to'g’ri aniqlashdan iboratdir. Bunda talabalar banklarda buxgalteriya hisobini
o'rganishda, aw alo, uning korxonalar, byudjet va boshqa kredit muassasalarida
yuritiladigan buxgalteriya hisobidan tub farqlarini tushunishlari zarur.
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlamikiga
nisbatan o'zining operativligi bilan ajralib turadi. Chunki
ularda soat 16-00 gacha
operatsion kun bo'lib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operatsiyalar o'sha
kuniyoq mijozlaming analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va
kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi. Bu pul
mablag' larining saqlanishi, kundalik pul aylanmasi va hisob-kitob kredit
munosabatlarining holati, kassa rejasining bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini
berish bilan birgalikda, pul muomalasi hamda kredit resurslarining aylanishini
tartibga solishni ta'minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va bank
faoliyatining asosiy ko'rsatkichlarini hisoblash hamda ular bo'yicha to'liq
ma'lumotlarga ega bo'lish uchun o'lchov birliklari (natura, mexnat va pul) dan
foydalaniladi. Shu boisdan, Banklarda buxgalteriya hisobini to'g’ri yuritishda
quyidagi asosiy vazifalami bajarishni talab qiladi:
hisob-kitoblardagi mablaglar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta
xizmat ko'rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank
operatsiyalarini to 'g ’ri bajarish;
bankdan pul mablag'lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat'iy hisobda turadigan
blankalardan foydalanishning qonuniyligini ta'minlash;
operatsion kun davomida bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha
rasmiylashtirilgan hujjatlaming qonuniyligini hamda to'g ’riligini nazorat qilish;
Banklarda bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha moliyaviy natijalami
shakllantirish va ulami to'g’ri aniqlash;
kundalik balansni tuzish uchun dastlabki hujjat ma'lumotlarini qayta ishlash va
ulaming har bir hisobvaraqlari bo'yicha taqsimlashni samarali tashkil etish;
oylik, ehoraklik va yillik buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish hamda
tegishli nazorat organlariga o'z vaqtida taqdim etib borishdan iboratdir.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobining qonuniy
va uslubiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to'g ’risidagi qonuni", «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari», «Buxgalteriya
hisobining xalqaro standartlari» hamda O'zbekiston Respublikasi markaziy banki
tomonidan ishlab chiqarilgan me'yoriy hujjatlari hisoblanadi. Ushbu qonuniy hujjatlar
buxgalteriya hisobini yuritishda tartibga soluvchi qonuniy hujjatlar hisoblanadi va
mulkchilik shaklidan, ya'ni, qaysi tarmoqqa tegishliligidan hamda katta-kichikligidan
qat'iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar uchun amal qilinadi.
Shunday qilib, Banklarda buxgalteriya hisobi fanini o‘rganishda uning nazariy
asoslarini chuqur o'zlashtirish hamda buxgalteriya hisobi va xisobotlarini tuzishga
oid me'yoriy hujjatlami ham bilishni taqazo etadi.
Dostları ilə paylaş: