operatsiyalami amalga oshirish uchun bu operatsiyalaming iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiqligi va bankning ulami amalga oshirishga tayyorlik darajasiga
qarab litsenziyalar beradi. Litsenziyalar xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va chet el
banklarining filiallariga belgilangan muddatdan ilgari, xususiy tijorat banklari uchun
esa olti oy to'lishi bilan berilishi mumkin.
Litsenziyalar Bosh litsenziya, ichki litsenziya va bir marta foydalanadigan
litsenziyalarga bo'linadi.
Bosh litsenziya tijorat banklariga
O'zbekiston
Respublikasi hududida hamda chet elda chet el valyutasidagi operatsiyalami amalga
oshirish uchun berilgan huquq hisoblanadi. Ichki litsenziya tijorat banklariga
O'zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi operatsiyalami to'la yoki
cheklangan doirada amalga oshirish uchun berilgan huquqdir. Bir marta
foydalanadigan litsenziya chet el valyutasida muayyan bank operatsiyasini amalga
oshirish huquqini beradi.
Tijorat banklari tomonidan litsenziya olish uchun O'zbekiston Respublikasi
Markaziy
bankiga
taqdim
etilgan
iltimosnoma
zarur
hujjatlar
to'plami
topshirilgandan so'ng 30 kun mobaynida ko'rib chiqilishi lozim. Chet el
valyutasidagi operatsiyalami amalga oshirishga berilgan litsenziya uchun Banklardan
so'mda 5000 AQSH dollariga teng miqdorda haq olinadi. Chet el valyutasidagi
operatsiyalar o'tkazish uchun Bosh yoki ichki litsenziya olgan banklar vakolatli
banklar deb ataladi va o'z mijozlarining valyuta aperatsiyalarini nazorat qiluvchi
vakil (agent) vazifasini bajaradi.
Vakolatli banklar O'zbekiston Respublikasi hududida ochiq valyuta mavqei
limiti doirasida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha, shu jumladan xosila
moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha bevosita
o'zaro, o 'z mijozlari bilan hamda valyuta birjalari orqali, shuningdek, xalqaro
bozorlarda operatsiyalami amalga oshirishlari, O'zbekiston Respublikasining
banklarida va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlariga hamda boshqa
hisobvaraqlarga ega bo'lishlari, naqd chet el valyutasini hamda chet el valyutasidagi
to'lov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini
amalga oshirish uchun ayirboshlash shoxobchalarini ochishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: