T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə92/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Ustamalar baholarni shakllantirishda chegirmalarga nisbatan kamroq qo’llaniladi. Ularning qo’llanilishi tovar-lar sifatining ortishi, tovarlarning kreditga sotilishi va shu kabi omillar bilan bog’liq.
Tovarlarga nisbatan baholarni asoslash va baholarni shakllantirish strategiyasini samarali amalga oshirish uchun XYuS o’zi faoliyat ko’rsatadigan maqsadli bozorlarini60 aniqlab olmog’i, turli bozorlarning masshtablari va bozor talablarini qondirishning o’z imkoniyatlari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lmog’i kerak.
Undan so’ng XYuSning mamlakat ichki bozoridagi hamda yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tashqi bozorlaridagi faoliyat sohasini aniqlash va cheklab olmoq lozim. Yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tashqi bozorlaridagi faoliyat faoliyat ko’rsatish shartlari va huquqiy tartibga solish normalariga ko’ra bir-biridan keskin farq qiladi. Bozorlarning hududiy geografiyasini bilish ham muhimki, ular uchun faoliyat ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlari, shahar va qishloq bozorlarining nisbatiga tegishli bo’lgan belgilar mavjud bo’lib, ular har ehtimolga qarshi, o’zlarining xususiyatlarini uzoq vaqt davomida yana saqlab qolishi mumkin. Va nihoyat, baholarni shakllantirishning strategik yo’naltirilishida joriy investitsion talab bozorlarini aniq chegaralab olmoq ham zarur.
XYuSlarga mo’ljalni aniq olish va maqsadli bozor-larni tanlashga bozorni segmentlashtirish imkon beradi. Bozorni segmentlashtirish o’rganish metodi hisoblanadi. Unga ko’ra iste’molchilar ehtiyojlari, tavsifi, xatti-harakatining o’ziga xosligi va shunga o’xshash xususiyatlariga muvofiq guruhlarga ajratiladi. Bozor segmenti bir xil toifadagi iste’molchilardan, u yoki bu holatga bir xil tarzda reaktsiya qiluvchilardan tashkil topadi.
Yaxlit olinganda bozor iqtisodiyotida bozor baholarini shakllantirishning umumiy belgilari bozorning turli sohalarida baholarning turli-tuman ko’rinishlarini qo’llash orqali amalga oshiriladi. Raqobatning erkinlik darajasi va baholarni shakllantirishga (bular bozorlar tipini klassifikatsiya qilishda asosiy me’zon sifatida maydonga chiqadi) bog’liq ravishda bozorlar quyidagi to’rt asosiy tiplarga ajratiladi:


60 Maqsadli bozorlar deyilganda XYuS mo’ljallayotgan bozorlar nazarda tutiladi. Ana shunday bozorlarni aniqlab olmoq uchun, eng avvalo, u sotuvchi bozori yoki sotib oluvchi bozorining umumiy bahosini hisobga olishi kerak. Sotuvchining bozorida sotuvchi (mahsulotni ishlab chiqaruvchi) ustuvor o’ringa ega bo’ladi va u realizatsiya qilinadigan tovarlarning bahosini amalda belgilaydi. Xaridor bozorida esa ustuvor o’rin sotib oluvchiga tegishli bo’ladi. XYuS bunday sharoitda iste’molchi talablarining qattiq sharoitlarida faoliyat ko’rsatadi.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin