shartnomasiga binoan, lizing oluvchi lizing ob’ektiga butun lizing muddati davomida
egalik qilish va foydalanish huquqini oladi.
Lizing shartnomasining muddati tugaganidan so‘ng lizing ob’ekti, agar
shartnomada boshqa narsaga kelishib olingan bo'lmasa, bankka bu mol-mulkning
qoldig' qiymati to'langanidan so'ng lizing oluvchining mulkiga o'tadi. Lizing
to'lovlarining summasi amortizatsiya ajratmalari, lizing stavkasi (kredit foizi),
komission to'lovlar va ko'rsatilgan qo'shimcha xizmatlar uchun haqdan tashkil
topadi. Lizing to'lovi tarkibiga lizing shartnomasi shartlariga muvofiq lizing beruvchi
tomonidan sug'urta obekti uchun to'langan sug'urta to'lovlari ham kiritilishi
mumkin. Lizing stavkasi kredit uchun foiz to'lovi hisob-kitobi kabi aniqlanadi.
Lizing to'lovlari lizing oluvchi tomonidan jadval asosida to'lanadi. Jadval
taraflar kelushivi bilan tuzilib, lizing shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Lizing to'lovi lizing pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilganda lizing oluvchi
lizing to'lovini amortizatsiya ajratmalari, foizlar, komission va qo'shimcha to'lovlar
alohida ajratib ko'rsatish bilan aniqlashtirib berilishi shart. Lizing to'lovi kelib
tushgandan so'ng ajratib ko'rsatilgan alohida to'lovlar bo'yicha bank tomonidan
tegishli buxgalteriya o'tkazmalari amalga oshiriladi: lizing uchun foizlar, komission
va boshqa to'lovlar tijorat banklari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga
muvofiq bank daromadiga yoziladi.
Lizing shartnomasi bo'yicha mol etkazib beruvchiga mablag'lami o'tkazganda:
Dt 15600- «Lizing (moliyaviy ijara) tegishli hisobvarag’,
Kt 20200- “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” — hisobvarag’i.
Lizing bo'yicha foiz stavkasi hisoblanganda esa:
Dt 16323- «Lizing bo'yicha hisoblangan foizlar (moliviy ijara) hisobvarag'i,
Kt 45100- «Lizing (moliyaviy ijara) bo'yicha foizli daromadlar» tegishli
hisobvarag'i.
Agar, mijoz (lizing oluvchi)dan lizing to'lovi kelib tushganda,
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 15600- «Lizing (moliyaviy ijara) tegishli hisobvaraqlari,
Kt 16323- «Lizing bo'yicha hisoblangan foizlar (moliviy ijara),
Kt 45100- «Lizing (moliyaviy ijara) bo'yicha foizli daromadlar» tegishli
hisobvaraqlar.
Agar, lizing to'lovlari vaqtida to'lanmasa 45117- «Muddati o'tgan lizing
bo'yicha foizli daromadlar» hisobvarag'iga o'tkazilidi va mablag' kelib tushishi
natijasida undirilishi kutib turiladi.
Qisqa xulosalar
Kredit, lizing va faktoring operatsiyalarining hisobi - bu bankning bo'sh turgan
kredit resurslarini daromad keltiruvchi manbaalarga vaqtinchalik tavakkalchilik
asosida yo'naltirishlari tushuniladi. Bunda, ushbu operetsiyalardan ko'rilishi lozim
bo'lgan zarar (xarajat) lar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlar bo'yicha zahiralar tashkil
qilish zaruriyatini vujudga keltirishidi.
Dostları ilə paylaş: