Bunda so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'i chet el
valyutasi bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi
qoldig'iga mos kelgunga qadar doimiy ravishda tartibga solinib turiladi. Debet yoki
kredit buxgalteriya yozuviga muvofiq bunday tartibga solinish natijasida qayta
baholashdan olingan foyda yoki zarar aniqlanadi. Ustav kapitalining valyuta qismiga
teng valyutadagi aktivlami qayta baholash natijasida boMgan farq so‘m bo‘yicha
kitobda 30906 -"Devalvatsiya uchun zahira" balans hisobvarag'ida aks ettiriladi va
qayta soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi.
Qayta baholashdan so'ng quyidagi hollarda foyda olinadi: agar chet el valyutasi
bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi kredit qoldig'i
so'm bo'yicha valyuta pozitsiyasi hisobvarag’ ining korrespondent debet qoldig'idan
ortiq bo'lsa; agar chet el valyutasi bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi
hisobvarag'ining yangi debet qoldig'i so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta
pozitsiyasi hisobvarag'ining korrespondentsiyalanuvchi kredit qoldig'idan kam
bo'lsa.
Qayta baholashdan so'ng quyidagi hollarda zarar ko'riladi: agar chet el valyutasi
bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi kredit qoldig'i
so'm
bo'yicha
Bosh
kitobdagi
valyuta
pozitsiyasi
hisobvarag'ining
korrespondentsiyalanuvchi debet qoldig'idan kam bo'lsa; agar chet el valyutasi
bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi debet qoldig'i
so'm
bo'yicha
Bosh
kitobdagi
valyuta
pozitsiyasi
hisobvarag'ining
korrespondentsiyalanuvchi kredit qoldig'idan ortiq bo'lsa.
Asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklar (xo'jalik inventari, materiallar,
arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar va boshqalar) ko'rinishidagi
aktivlar,
shuningdek, valyuta mablag'lari hisobiga shakllangan nomoddiy aktivlar operatsiya
amalga oshirilgan kundagi Spot kursi bo'yicha qayta baholanadi va so'mning joriy
kursi chet el valyutasiga nisbatan o'zgarishi tufayli o'tkaziladigan keyingi qayta
baholashlar unga tegishli bo'lmaydi, chunki valyuta pozitsiyasi darhol mablag' mol
etkazib beruvchiga o'tkazish vaqtida yopiladi.
Dostları ilə paylaş: