T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Mijozlarga bank hisobvaraqlarini ochish va amalga oshiriladigan



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109
Data

3.1. Mijozlarga bank hisobvaraqlarini ochish va amalga oshiriladigan
operatsiyalar hisobi
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valyutada bank
hisobvaraqlarini ochishi, ulami qayta rasmiylashtirishi hamda yopishi mumkin12.
Bank hisobvarag'i - bu bank va mijoz o'rtasida tuziladigan maxsus shartnomaga
(xizmat ko'rsatish) muvofiq, mijozning pul mablag'larini saqlash uchun ochilgan
hisobvarag'i tushuniladi. Bank hisobvaraqlari quyidagi: talab qilib olinguncha
saqlanadigan
depozit hisobvaraqlar; jam g'arm a depozit hisobvaraqlar; muddatli
depozit hisobvaraqlar; depozit hisobvaraqlaming boshqa turlari; kredit hisobvaraqlari
kabi turlarga bo'linadi.
Yuridik va jism oniy shaxslar o'zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini
ko'rsatish uchun xoxlagan banklarida milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari hamda depozit hisobvaraqlaming
boshqa turlarini ochishlari mumkin. Bunda, mijoz va bank o'rtasida tuzilgan
hisobvarag'iga xizmat ko'rsatish to'g'risidagi shartnoma asosida rasmiylashtiradi.
Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka ariza bilan birgalikda boshqa
zaruriy (hisobvaraq ochish to'g'risida ariza, davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi
guvohnomaning nusxasi, юридик шахслар низомларининг нотариал тасдикланган
нусхаси, imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqcha) hujjatlar taqdim
qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga hisobvaraqlar
ochishlari va keyingi ish kunidan kechiktirmay, hisobvaraqlar ochilganligi to'g'risida
tegishli soliq organiga yozma ravishda xabar beradi. Mijozlar tomonidan xorijiy
valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini hamda ikkilamchi talab
qilib olinguncha, jam g'arm a, muddatli va depozit hisobvaraqlaming xorijiy va
boshqa milliy valyutadagi turlarini ochish uchun bankka yuqoridagi hujjatlar taqdim
qilinadi. Bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan hisobvaraq mavjud bo'lsa, faqat
hisobvaraq ochish to 'g 'risid a ariza taqdim qilinadi.
Shuningdek,
xo'jalik yurituvchi sub’ektlar o'zlariga xoxlagan banklarda
hisobvaraqalar ochishlari uchun tegishli hujjatlar bilan birga, imzo namunalari va
muhr izi qo'yilgan varaqchalar ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir
nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa pul cheklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida
turadi. Imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqcha notarial yoki yuqori
tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Agar bank operatsiya qismlarini joylashtirish
shartlari bo'yicha zarur bo'lsa, ushbu bankda bittadan ko'p hisobvaraqqa ega bo'lgan
hisobvaraq egalaridan imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchaning


qo'shim cha nusxalari talab qilinishi mumkin. Bunda qo'shim cha nusxalar bank bosh
12 Ў з б е к и с г о н
Р е с п у б л и к а с и б а н к л а р и д а о ч и л а д и г а н б а н к й и с о б в а р а к п а р н 
т ў г р и с и д а н ў р и қ н о м а . Ў зР A B 2 9 .0 9 .2 0 0 3 й.
1080-1 -с о н б и л а н р ў й х э т г а о л и н г а н в а“ Ў э б е к и с т о н 
Р е с п у б л и к а с и д а н а к д п у л с и з й и с о б - к и т о б л а р т у г р и с и д а г и ” 
Н и зо м . Ў эР
А В т о м о н и д а и 1 3 .1 2 .2 0 0 4 й и л д а 1 1 2 2 -2 -со н б и л а н р ў й х а г г а 
о л и н г а н . (я н г и т а й р и р и )
buxgalteri yoki uning o ‘rinbosari tomonidan varaqchaning asosiy nusxasi bilan
solishtirgandan keyin tasdiqlanadi. Varaqchalaming bunday nusxalarini qo'shim cha
tasdiqlash talab qilinmaydi. Imzolar namunalari va muhr izi qo'yilgan varaqchalarda
hisobvaraqlaming raqamlari ko'rsatiladi. Imzo namunalari varaqchasiga yuridik
shaxsning rahbari va bosh buxgalteri imzolari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan
shaxslaming imzolari kiritiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Dehqon xo'jaligi rahbari
va yakka tartibdagi tadbirkoming asosiy muhri bo'lmagan holda ular faqat
o'zlarining imzolari namunalarini taqdim qiladilar.
Mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalaming hisobi har bir
turdagi m ablag'lar va qimmatliklar bo'yicha ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarda
(kartochkalar, kitoblar, jumallarda) yuritiladi. Bunda ulaming maqsadi, shuningdek,
hisobvaraq egalari ko'rsatiladi. Mijozlaming shaxsiy hisobvaraqlari birlamchi
hujjatlar asosida dasturiy yo'l bilan ikki nusxada tayyorlanadi. Ikkinchi nusxa shaxsiy
hisobvaraqdan ko'chirm a bo'lib xizmat qiladi va mijozga berish yoki jo'natish uchun
m o'ljallanadi. Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan
hisob-kitob-pul hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko'chirmalar
kompyuter yordamida tayyorlansa, ular mijozlarga berilayotganda imzolar va bank
shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi. Kredit bo'yicha o'tkazilgan summalar
yuzasidan, shaxsiy hisobvaraqlardan ko'chirmalarga hisobvaraq bo'yicha yozuvlar
kiritishda asos bo'lgan ilovalar qo'shiladi.
Ko'chirmalarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, shuningdek, hujjat shaxsiy
hisobvaraq bo'yicha o'tkazilgan sana kalendar shtempeli bosilishi kerak (agar bu
sana hujjat yozilgan sanaga mos kelmasa). Shtamp faqat ko'chirmaning asosiy
ilovasiga qo'yiladi. Asosiy ilovada qayd etilgan operatsiyalaming mundarijasi va
umumiy summasini tushuntiruvchi hamda talqin etuvchi qo'shimcha hujjatlarga
shtamp qo'yilmaydi.
Bank ikki ish kuni o'tganidan keyin mijoz hisobvarag'i kreditida noto'g'ri
yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz kechiktirilgan har bir kun uchun hisobvaraq
kreditidagi umumiy summaning bank xizmati ko'rsatish to'g'risidagi shartnomada
ko'zda tutilgan foizi miqdorida bankka jarima to'laydi. Mijoz shaxsiy hisobvaraqdan
ko'chirmani yo'qotib qo'ygan taqdirda, uning dublikati mijoz arizasiga ko'ra, bank
raxbari yoki uning muovini beradigan yozma ruxsatnoma asosidagina mijozga
berilishi mumkin.
Agar mijozning asosiy hisobvarag'ini boshqa bankka o'tkazish uning arizasiga
asosan hisobvaraqning qoldig'i tasdiqlanishi va chek daftarchalari qaytarilishi bilan


amalga oshiriladi. Bunda ushbu mijozning ikkilamchi hisobvaraqlari yopilmaydi.
Mijozni qabul qilayotgan bank uning arizasiga asosan o'zida “Mijozlarga to'lanishi
lozim bo'lgan m ablag'lar hisob-kitobi” ichki bank hisobvarag'ini ochadi va bu
to 'g 'rid a mijozga xabar beradi. Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank mijozning
farmoyishiga asosan unga asosiy hisobvaraq ochayotgan bankka uning hisobvarag'i
qoldig'ini
o'tkazishi,
shuningdek
ro'yxat
bo'yicha
yuridik
yig'majildini,
kartotekasidagi hisob-kitob hujjatlari va boshqa hujjatlari beriladi.
Mijozning barcha hujjatlari olingandan keyin bank unga belgilangan tartibda,
asosiy talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraq ochadi va ushbu hisobvaraqqa
unga ilgari ochilgan ichki bank hisobvarag'idagi m ablag'lar qoldig'ini o'tkazadi.
Hisobvaraq o ‘tkazilganligi to'g'risidagi ma'Iumot axborotlar bazasida 2 oy davomida
saqlanadi. Ushbu muddat tugagandan so'ng o'tkazilgan hisobvaraq to'g'risidagi
ma'Iumot arxivlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi, shu bilan bir vaqtda
hisobvaraq to'g'risidagi ma'Iumot bazadan o'chiriladi. O'tkazilgan hisobvaraq
bo'yicha kelib tushgan hisob-kitob hujjatlari ro'yxatdan o'tkazilgach, quyidagi:
Masalan, “Hisobvaraq yopildi. UzR AT “Paxtabank” ning Xamza filialiga murojaat
qiling” mazmundagi xabar bilan jo'natuvchiga qaytariladi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin