T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
Data

3.3. Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar
Bank to'lovchi bo‘lib chiqqan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda, ular


bank rahbarining va bosh buxgalteming imzolari bilan tasdiqlanadi, boshqa
holatlarda memorial orderlar ushbu bank hisobvarag'ini olib boruvchi bosh buxgalter
va buxgalteming imzosi bilan tasdiqlanadi. Memorial orderlar bilan sodir etilayotgan
operatsiyalaming to'g'riligi bo'yicha javobgarlik bankning rahbariga va bosh
buxgalteri zimmasiga yuklatiladi. Banklar memorial orderlardan fuharolaming olib
borayotgan
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
bog'liq
bo'lmagan
holda,
yozma
topshiriqnomalari bo'yicha naqd pulsiz pul mablag'larini o'tkazishni amalga
oshirishda foydalanishlari mumkin. Bunda, topshiriqnoma bo'yicha to'lash amalga
oshirilgandan so'ng memorial order bilan birga bankning kunlik hujjatlariga tikib
qo'yiladi.
3.4. ToMov topshiriqnomalari bilan hisob - kitoblar
To'lov
topshiriqnomasi
-
bu
to'lovchi
mijozning
bankdagi
depozit
qisobvarag'idagi pul mablaqlarining ma'lum bir summasini boshqa mijozning
qisobvarag'iga o'tkazish haqida o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bankka bergan
topshirig'idir. To'lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi maxsus blanka bo'lib,
to'lovchi tomonidan rasmiyIashtiriladi va quyidagi to'lovlami: tovarlar va xizmatlar
uchun qisob-kitoblar; notovar operatsiyalar bo'yicha qisob-kitoblar; markaziy
bankning me'yoriy hujjatlarida ko'zda tutilgan bo'lsa, bank kreditlari va unga
hisoblangan foizlami undirish uchun mablag' lami o'tkazishda; hukumat qarorlari va
bank qoidalarida belgilangan hollardagi to'lovlarini amalga oshirishda qo'llaniladi.
i3 “ ў з б е к и е г о н
Р е с п у б л и к а с и б а н к л а р и ў р т а с и д а э л е е т р о н т у л о в л а р т и э и м и 
б ў й и ч а х и с о б -к н т о б л а р ю р и т и ш т ў г р и с и д а ”
н и зо м . Ў з М Б Б о ш к а р у в и н и н г 0 8 .0 2 .2 0 0 1 й и л д а г и 4 8 5 -с о н л и 
к ар о р н б и л а н т а с д и к л а н г а н .
T o‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozit hisobvaraqlarida m ablag'lar mavjud boMgandagina qabul
qilinadi va unda to'lov topshiriqnomasining sanasi, uni bankka taqdim etilgan sana
bilan bir xil bo'lishi, ular mos kelmagan holda to'lov topshiriqnomasi ijro uchun
qabul qilinmaydi.


Agarda mijozning hisobvarag’ida mablag’ bo’lmagan golda mijozning
kechiktirib
bo’lmaydigan
ehtiyojlari
uchun
maxsus
zahira
m ablag’lari
shakllantiriladi. Buning uchun mijoz tomonidan bankka mijozning hisobraqamiga
kelib tushadigan m ablag’lar hisobidan kechiktirib bo’lmaydigan ehtiyojlari uchun
zahira mablag’larini ajratishni so’rab yozma ravishda murojaat qiladi. Mijozning
murojaatida kechiktirib bo’lmaydigan ehtiyojlari uchun zahira mablag’lar summasi
ko’rsatilishi va bu summa ajratilishi mumkin bo’lgan mablag’laming eng yuqori
summasidan oshib ketmasligi lozim. Ushbu summaning to ’g’ri hisoblanganligi uchun
javobgarlik mijoz tomonida bo’ladi. Mijoz tomonidan ajratilishi mumkin bo’lgan
zahira m ablag’larining eng yuqori chegarasi mijozning hisob raqamiga oldingi oy
davomida kelib tushgan m ablag’laming 5% miqdorida belgilanishi mumkin.
Agar kechiktirib bo'lmaydigan ehtiyojlar hisobvarag'idagi m ablag'lardan
foydalanish xo'jalik sub’ektlarining bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag'larini
hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi yo'riqnom aga muvofiq mijozlaming to'lov
topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. To'lov topshiriqnomasining to'lov
maqsadi satriga «Kechiktirib bo'lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobidan» deb yozib
qo'yiladi. To'lovchi va oluvchiga bitta bankda xizmat ko'rsatilsa, ular tomonidan
bankka taqdim qilingan to'lov topshiriqnomalari uch nusxada yozilib, birinchi nusxa
to'lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig'm asiga tikilishi,
ikkinchi nusxasi esa mablag' oluvchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan
ko'chirm aga ilova qilinishi va uchinchi nusxa to'lovchining shaxsiy hisobvarag'idan
olingan ko'chirm aga ilova qilinishi lozim.
Agar to'lovchi va oluvchiga boshqa-boshqa banklarda xizmat ko'rsatilgan
taqdirda, topshiriqnomalar ikki nusxada yozilib, birinchi nusxa to'lovlar amalga
oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig'm asiga va ikkinchi nusxasi esa
mablag' oluvchining shaxsiy hisobvarag'idan olingan ko'chirmaga ilova qilinadi.
"Bank-Mijoz" tizimidan foydalanadigan mijozlardan aloqa kanali orqali olingan
elektron to'lov topshiriqnomalari dasturiy nazoratdan o'tkaziladi va zarurat
tug'ilganda qog'ozga chiqariladi hamda tegishli tekshiruvdan so'ng uzatiladi.
To'lovlar amalga oshirilgandan so'ng mijozlardan olingan elektron topshiriqnomalar
ikki nusxada qog'ozga chiqarilib, bir nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig'm asiga va
ikkinchi nusxasi эса мижознинг хисоб ракамидан олинган кўчирмага илова
қилинади. Электрон тизим оркали кабул килинган тўлов топширикномалар
тўғрилигига мижоз жавоб беради, шунинг учун хам тўлов топширикноманинг
асл нусхалари банкка такдим қилинмайди.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin