2.2. Pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi
Banklarda barcha operatsiyalar O ’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan o’matilgan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi hamda
"Bank-mijoz" tizimidan foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali olingan elektron
to ’lov hujjatlari, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan
elektron hujjatlar asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi. Pul
hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijroga faqat mijozning bankka taqdim qilgan
muhr izi va imzo namunasi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslar yoki
mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxsdan qabul qilinadi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
-
mijozning nomi va soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR);
pul oluvchi va pul to’lovchi mijozlar hisobvaraq raqamlari;
-
ularga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi;
hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
-
operatsiyaning nomi, maqsadi va summasi;
-
mijoz muhri va mas'ul shaxslarining imzolari.
Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi lozim. Pul hisob-kitob
hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Bank operatsiyalari
2 5
qonun hujjatlarida belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosida
amalga oshirilishi mumkin. Elektron hujjatlar pul hisob-kitob hujjatlaming asl
nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo’lishi shart.
Elektron hujjatlar mas'ul shaxslar imzolari o ’mini bosuvchi - elektron raqamli
imzo bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Elektron hujjatlami qabul qilish va qayta
ishlash jarayonida ulaming biror ko’rsatkichlarini o ’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi.
Elektron hujjatlar asosida hisob-kitob operatsiyasi amalga oshirilayotganda pul hisob-
kitob hujjatining asl nusxasi bankka taqdim qilinmaydi. Elektron hujjatdagi barcha
m a’lumotlaming to ’g’riligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinadi:
a) yuridik shaxslardan - asl nusxada imzo namunalari varaqchasida ko’rsatilgan
imzolar namunasi v a asosiy muhming iziga muvofiq mansabdor shaxslaming imzosi
hamda asosiy m uhri izi mavjud bo’lganda;
b) yuridik shaxs tashkil qilmasdan turib dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan - varaqchada ko’rsatilgan imzolar
namunasidan bittasi va asosiy muhming izi mavjud bo’lganda. Agar bankka taqdim
qilingan imzolar namunasi va muhr izi qo’yilgan varaqchada ulaming asosiy muhri
bo’lmagan hollarda, dehqon xo’jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan
taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilishga ruxsat beriladi.
Imzolar o ’z egasining qo’li bilan qo’yilishi shart. Barcha pul hisob-kitob
hujjatlarida imzo izi tushirilgan faksimilni qo’yish taqiqlanadi. Banklarda naqd pulsiz
hisob-kitoblar bilan bog’iq to ’lov hujjatlari "O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz
hisob-kitoblar to ’g ’risidagi nizom"
hamda naqd pul bilan bog’iq operatsiyalari
bo’yicha to ’lov hujjatlari "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va
qimmatliklami tashishga doir yo’riqnoma"da belgilangan blanka shakllaridagi
rekvizitlar bo’yicha to ’liq va to ’g’ri to ’ldirib, rasmiylashtirilgan bo’lishi shart.
Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir xil
rangli siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo’lda to ’ldirilgan bo’lishi shart. hujjatning
to ’ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilishi lozim. Hisobvaraq egasining
nomi, uning hisobvarag’i raqami va bank nomi cheklarda hamda e'lonlarda burchak
shtamplar bilan k o ’rsatilishi mumkin. Bankda beriladigan naqd pul hujjatlarida so’z
bilan yoziladigan summa satming boshidan katta h arf bilan boshlanishi shart.
"Summa raqam bilan" hamda "Summa so’z bilan" chek vizitlaridagi summadan oldin
va keyin qolgan bo’sh joylarga uchlari diagonal chiziq bilan birlashtirilgan ikki
parallel chiziq tortib qo’yiladi.
Naqd pul chekining old tomonida albatta, naqd pul olish uchun korxona
tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning ismi, sharifi yoziladi. hisobvaraq egasi
naqd pul cheklarining orqa tomonida xarajatlaming maqsadini ko’rsatishi shart,
ushbu ma'lumotlar chek beruvchining imzolari bilan tasdiqlanadi va pul oluvchining
pasporti yoki uning o ’mini bosuvchi hujjat ma'lumotlari ko’rsatiladi.
Bu m a'lum otlar oluvchilaming o’zlari tomonidan to ’ldirilishi shart. Naqd pul
berilishi uchun asos bo’ladigan pul cheklari va chiqim kassa orderlari oluvchilaming
imzolari bilan tasdiqlanadi.
Naqd pul cheki bo’yicha mablag’ chekda shaxsi ko’rsatilgan shaxsga to ’lanadi.
Chek bo’yicha pul olish huquqi boshqa shaxsga topshirilishi man etiladi. Ikkinchi
imzo huquqi bilan chekni imzolagan tashkilot bosh buxgalteri yoki bosh buxgalter
vazifasini bajaruvchi xodim nomiga yozilgan chek bo’yicha pul to’lanishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Faqat
harbiy
qismlar,
harbiy
tashkilotlar,
markazlashtirilgan
buxgalteriyalar xizmatidan foydalanmaydigan o’z-o’zini boshqarish organlarining,
shuningdek pul olishiga ruxsat etiladigan boshqa shaxs shtatida bo’lmagan
tashkilotlar hisobvaraqlariga doir cheklar bundan mustasno. Bu holat hisobvaraq
egasi imzolar namunasi varaqchasida qayd etgan tegishli yozuv bilan tasdiqlangan
bo’lishi lozim.
Bank rahbari, ayrim hollarda, chek bo’yicha qisman pul to ’lashga va pul oluvchi
shaxsga ushbu chek bo’yicha unga amalda berilgan pul summasi to ’g’risida
ma'lumotnoma berishga ruxsat etishi mumkin. Ma'lumotnomaga bank rahbari va bosh
buxgalteri imzolari qo’yilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul
summasi to ’g ’risida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Ushbu chek
bo’yicha boshqa naqd pul olishga ruxsat berilmaydi va unga qisman to’langani
haqidagi ma'lumotnomaning nusxasi ilova qilinib, shu kunning kassa hujjatlariga
qo’shib tikiladi.
"O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g ’risidagi
yo’riqnoma" ga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar
vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona
qo’mitasi va ularga qarashli muassasalaming to’lov topshiriqnomalari va cheklarida
to ’lovlar maqsadi ko’rsatilishi talab qilinmaydi.
Bank operatsiyasini o’tkazish uchun asos bo’ladigan pul hisob-kitob
hujjatlarida, ulami to’g ’ri rasmiylashtirganligi va tekshirilganligini bildiruvchi bank
mansabdor shaxslarining imzolari bo’lishi lozim.
Bajarilgan operatsiyalami
isbotlovchi hujjatlar sifatida bankda saqlanadigan hujjat nusxalari hamda
hisobvaraqlardan olinib, ulaming egalariga yuboriladigan ko’chirmalarga ilova
qilinadigan nusxalar ham ushbu bank xodimlarining imzolari bilan rasmiylishtiriladi.
Pul hisob-kitob hujjatlariga imzo chekish huquqi berilgan mansabdor shaxslar
imzolarining namunalari maxsus blankalarda beriladi. Bu namunalar bank
rahbarining imzo chekish huquqini berish to ’g ’risidagi farmoyishi hisoblanadi, ularga
bank rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadi. Maxsus blankalar shakli bank
tomonidan mustaqil belgilanadi. Ayrim buxgalteriya xodimlari boshqalari bilan
almashtiriladigan hollarda yangi xodimlar imzolarining namunalari alohida
blankalarda beriladi. Bank mansabdor shaxslari imzolarining bekor qilingan va
o ’zgartirilgan namunalarini ulaming ustidan chizish yo’li bilan o ’chiriladi.
Belgilangan hollarda pul hisob-kitob hujjatlariga jo ’natma kaliti ham qo’shilib, gerbli
muhr yoki bank kassasining muhri yoxud bank kechki kassasi apparati qo’yadigan
shtamp bosiladi.
Pul va qimmatliklami qabul qilish hamda berish bilan bog’iq hujjatlar, shu
jumladan, pul va qimmatliklar qabul qilingani to’g ’risidagi kvitantsiyalarda yuqorida
qayd etilgan imzolardan tashqari pul va qimmatliklami qabul qilgan yoki bergan
kassiming imzosi ham bo’lishi shart. Kirim kassa orderlariga hamda pul va
qimmatliklami qabul qilish kvitantsiyalariga imzo chekish huquqi berilgan kassa
xodimlarining familiyalari, ulaming imzo namunalari bank rahbari tomonidan
chiqarilgan maxsus blankalarda ko’rsatiladi.
Bosh buxgalter imzolaming tegishli namunalari o’z vaqtida kassaga,
buxgalteriya xodimlariga va nazoratchi xodimlarga berilib, bu haqda ulardan tilxat
olinishini ta'minlashi shart. Bundan tashqari, bosh buxgalter imzo chekish huquqi
bekor qilingan shaxslar imzolarining namunalaridan foydalanuvchi mansabdor
shaxslar qo’lidagi ro ’yxatlardan o ’z vaqtida o ’chirilishini ham kuzatib borishi shart.
Bankning ichki operatsiyalari bank xodimlari tomonidan normativ-huquqiy
hujjatlar talablariga muvofiq o ’matilgan shakllarda rasmiylashtiriladigan hujjatlar
bo’yicha amalga oshiriladi. Bunga, xususan, memorial orderlar, kirim va chiqim
kassa orderlari, ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo’yicha memorial orderlar,
kredit bo’limi hamda bankning alohida operatsiyalari bo’yicha tayinlangan mutasaddi
xodimining farmoyishlari va boshqalar kiradi.
Bank to ’lovchi bo’lib ishtirok etgan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda,
ular bank rahbarining va bosh buxgalteming imzolari bilan tasdiqlanadi, boshqa
holatlarda memorial orderlar ushbu bank hisobvarag’ini olib boruvchi buxgalter va
bosh buxgalteming imzosi bilan tasdiqlanadi. Muddatida to’lanmagan pul hisob-kitob
hujjatlari (2-kartotekaga kirim qilingan to ’lov talabnomalari, to’lov topshiriqnomalari
va inkasso topshiriqnomalari)ni qisman to ’lash maqsadida tuzilgan memorial
orderlarda operatsiya mazmunini bildiradigan matn o ’miga uning shartli belgisi - "1"
va "2" raqamlari hamda to’lov talabnomasi yoki topshiriqnomasining tegishli raqami
va sana ko’rsatilishi shart.
Bank tuzgan hujjatlarda ulaming raqamlari qayd etiladi. E'lonlar, shuningdek
ulaming kvitantsiya raqamlarining tartibi bank bosh buxgalteri tomonidan
belgilanadi. Pul qabul qilinganligi to ’g ’risida to ’lovchiga kvitantsiya beriladigan
hollarda bank xodimi pul qo’yuvchiga berilgan kvitantsiya raqamining oxirgi uch
raqamini e'longa yozib qo’yadi. E'lonlar kompyuter texnikasi yordamida tuzilishi
mumkin. Texnik imkoniyati mavjud bo’lmagan banklarda esa e'lonlar qo’lda yozib
to ’ldiriladi. Bunda, naqd pul qabul qilingani to ’g’risidagi kvitantsiyalar faqat siyohli
yoki sharikli ruchka bilan qo’lda to ’ldirilishi shart. Faqat blankalar komplektiga
kiradigan, bir vaqtning o’zida qora qog’oz bilan to ’ldiriladigan kvitantsiyalar bundan
mustasno.
Bank tomonidan beradigan kvitantsiyalarda so’z bilan yoziladigan summa
satming boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. "Summa raqam bilan"
rekvizitidagi summadan oldin va keyin qolgan bo’sh joyga ikki parallel to ’g’ri chiziq
tortib qo’yiladi. Pul omborida saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlami kirim qilish
va hisobdan chiqarishga doir kirim-chiqim orderlarida yakuniy summalar so ’z bilan
qayta yoziladi.
Kirim va chiqim kassa jum allari kompyuter texnikasi yordamida tuziladi. Unda
sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim hujjatining raqami, hisobot
ramzi hamda uning summasi ko’rsatilishi lozim. Shuningdek, ushbu kassa jumallari
kirim va chiqim hujjatlarini dastlabki nazoratdan o ’tkazgan mas'ul ijrochi va
kassiming imzolari bilan tasdiqlanishi shart.
Bank kunlik operatsiyalar yig’majildiga tikish va saqlash uchun chiqariladigan
elektron to ’lov hujjatlarining ro’yxati hamda mijozlar tomonidan taqdim qilingan pul
hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bankning mas'ul xodimlari imzosi va bank
shtampi bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to’g ’ri tashkil etilishi
va nazoratning aniq olib borilishi bankning o’z vazifalarini to’g ’ri bajarishini, mavjud
va bo’lg’usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar,
jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati
va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq
va foydali axborot olishni ta'minlaydi.
Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini
tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat k o ’rsatish hamda hujjatlar aylanmasini
yo’lga qo’yish usullari to ’g’risida ko’rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini
yuritish va ulami nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining
qonuniyligi bo’yicha javobgarlik belgilangan. Shuningdek, quyidagilarni ta'minlash
maqsad qilib qo’yilgan:
-
hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to ’g ’ri
bajarish hamda ulami buxgalteriya hisobi va hisobotida o ’z vaqtida va aniq aks
ettirish;
bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va
ulardagi o’zgarishlar to’g’risida ishonchli ma'lumotlar to’plash;
bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o ’zgarishlar va moliyaviy
natijalari to’g ’risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy
hisobotlami tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;
-
bank ish kuni tartibiga qat'iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat
ko’rsatish;
-
hisob-kitoblardagi mablag’lar aylanishini tezlashtirish;
bankdan chiqayotgan hujjatlami tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning
natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda
ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat
ko’rsatuvchi
mijozlaming operatsiyalari hisobini
yuritishni
belgilangan
talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish;
-
bankdagi pul mablag’lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat'iy hisobda
turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo’l qo’ymaslik hamda
belgilangan tartibda ulaming saqlanishini tashkil etish;
operatsiyalaming qonuniyligi hamda to ’g ’riligini doimiy ichki nazorat va
auditdan o’tkazish, ulaming natijalari bo’yicha ma'lumotnomalar tuzish va
rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;
zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan
holda bank
operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda
hisobotlar tuzishda mehnat va mablag’ sarfini qisqartirish.
Amalga oshirilgan operatsiyalami amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini
yuritish va nazorat qilish to’g ’risidagi talablari barcha banklar uchun majburiydir.
Banklar belgilangan asosiy qoidalar doirasida o’zlarining ish xususiyatlarini
hisobga olgan holda ichki buxgalteriya hujjatlapini yuritish tartibini belgilashlari
mumkin.
Bank xodimlari buxgalteriya hisobida aks ettirilgan bank siriga oid
ma'lumotlarni O ’zbekiston Respublikasining "Bank siri to’g ’risida"gi qonuni
talablariga qat'iy amal qilgan holda sir saqlashlari lozim.
Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to’g ’ri tashkil etilishi
va nazorat qilish maqsadi quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
-
bank amaliyot kuni - bank ish kunining bir qismi bo’lib, bankka kelib tushgan
barcha pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va buxgalteriya
hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajratilgan vaqt;
-
bank buxgalteriya apparati - pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank
operatsiyalarini ichki nazoratdan o ’tkazish hamda ulami hisob registrlarida qayd
etish bilan shug’ullanuvchi xodimlar guruhi;
-
bank ish kuni - qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o ’matilgan ish
vaqti;
bank operatsiyalari ichki nazorati - bank rahbariyati va barcha bank xodimlari
tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ulaming
qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy
hisobotlaming ishonchliligini ta'minlash tizimi.
Ichki nazorat ma'lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo’lgan
tartib yoki qoida bo’lmasdan, balki u bankning barcha bo’g ’inlarida kunlik bank
operatsiyalaming boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank
faoliyatining ajralmas qismidir.
Ichki nazorat o ’z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratga
bo’linadi;
bosh kitob
- hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli
hisobvaraqlari
qoldiqlarining ro’yxati;
buxgalteriya hisobi registrlari - ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar qayd
etiladigan jum allar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar;
Bek-ofis - bankning tarkibiy qismi bo’lib, Front-ofis tomonidan dastlabki
nazoratdan o’tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalami joriy nazoratdan
o’tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guru?i.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan
o’tkazilib, ma'qullangan barcha bank operatsiyalami qaytadan joriy nazoratdan
o’tkazib, ulami ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish
va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Bek-ofis mijozlar bilan
bevosita muloqotda bo’lmaydi.
U,
mijozlar
operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo’yicha Front-ofis bilan, bankning
ichki moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo’yicha
bank ma'muriyati bilan aloqada bo’ladi.
Bek-ofisga Bek-ofis boshlig’i rahbarlik qiladi va u o ’z navbatida bank rahbariga
bo’ysunadi;
dastlabki nazorat - Front-ofis yoki mas'ul ijrochi buxgalter tomonidan
operatsiyalami bajarmasdan oldin ulaming qonunchilikka mos ekanligini aniqlash
bo’yicha amalga oshiriladigan nazorat;
yordamchi
kitob
-
bosh
kitob
hisobvaraqlariga ochiladigan
shaxsiy
hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag’lar turi va qimmatliklar bo’yicha
yuritiladigan kartochka, kitob yoki jumallar;
joriy nazorat - Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki
mas'ul ijrochi buxgalter ma'qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka
mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat
pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini
tekshirishni ham o ’z ichiga oladi;
mas'ul ijrochi buxgalter - mijozlaming pul hisob-kitob hujjatlarini to’g’ri
rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan
o’tkazib, ulami buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi buxgalter;
minibank - bank filiali binosidan tashqarida, lekin o ’zi joylashgan viloyat-shahar
hududida joylashgan va O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli
normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy
tuzilmasi;
nazoratchi buxgalter - mas'ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki nazoratdan
o ’tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o ’tkazib amalga oshiruvchi
buxgalter;
Front-ofis - bankning tarkibiy qismi bo’lib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda
bo’lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko’rsatuvchi xodimlar guru?i. Ushbu
guruhga Front-ofis boshlig’i rahbarlik qiladi.
Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlar topshirig’i hamda bank ichki faoliyati
bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan operatsiyalaming qonunchilikka mos
ekanligini aniqlash va ulami buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlashdan
iborat;
yakuniy nazorat - amaliyot kun tugagandan so’ng, keyingi bank ish kunidan
kechikmagan holda Front-ofis yoki mas'ul ijrochi buxgalter va Bek-ofis yoki
nazoratchi
buxgalter
tomonidan
bajarilgan
barcha bank operatsiyalarining
qonunchilik ka mosligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga
oshiriladigan nazorat;
Yakuniy nazorat bank Boshqaruvi tashkil qilgan Yakuniy nazorat xizmati
tomonidan amalga oshiriladi va u, faqat bank Boshqaruviga bo’ysunadi.
Yakuniy nazorat xizmati buxgalteriya apparati bir butun yaxlit bo’lgan
banklarda buxgalteriya apparati ichida, Front-ofis va Bek-ofisga bo’lingan banklarda
esa Bek-ofisi tarkibida alohida bo’lim sifatida tashkil qilinadi.
Banklarda buxgalteriya operatsiyalari 3 usulda: dastlabki nazorat, joriy nazorat
va yakuniy nazoratdan o ’tkaziladi.
Dastlabki nazorat Front-ofis xodimlari (agar, bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis
va Bek-ofisga bo’lingan bo’lsa) yoki mas'ul ijrochi buxgalter
tomonidan
operatsiyalami bajarmasdan oldin ulaming samaradorligini, bankning ichki siyosatiga
hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta'minlash maqsadida amalga
oshiriladi. Agar, operatsiyalar xorijiy valyutada xalqaro shartnomalar asosida amalga
oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim.
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda, ulaming O ’zbekiston
Respublikasi
Markaziy
bankning normativ-huquqiy
hujjatlarida belgilangan
shakldagi blankda yozilib to ’g ’ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to’liq va
to ’g ’ri to’ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va
tuzatishga yo’l qo’yilmaganligi, shu jum ladan hisobvaraqni tasarruf etuvchilaming
imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi.
Agar, mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan talablarga zid
kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to’lov hujjatlari mijozga ijroga qabul qilinmasdan
qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ulaming hisobvaraqlari raqami
o ’zgartirilgan to ’lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o ’zaro kelishilgan tartibda
tuzatish kiritilgan b o ’lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To’lov talabnomalari sana bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri bor
bo’lgan holatda inkassaga qabul qilinadi. Agarda bank hisobvarag’i shartnomasida
boshqacha tartib k o ’zda tutilmagan bo’lsa, to ’lov topshiriqnomasi bank tomonidan
mijozning talab qilib olguncha depozit hisobvarag’ida to ’lov uchun etarli mablag’lar
mavjud
bo’lgandagina qabul
qilinadi.
Byudjetga
va byudjetdan tashqari
jam g ’armalarga to ’lovlar bo’yicha taqdim qilingan to ’lov topshiriqnomalari
mijozning hisobvarag’ida to ’lov uchun etarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda 2-son
kartotekaga kirim qilinadi va quyidagicha buxgalteriya utkazmasi bilan bosh kitobda
aks ettiriladi:
Debet 90963-uz vaqtida tulanmagan hisob-kitob hujjatlari
Kredit 96321 kontr hisob varag’i
To’lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo’yish uchun foydalaniladigan
e'lonlaming sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lishi kerak, aks
holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi. Mas'ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis
xodimi to ’lov hujjati nusxalarini imzolashdan oldin, ulami solishtirib, o ’zaro bir
xilligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shundan so’ng, ijro etish sana ko’rsatilgan holda
mas'ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va unga biriktirilgan bank shtampi qo’yilgan
hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu nusxa hujjatlar ijro uchun qabul
qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini bajaradi.
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to ’ldirilgan kundan boshlab, 10
kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi. Mas'ul xodim qabul qilingan
naqd pul chekining sanani, chekni topshirgan xo’jalik sub'ektining nomini va
hisobvaraq raqamini, olinadigan mablag’ning raqam va so’z bilan yozilgan
summasini tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o ’zidagi imzo namunalari bilan
solishtiradi.
Shuningdek,
naqd
pul
cheklarini
belgilangan
tartibda
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.
Front-ofis xodimi yoki mas'ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan
barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma'lumotlarni dasturga
kiritadi va to ’lov hujjatlarini imzolab, elektron to ’lov tizimi orqali ulami joriy
nazoratdan o ’tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter bank ichki hujjat aylanish tartibiga
asosan Front-ofis yoki mas'ul ijrochi buxgalterdan kelib tushgan pul hisob-kitob
hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilgandan keyin joriy nazoratni
amalga oshiradi.
Joriy nazoratda dastlabki nazoratdan o’tkazilgan to’lov hujjatlarining to’g ’ri
rasmiylashtirilganligi va ulaming elektron nusxalarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi
qaytadan tekshiriladi hamda ulardagi imzolar va muhr izini o’zlarida mavjud imzolar
va muhr izi namunalari bilan solishtiriladi. To’lov hujjatlarining asl nusxasida Front-
ofis xodimi yoki mas'ul ijrochi buxgalteming imzolari va shtampi borligini hamda
ulami o ’zida mavjud bo’lgan imzo namunalariga mos kelishini tekshiradi.
Shuningdek, Front-ofis xodimi yoki mas'ul ijrochi buxgalteri pul hisob-kitob
hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaganligiga ishonch hosil
qilishi lozim.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter naqd pul cheki va e'lonnomani
o’matilgan tartibda tekshirib, ulami imzolab Front-ofis xodimi yoki mas'ul ijrochi
buxgalterga qaytaradi. Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan
bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan to ’lov
hujjatlarining asl va elektron nusxalari hamda ushbu operatsiyalami amalga oshirish
uchun asos bo’lgan bank tegishli bo’linmalarining Xizmat farmoyishlarining
nusxalari to’g ’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo’qligi tekshiriladi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari yoki ulaming elektron faylida xato va
kamchiliklar aniqlanganda, Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter to ’lov
hujjatining asl nusxasiga imzo chekmasdan ulaming xato va kamchiliklarini
ko’rsatgan holda Front-ofis yoki mas'ul ijrochi buxgalterga ijrosiz qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan joriy nazorat natijalari
ijobiy bo’lgan taqdirda, u to’lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekadi va uni Bek-
ofis boshlig’iga yoki bosh buxgalterga tasdiqlash uchun jo ’natadi. Bek-ofis boshlig’i
yoki bosh buxgalter belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, dastlabki va joriy
nazoratdan o’tgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul
qilib oladi va ushbu to ’lov hujjatlarida qonunchilik hamda bankning ichki siyosatida
o ’matilgan talablarga rioya qilinishi bo’yicha umumiy nazoratni amalga oshiradi.
Bek-ofis boshlig’i yoki Bosh buxgalter barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl
va elektron nusxalariga o’matilgan tartibda imzo chekib, tasdiqlaydi va buxgalteriya
o ’tkazmalarini amalga oshiradi. Bank rahbari buyrug’i bilan to’lovlami tasdiqlash
boshqa bank xodimiga topshirilishi mumkin.
Banklarda amaliyot kuni yakunlangandan so’ng, kunlik operatsiya hujjatlari
o ’matilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib yakuniy nazoratdan o’tkazish uchun
yakuniy nazorat xizmati xodimlariga topshiriladi va ularga elektron ma'lumotlar
bazasiga kirish uchun ruxsat beriladi.
Yakuniy nazorat xizmati tomonidan keyingi bank ish kunidan kechikmagan
holda elektron ma'lumotlar bazasiga kirib, bankda amalga oshirilgan barcha
operatsiyalar Bosh va yordamchi kitoblardagi amal qilib turgan shaxsiy
hisobvaraqlarda to ’g ’ri aks ettirilganligini pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari
bilan solishtirib tekshirishdan o ’tkazilishi shart. Tekshirish natijalari dasturiy
bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi va kunlik yi?majildga tikilishi shart.
Kunlik chop etilib, yig’majildga tikilgan balans ma'lumotlari bilan uning
elektron balans ma'lumotlari bir-biriga mos kelmagan holda, zudlik bilan
rahbariyatga ma'lumot beriladi va shu kunning o ’zida uning sabablari to ’g’risida Bek-
ofis boshlig’i yoki bosh buxgalter va xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish xizmati
xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi. Bundan tashqari, yakuniy nazorat xodim
bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo’lgan barcha hujjatlami talab qilishga va
ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to’g’ri va maqsadga muvofiq
bajarilganligi bo’yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |