26 Кроливецкая Л.П. и др. Бухгалтерский учет в коммерческом банке в проводках. -
М .: Ф и С - 2004. 192 стр.
berilganda; kamomad aniqlanganda va foydalanish uchun yaroqsiz bo'lganda; fors-
major holatlarda.
Material zahiralar ombordan ishlatish uchun berilganda shu sana uchun xarajat
sifatida tan olinadi. Agar material zahiralar chiqib ketayotgan bo'lsa, unga mos
daromad tan olingan sanada tegishli xarajat ham tan olinadi. Materiallami sof sotish
qiymatigacha hisobdan chiqarish va ular bo'yicha ko'rilgan zararlar hisobdan
chiqarish amalga oshirilgan yoki zarar ko'rilgan davrda davr xarajati sifatida tan
olinadi. Ba'zi holatlarda, masalan: bank hisobidan qurilayotgan asosiy vositalar
hisobiga qo'shiladigan material zahiralar boshqa aktivlar hisobiga o'tkazilishi
mumkin. Boshqa aktivlar tarkibiga bunday y o 'l bilan qo'shilgan material zahiralar
aktivning foydali ishlatilish davri mobaynida xarajat sifatida tan olib borilishi lozim.
Banklarda material zahiralami bank xizmatlarini amalga oshirishda bo'lim lariga
foydalanishga
berilganda
buxgalteriya
hisobida
quyidagicha
yozuv
bilan
rasmiylashtiriladi:
Dt 56406- “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari” hisobvarag'i,
Kt 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa
qimmatliklar” hisobvarag'i.
Banklarda foydalanishdagi va ombordagi material zahiralarining saqlanishi
ustidan nazorat va ulaming hisob tizimdan tashqari, maxsus jum allarda raqamlangan,
tikilgan va bankning rahbari, bosh buxgalteri imzosi va muhr izi bilan tasdiqlangan
holda amalga oshiriladi. Tizimdan tashqari, hisob ishlari kunlik ravishda olib boriladi
va material zahiralam ing alohida turlari bo'yicha qoldig'i har bir hisobot sanasiga
aniqlanadi. Bankda foydalanilmagan va foydalanishga ehtiyoj bo'lm agan ortiqcha
material zahiralar sotilishi mumkin, bu holda (materiallar shartnomada kelishilgan
narxlarda
sotiladi)
ulaming
harakati
buxgalteriya
hisobida
quyidagicha
rasmiylashtiriladi:
1) sotish summasiga:
Dt 16103- “Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar
bo’yicha olinadigan m ablag’lar” hisobvarag'i yoki 20200-“Talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 29802- “Tovar - moddiy
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun
to'lanadigan m ablag'lar” hisobvarag'i.
2) moliyaviy natija aniqlanganda:
Dt 29802- “Tovar - moddiy
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun
to'lanadigan m ablag'lar” hisobvarag'i,
Kt 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa
qimmatliklar” hisobvarag'i.
3) moliyaviy natija ijobiy bo'lganda:
Dt 29802- “Tovar - moddiy
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun
to'lanadigan m ablag'lar” hisobvarag'i - sof tushum summasi,
Kt 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa
qimmatliklar” hisobvarag'i
Kt 45913- “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya
qilishdan olingan foyda” hisobvarag'i - "sof tushum" va balans qiymati o'rtasidagi
farq summasi.
4) moliyaviy natija salbiy bo'lganda:
Dt 29802- “Tovar - moddiy
qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun
to'lanadigan m ablag'lar” hisobvarag'i - sof tushum summasi
Dt 55906- “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya
qilishdan ko'rilgan zararlar” hisobvarag'i - "sof tushum" va balans qiymati
o'rtasidagi farq summasi,
Kt 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa
qimmatliklar” hisobvarag'i.
Tijorat banklari matarial zahiralar bo'yicha kamomad chiqishi, yaroqsiz holga
kelishi (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), tekinga berilishi, shuningdek, fors-
major holatlarda ularning qiymati belgilangan tartibda bank zarariga hisobdan
chiqarilishi mumkin, u holda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Dt 56795- “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag'i,
Kt 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa
qimmatliklar” hisobvarag'i.
Ayrim holatlarda material zahiralarining haqiqatdagi qiymati shikastlangan yoki
sotish narxi pasayganda qoplanmasligi mumkin. Banklarda bunday zararlar miqdorini
materia] zahiralaming so f sotish qiymatini baholash orqali aniqlashlari mumkin.
Material zahiralarining baholangan sof sotish qiymati mazkur baholashni amalga
oshirish davridagi eng ishonchli dalillarga va sotilishi kutilayotgan material
zahiralaming tasdiqlangan qiymatiga asoslangan bo'lishi lozim. Bu baholash bevosita
hisobot sanasidan keyin ro'y bergan operatsiyalar bilan bog'liq narx o'zgarishlarini,
hisobot sanasiga mavjud bo'lgan shartlar tasdiqlangan darajada hisobga olishlari
zarur.
Tijorat banklari buxgalteriya hisobida har qanday zarar yoki material
zahiralaming qiymatini sof sotish qiymatigacha kamaytirish bo'yicha xarajatlami
zarar yoki qiymatining kamayishi ro'y berayotgan har bir hisobot davrida aks ettirib
boriladi. Har bir material zahiralaming sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarish
tizimdan tashqari, alohida hisob registrlari bo'yicha ham yuritiladi. Ba'zi holatlarda
agar hisobga olinayotgan material zahiralar og'irligi yoki boshqa shu kabi
ko'rsatkichlari bo'yicha bir xil bo'lsa, ulaming hisobi shu ko'rsatkichlar bo'yicha
guruhlashtirish orqali alohida kartochkalarda yuritilishi lozim.
Har bir keyingi davrda sof sotish qiymatini yangidan baholash amalga oshiriladi
va zarur bo'lsa qo'shim cha hisobdan chiqarishlar amalga oshiriladi. Shunday qilib,
yangi balans qiymati haqiqatdagi qiymat va qayta ko'rib chiqilgan sof sotish
qiymatining eng kichigiga tengdir. Banklarda material zahiralarining sof sotish
qiymatigacha
hisobdan
chiqarish
buxgalteriya
hisobida
quyidagicha
rasmiylashtiriladi:
Dt 56895- “Boshqa aktivlar bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlami
baqolash” hisobvarag'i,
Kt 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa
qimmatliklar^’ hisobvarag'i.
Bankka kirim qilinayotgan moddiy boyliklar, ulaming saqlanishiga javobgar
boMgan omborxona mudiri yoki bank boshligMning buyrugMga asosan tayinlangan
boshqa xodim tomonidan qabul qilinadi. Javobgar shaxs - omborchi yoki boshqa
xodim tomonidan bankka qabul qilinayotgan barcha material zahiralar bo'yicha
raqamlangan, tikilgan va boshqaruvchi hamda bosh buxgalteming imzosi va
bankning dumaloq muxr izi bilan tasdiqlangan jum alda alohida maxsus tizimdan
tashqari hisob yuritiladi. Banklarda foydalanilayotgan va omborda saqlanayotgan
material zahiralaming haqiqatda mavjudligi ustidan nazoratni ta'minlash uchun yilda
kamida bir marta inventarizatsiya o‘tkaziladi. Inventarizatsiya o'tkazish tartibi bank
rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Tovar-moddiy boyliklar turli alohida xonalarda bitta moddiy javobgar shaxsda
saqlanganda inventarizatsiya qilish saqlash joylari bo'yicha ketma-ketlikda
o'tkaziladi. Boyliklar tekshirilganidan keyin xona eshigi plombalanadi va komissiya
ishlash uchun keyingi xonaga o'tadi.
Inventarizatsiya qilish vaqtida kelib tushadigan tovar-moddiy boyliklar moddiy
javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya qilish komissiyasi a'zolari hozirligida
qabul qilinadi va inventarizatsiya qilishdan so'ng reestr yoki tovar hisoboti bo'yicha
kirim qilinadi. Ushbu tovar-moddiy boyliklar "Inventarizatsiya qilish paytida kelib
tushgan tovar-moddiy boyliklar" nomi bilan alohida ro'yxatga kiritiladi. Ro'yxatda
ular qachon, kimdan kelib tushgani, kirim hujjatining sanasi va raqami, nomi,
miqdori, narxi va summasi ko'rsatiladi. Ayni vaqtda kirim hujjatida inventarizatsiya
qilish komissiyasi raisining imzosi bilan ana shu boyliklar qayd etilgan ro'yxat
sanasiga havola qilgan holda "inventarizatsiya qilishdan so'ng" belgisi qo'yiladi.
Agar bank ehtiyojidan kelib chiqib, boyliklar bo'lim larga berilganda
"Inventarizatsiya qilish paytida berilgan tovar-moddiy boyliklar" deb nomlangan
alohida inventar ro'yxatiga kiritiladi. Bu yozuv inventarizatsiya qilish paytida kelib
tushgan - tovar-moddiy boyliklarga oid hujjatlarga o'xshab rasmiylashtirilishi kerak.
Chiqim hujjatlarida inventarizatsiya qilish komissiyasi raisining imzosi bilan belgi
qo'yiladi. Agar kelib tushgan tovar-moddiy boyliklar kirim qilinmaganligi faktlari
aniqlanganda ulam i olgan shaxsdan tushuntirish xatlari talab qilinishi, suiste'mollik
holatida esa materiallar tergov organlariga oshirilishi kerak.
Shuningdek, shaxsan foydalanish uchun xodimlarga berilgan arzon baho va tez
eskiruvchan buyumlar inventarlanganda guruhiy inventarizatsiya qilish ro'yxatlarini
tuzishga yo'l qo'yiladi, ularda ana shu buyumlar uchun mas'ul bo'lgan, ularga
shaxsiy varaqchalar ochilgan shaxslar ko'rsatilib, ro'yxatlarda tilxatga imzo
chektiriladi. Ro'yxatlarda inventaming dastlabki qiymati ko'rsatiladi. Ushbu
inventaming eskirishi ulaming haqiqatdagi holati bo'yicha hisobga olinsa, izohda
ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tomonidan belgilanadigan har bir buyum
yoki eskirishi bir xil hajmdagi guruhning eskirish foizi ko'rsatiladi.
Material zahiralar kamomadi aniqlangan holda, ulaming qiymati aybdor va
moddiy-javobgar shaxslardan qonunchilikda o'm atilgan tartibda, agar aybdor shaxs
aniqlanganda materiallaming qiymati invetarizatsiya komissiyasining boshlig'i va
a'zolari, moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolangan dalolatnoma bilan
rasmiylashtiriladi, ulardan belgilangan tartibda undirib olinadi. Ushbu operatsiya
buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 19908- “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi lozim bo'lgan
m ablag'lar” hisobvarag'i,
Kt 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa
qimmatliklar” hisobvarag'i.
Agar ayibdor shaxsning ish haqidan undirib olinganda esa,
Dt 29803- “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to'lanishi lozim bo'lgan
m ablag'lar” hisobvarag'i,
Kt 19908- “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi lozim bo'lgan
m ablag'lar”
hisobvarag'i.
Maboda, aybdor shaxsdan belgilangan tartibda kassa orqali undirib olinganda:
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” hisobvarag'i,
Kt 19908- “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi olinishi lozim bo'lgan
m ablag'lar” hisobvarag'i.
Agar inventarizatsiya paytida omborda hisobda bo'lmagan buyumlar aniqlansa,
ular inventarizatsiya komissiyasi tomonidan bozor nanxida baholanib, belgilangan
tartibda omborga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvi amalga
oshiriladi:
Dt 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa
qimmatliklar” hisobvarag'i,
Kt 45994- “Boshqa foizsiz daromadlar*’ hisobvarag'i.
Ombor mudiri (omborchi) ishdan bo'shashi, boshqa ishga o'tkazilishi, mehnat
ta'tiliga ketishi yoki bemorligi tufayli almashtirilgan taqdirda, bank rahbarining
buyrug'i bilan xodimlar tarkibidagi hay'at tomonidan topshiruvchi va qabul qiluvchi
xodimlar ishtirokida omborda to'liq inventarizatsiya o'tkaziladi hamda majburiy
ravishda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Shunday qilib, Banklarda material zahiralar hisobini tashkil etishda, ulaming
turkumlanishini, baholanishi va harakati analitik va sintetik hisob ma'lumotlarida to'ri
yuritishni talab qiladi. Buning uchun tovar-moddiy zahiralarining iqtisodiy mazmuni
va mohiyatini tushunib olishni hamda ulaming buxgalteriya hisobini yuritishni
tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlami chuqur o'zlashtirishni talab qiladi. Ushbu
talablar bajarilganda Banklarda material zahiralar hisobini yuritish bo'yicha to 'la bili
va ko'nikmalarga ega bo'lish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |