar yoki savdo sohasidagi chegirmalar, maxsus chegirmalar, yashirin chegirmalar, konfidentsial chegirmalar deyilganda nimalar tushuniladi?
Bozorni segmentlashtirishning mazmuni nimada?
Raqobatning erkinlik darajasi va baholarni shakllantirishga bog’liq ravishda bozorlarning qanday tiplari mavjud?