5.2. Banklarda kredit operatsiyalarini amalga oshirishda kreditlash tamoyillari
O'zbekiston Respublikasi qududida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga kredit berish
tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida» gi qonun asosida va
boshqa me'yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Kreditlar
O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g'risida» gi qonuniga asosan kredit o 'z
kapitali va mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega bo'lgan mustaqil xo'jalik
yurituvchi sub'ektlarga beriladi. Tijorat banklari xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga,
ulaming mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, shartnoma asosida qisqa va uzoq
muddatli kreditlar beradilar. Kredit mijozning hisob-kitob varag'i joylashgan bankda
beriladi. Zarar ko'rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi
sub'ektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa belgilangan tartibda
muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy
nobarqaror xo‘jasizlik va zararlami qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlar muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli turlarga bo'linadi.
Qisqa muddatli kreditlar amal qilish muddati 12 oydan oshmaydigan kredit
bo‘lib, uning muddati uzaytirilishi kreditlanayotgan tadbirlami o ‘tkazish muddati,
ulaming qoplanishi va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qisqa
muddatli kreditlar kreditlaming boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi.
Uzoq muddatli kreditlar 3- 5 yildan ortiq muddatga beriladi. Kreditlash jarayoni bir
nechta tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
kreditning muddatliligi;
kreditning qaytarilishligi;
kreditning ta'minlanganligi;
kreditning to'lovliligi;
kreditning maqsadliligi.
Kredit iqtisodiy munosabatlami belgilangan tizimi sifatida boshqa pul
munosabatlaridan farq qiladi, ya'ni pulning xarajati qaytarib berish sharti bilan
amalga oshiriladi.
Kreditning keyingi tamoyili muddatlilik boMib, u qaytarishlik tamoyili bilan
uzviy bogMiq boMadi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega.
Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablagMaming
qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashni
ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgan
kredit resurslarining bo‘sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz
oluvchining mablagMarga boMgan vaqtinchalik ehtiyojlarining muddatiga bogMiq.
Kreditlash muddatliligining bu ikki tomonlama xarakteri inobatga olinganda
vaqtinchalik foydalanishga berilgan mablagMami toMiq va belgilangan
muddatda
qaytarilishini
ta'minlash
mumkin.
Kreditning muddatiiligiga rioya qilish banklar uchun ham, qarz oluvchilar uchun
ham muhim ahamiyatga ega. Buning hisobiga bank kredit resurslarining aylanishini
jadallashtirsalar va ulardan oqilona foydalanishga erishsalar, xo‘jaliklar o‘z
daromadlarini ko'paytirish, o 'z va qarz mablag'laridan foydalanish samarasini
oshirishlari mumkin. Kredit muddatini uzaytirish aksariyat hollarda bankaing ruxsati
bilan amalga oshiriladi. Kredit muddati qarz olingan mablag'lami qaysi davrgacha
foydalanishini hisobga olgan holda belgilanadi.
Qaytarilish tamoyili kreditning mohiyatini ifodalaydi. Bank tomonidan
mijozlarga beriladigan har bir so'm pul mablag'lari yana bankka qaytarilishi lozim.
Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida m ablag'lam ing uzluksiz doiraviy aylanishi
hisoblanadi. Qaytarish tamoyilining shunday muhim xususiyati borki, kreditni boshqa
tovar-pul munosabatlarining iqtisodiy kotegoriyalaridan farqi bo'lgan iqtisodiy
kotegoriya sifatida ajratib turadi. Qaytarilish kreditning ajralmas atributi hisoblanadi.
Kreditning ta'minlanganligi- bunda kreditning ta'minlanganligi kredit berilishiga
asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar zahiralari, ko'chmas mulki yoki
ishlab chiqarish xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi. Bu o 'z
navbatida kreditni o 'z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi.
Olingan kredit m ablag'lari korxonada ishlab chiqarish zaxirasi, tugallanmagan ishlab
chiqarish yoki tayyor mahsulot hamda mavjud moddiy boyliklami ta'minlash uchun
beriladi. Bu tamoyil asosan korxonalarga berilgan kreditlar yoki tomonlar
majburiyatlari bilan real ta'minlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatining xalqaro bank amaliyotiga
yaqinlashib borayotgan sharoitda kreditning ta'minlanganligi sifatida tovar-moddiy
boylik va xarajatlardan tashqari garov, kafolat va kafillik kabi shakllari ham
amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Bu holat bank xatarlarini kamaytirgan holda
kreditlaming bankka o ‘z vaqtida kaytishini ta'minlaydi. Kreditning o ‘z vaqtida
qaytarilishini ta'minlash uchun kredit shartnomasiga ko‘ra qarz oluvchi garovga
ma'lum qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni qo‘yib rasmiylashtiradi. Agar kredit
oluvchi kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari
ko'riladi. Kredit miqdori garovga qo'yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80
foizigacha miqdorida beriladi.
Kreditlashning yana bir tamoyili
- olingan kredit uchun haq to'lash yoki
foizlilikdir. Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi-korxona o‘z ehtiyoji uchun
kreditga olgan pul mablag‘laridan vaqtincha foydalanganligi uchun bankka
belgilangan haqni to'lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi
orqali amalga oshiriladi. Bankning foiz stavkasi bu kreditning «narxidir». Kredit
uchun haq to'lash korxonalami xo'jalik hisobiga shu jumladan resurslami
ko'payishiga hamda jalb qilingan, mablag'lardan foydalanishga ta'sir etadi. Bank
muassasalari kredit foizi hisobidan o 'z xarajatlarini qoplaydi. Kredit uchun haq
to'lash tamoyili qarzga olingan mablag'lardan unumli foydalanish va kreditni
qaytarish muddatini tezlashtirish maqsadida korxonaga -iqtisodiy ta'sir ko'rsatish
vositasidir. Bank foizi kredit turlariga qarab turlicha belgilanadi. Qaytarilish muddati
o'tib ketgan kreditlar uchun oshirilgan miqdorda foiz olinadi, bu esa qaytarish
muddati shartlariga qat'iy a rioya qilishga yordam beradi.
O'zbekiston
Respublikasi
tijorat
banklari
kredit
to'lovi miqdorini
belgilashda
ahamiyat
beradigan
quyidagi
asosiy tamoyillar mavjud:
-
O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga
beriladigan kreditlar bo'yicha o'm atilgan bazaviy foiz stavkasi;
-
banklararo kredit bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi, ya'ni aktiv operatsiyalami
amalga oshirish uchun boshqa banklardan sotib olingan resurslar bo‘yicha;
-
turli
depozit
hisobvaraqlar
bo'yicha
mijozlarga
bank tomonidan
to'lanadigan o'rtacha foiz stavkasi;
-
bankning kredit resurslarining tarkibi (jalb qilingan mablag'lar hissasi yuqori
bo'lganda kredit narxi ham yuqori bo'ladi);
-
kreditga bo'lgan talab;
-
talab qilinayotgan kredit muddati va kredit turi, ya'ni uning ta'minlanganligiga
bog'liq ravishda xatar darajasi;
-
mamlakatdagi pul aylanishini muvozanati (inflyatsiya sur'ati yuqori
bo'lsa
kredit
shunchalik
qimmat
bo'ladi,
chunki
pul-qadrsizlanishi tufayli
bankning o 'z resurslarini yo'qotish xatari ortadi) va boshqalardir.
Kreditning mijoz tomonidan maqsadli yo'naltirilishi tamoyili qarz oluvchi
zimmasiga pul mablag'larini faqat kredit shartnomasida ko'rsatilgan maqsadlar
uchun sarflashni ko'zda tutadi. Uzoq muddatli kredit maqsadli tarzda aniq qurilish
ob'ektlari va asbob-uskunalami sotib olish uchun biznes-reja asosida beriladi.
Kreditning maqsadli yo'naltirilishini ta'minlash uning o ‘z vaqtida qaytarilishi
uchun real shart-sharoitlami yaratib beradi. Bu tamoyilga rioya qilish bank
muassasalari tomonidan qarz oluvchi korxonalaming hisobotlari asosida nazorat
qilinadi.
Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan berilgan kredit qarz oluvchi tomonidan
boshqa maqsadga ishlatilgan bo'lsa, u holda
belgilangan
tartibda
kredit
muddatidan
ilgari
qaytarib olinadi va belgilangan tartibda choralar ko'rilishi
mumkin.
Bankning kreditlash tamoyillarining barchasini
amaliyotda yalpi
qo'llanilishi bank manfaatlarini himoyalashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |