T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda analitik hisobni yuritish va uni tashkil qilish



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109
Data

2.4. Banklarda analitik hisobni yuritish va uni tashkil qilish
Banklarda buxgalteriya hisobining haqqoniy va to ‘g ‘ri yuritilishini tashkil
etishda analitik va sintetik hisob ma'lumotlari asosiy manbaa hisoblanadi. Shu
boisdan, mijozlaming shaxsiy hisobvaraqlari birlamchi hujjatlar asosida dasturiy yo‘l
bilan ikki nusxada tayyorlanadi. Ikkinchi nusxa shaxsiy hisobvaraqdan ko'chirma
b o iib xizmat qiladi va mijozga berilishi yoki jo'natish uchun mo'ljallanadi. Shaxsiy
hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan hisob-kitob-pul
hujjatlari asosida kiritiladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarga quyidagi rekvizitlar: shaxsiy hisobvaraqning nomi;
chiqish shaklining raqami; shaxsiy hisobvaraqning tartib raqami;


shaxsiy
hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi; mijozning shaxsiy hisobvarag'i raqami va
uning nomi; hisobvarag'iga xizmat ko'rsatuvchi buxgalteming raqami, uning
familiyasi, ismi, otasining ismi; ishlov berish sanasi; hisobvaraqdagi so'nggi harakat
sanasi; kun boshidagi qoldiq summasi; kun oxiridagi qoldiq summasi; buxgaltepiya
yozuvlari tartibi bo'yicha raqami; hujjat raqami; hisob-kitob shakli yoki operatsiya
turi; vakil bankning FA bo'yicha raqami; debet aylanmasi bo'yicha summasi; kredit
aylanmalari bo'yicha summasi; debet aylanmasi bo'yicha umumiy summasi; kredit
aylanmasi
bo'yicha
umumiy
summasi
yoziladi.
Shaxsiy
hisobvaraqlardan
ko'chirm alar kompyuter yordamida tayyorlansa, ular mijozlarga berilayotganda
imzolar va bank shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi.
Kredit aylanmalari
bo'yicha o'tkazilgan
summalar yuzasidan
shaxsiy
hisobvaraqlardan ko'chirmalarga hisobvaraq bo'yicha yozuvlar kiritishda asos
bo'lgan ilovalar qo'shiladi. Ko'chirm alarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp,
shuningdek, shaxsiy hisobvaraq bo'yicha o'tkazilgan sana kalendar shtempeli
bosiladi. Puli to'langan hisob-kitob hujjatlarining mijozlar hisobvaraqlaridan
ko'chirm alariga ilova qilinadigan, ishlov berishning dastlabki bosqichidayoq bank
shtampi yoki muhri bosiladigan ikkinchi nusxalari, shuningdek, kirim-kassa
operatsiyalariga doir hujjatlar yuqorida aytilgan shtamp bilan tasdiqlanmaydi.
K o'chirm alar mazkur hisobvaraq bo'yicha birinchi yoki ikkinchi imzo huquqiga
ega bo'lgan shaxslarga yoki ulaming ishonchnoma taqdim etgan vakillariga tilxat
bilan beriladi. Bunday ishonchnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan
bo'lishi lozim va mijoz obuna qutilari orqali ariza topshirganda esa, ko'chirmalar
imzosiz beriladi.
Hisobvaraq egasi unga ko'chirm alar berilganidan keyin ikki ish kuni mobaynida
bankka hisobvaraq krediti yoki debetiga xato yozilgan summalar haqida yozma
ravishda xabar qilishlari lozim. Agar shu muddat ichida mijoz o 'z e'tirozini
bildirmasa, bajarilgan operatsiyalar hamda hisobvaraqdagi mablag' qoldig'i
tasdiqlangan hisoblanadi.
Bank ikki ish kuni o‘tganidan keyin mijoz hisobvarag'i kreditida noto‘g ‘ri
yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz kechiktipilgan har bir kun uchun hisobvaraq
kreditidagi umumiy summaning bank xizmat ko'rsatish to'g'risidagi shartnomada
ko'zda tutilgan foizi miqdorida bankka jarim a to'laydi. Bu jarima begonalar
mablag'laridan o 'z manfaatlari yo'lida foydalanganliklari uchun undiriladi.
Bank mijozlari hisobvaraqlarining ahvoli to'g'risidagi yozma ma'lumotlarini


faqat hisobvaraq egalariga nisbatan yuqori turuvchi tashkilotlarning, shuningdek, sud
va soliq organlarining yozma talabiga ko'ra berishi mumkin. Mijoz shaxsiy
hisobvaraqlaridan ko'chirmasini yo'qotib qo'ygan taqdirda, uning dublikati mijoz
arizasiga ko'ra bank rahbari yoki uning muovini tomonidan beriladigan yozma
ruxsatnoma asosida berilishi mumkin. Mijoz o 'z arizasida ko'chirm a yo'qolishi
sabablarini ko'rsatishi, arizaga korxona rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo'yilgan
bo'lishi lozim.
Shaxsiy hisobvaraqlardan ko'chirma dublikatlari nusxa usulida olinadi va
ko'chirma dublikatiga mijozga xizmat ko'rsatuvchi buxgalter, bosh buxgalter yoki
uning muovini imzo chekadi, bank muhri bosiladi, shuningdek, "200_yil
"___ "__________ da ko'chirm a dublikati berildi" degan yozuv yozib qo'yiladi.
Ko'chirmalar mijozlarga berilgandan yoki jo'natilgandan keyin buxgalter
shaxsiy hisobvaraqlami ulaming raqamlari ortib borishi tartibida, ular ichida esa -
sanalar bo'yicha saralaydi. Oy tugaganidan keyin ular xuddi shu tartibda balans
hisobvaraqlari hamda ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha tikiladi va
keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay ro'yxat bo'yicha joriy apxivga topshiriladi.
Shuningdek, yordamchi kitobning boshqa materiallari ham bo'lib, ular ko'zda
tutilmagan holatlar bo'yicha hisobvaraqlar uchun ochilgan kartotekalarda saqlanuvchi
hujjatlardan tashkil topadi. Masalan: To'lov muddatini kutayotgan hujjatlar nomli 1-
sonli kartotekadagi to'lov talabnomalari; o 'z vaqtida to'lanmagan hisob hujjatlari deb
nomlanuvchi 2-sonli kartotekadagi to'lov talabnomasi; to'lov topshiriqnomasi;
inkasso topshirqnomalari kabi hujjatlar ham tafsiliy hisob uchun asosiy materiallar
bulib hisoblanadi. Bu hujjatlar harakati bo'yicha ham hisobvaraqlar ochilib, ular
ko'zda tutilmagan holatlar bo'yicha hisobvaraqlar deb ataladi. Ular alohida sanalar va
hisobvaraq raqamlari bo'yicha tikilib, keyingi oyning 20-sanasigacha bankning joriy
arxiviga topshiriladi.
Shunday qilib, Banklarda analitik hisob yuritishda yordamchi kitob, ya'ni,
m ablag'lar va moddiy boyliklar bo'yicha hisob-kitoblaming har bir turi yuzasidan
alohida ma'lumotlar olish imkoniyatlarini o'rganish mumkin. Bu o 'z navbatida,
banklarda buxgalteriya hisobi ob’ektlari bo'yicha ma'lumotlari ning ob’ektivligini va
ulami tegishli hujjatlarda rasmiylashtirishning mukammalligini ta'minlashga keng
sharoitlar yaratadi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin