T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda qimmatli qog‘ozlar bo'yicha investitsi operatsiyalari hisobi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Data

7.3. Banklarda qimmatli qog‘ozlar bo'yicha investitsi operatsiyalari hisobi
15900-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar”
«Investitsiyalar» hisobvaraqlarida bank tomonidan
investitsiya maqsadlariga uzoq muddatli asosda sotib olingan qimmatli qog'ozlaming
hisobi yuritiladi. Uzoq muddatli obligatsiyalar va boshqa uzoq muddatli qarz
majburiyatlari odatda ulaming to‘lov muddati kelgunga qadar bankning foizli
daromadining doimiy oqimi bilan ta'minlash uchun hisobvaraqlarida hisobda turadi.
Aktsiyalarga qilingan investitsiyalaming hisobi bank tomonidan tijorat
faoliyati
uchun
sotib
olingan
10700-
«Oldi-sotdi
qimmatli
qog'ozlari»
hisobvaraqlarida hisobga olinadigan aktsiyalardan tashqari barchasi
15913-
«Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'ida hisobga olinadi. Uzoq


vaqt davomida egalik qiladigan aktsiyalar bankka o‘z manfaatlaridan kelib chiqib,
korxonalaming faoliyati va hisob siyosatining shakllanishiga ta'sir ko'rsatish
imkonini beradi. Ulaming analitik hisobi sotib olingan qimmatli qog'ozlaming turlari
va muddatlari bo'yicha hamda emitentlar bo'yicha alohida yuritiladi.
Sotib olingan qimmatli qog'ozlar xarid qiymati bo'yicha hisobga olinadi, unga
ulami xarid qilish bilan bog'liq barcha xarajatlar (brokerlik va birja vositasi haqi va
x.k.) shu jumladan, ko'zda tutilmagan xarajatlar kiritiladi va quyidagi buxgalteriya
hisobi yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 15900-“S o‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar” hisobvarag'i,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i.
Aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalariga obuna bo'lishda bank aktsiyalar
qiymatining bir qismini to'lashi mumkin. Aktsiyalar qiymati va obuna bo'yicha
kiritiladigan to'lov summasi o'rtasidagi farq summasi aniqlanadi va ular quyidagi
buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 15913- «Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'i - aktsiyalar
narxi,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”
- to'lov summasi
va 29826- “Aktsiyalar uchun obuna mablag'ini to'lash - Xususiy kapitalni” -obuna
paytidagi aktsiya narxi hamda obuna to'lovi farqi sifatida hisobga olinadi. Bank
obuna bo'yicha qolgan summani to'laganda:
Dt 29826- “Aktsiyalar uchun obuna mablag'ini to'lash - Xususiy kapitalni”
hisobvarag'i,
Kt 16103-“Bosh bank / filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar
bo’yicha olinadigan mablag’lar” yoki 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar” hisobvarag'i.
Agar qarz majburiyati diskont yoki mukofot bilan sotib olinsa, diskont yoki
mukofot xarid qilish sanasida ro'yxatga olinmaydi. Biroq, diskont yoki mukofot
summasi to'g'ri chiziqli usul bo'yicha qarz majburiyatining muomalada bo'lishi
muddati davomida amortizatsiya qilinadi. Muomala muddatining so'ngida qarz
majburiyatlariga qilingan investitsiyalaming balans qiymati qarz majburiyatining
nominal qiymatiga teng bo'lishi lozim.
Diskont amortizatsiyasi summasiga
Dt 44800-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” hisobvarag'i,
Kt 15913- «Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'i va mukofot
amortizatsiyasi summasiga esa,
Dt 15913- «Korxonalaming qarz qimmatli qog'ozlari» hisobvarag'i,
Kt 44800-“S o ‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromadlar” hisobvarag'i.
Aktsiyalar shuningdek, diskont (ya’ni nominal qiymatidan past) yoki mukofot
bilan (ya’ni nominal qiymatidan yuqori) xarid narxda qilinishi mumkin. Bunda


diskont yoki mukofot xarid kuniga qayd va amortizatsiya qilinmaydi, ya’ni, burchli
majburiyatlar diskontlari hamda mukofotlaridan farqli o'laroq, xarid qilingan
aktsiyalar narxini nominal qiymatga keltirish davri hisobga olinmaydi.
Balans hisobotini tuzish sanasida bozor qiymatini balans qiymati bilan
taqqoslash orqali qimmatli qog'ozlar qayta baholanadi va ulaming bozor qiymatini
aniqlashda, birja va birjadan tashqari bozorlarda shaklIanadigan baholar to'g'risidagi
ma'lumotlardan foydalaniladi. Fond bozorida kotirovka mavjud bo'lmagan hollarda,
muayyan qimmatli qog'ozlaming qiymati emitentning moliyaviy hisoboti, auditorlik
hisobot ma'lumotlarini tahlil qilish asosida aniqlanadi. Bunda aktsiyalar qiymati sof
aktivlami muomalaga chiqarilgan aktsiyalar soniga bo'lish orqali hisoblanadi. Qrz
majburiyatlarining balans qiymati diskont yoki mukofot amortizatsiyalari hisobiga
xarid qiymatidan farq qilishi mumkin.
Aktsiyalaming balans qiymati ulami sotib olish qiymatiga teng. Barcha
qimmatli qog'ozlar bir vaqtning o'zida qayta baholanadi, ya’ni bozor yoki balans
qiymatining eng kami bo'yicha baholanadi. Agar bozor qiymati balans qiymatidan
past bo'lsa, bank xarajatlari hisobidan qoplanishi mumkin boMgan zararlami qoplash
zahirasi barpo etiladi. Bunda balans qiymati va bozor narxi o'rtasidagi farq
summasiga,
Dt 56826- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog'ozlarga
qilingan
investitsiya bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami baholash”
hisobvarag'i,
Kt 15999- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash
zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i.
Agar bozor qiymati balans qiymatidan yuqori bo'lsa zahira nolga
tenglashtiriladi.
Investitsiyalar hisobvaraqlarda ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash
zahirasi umumiy asosda belgilanadi. Bu shuni anglatadiki, bozor qiymatini balans
qiymati bilan taqqoslash qimmatli qog'ozlaming har bir turi bo'yicha amalga
oshiriladi, shundan so'ng, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplashning umumiy
zahirasini barpo etish uchun jamlanadi.
Bunda oldindan barpo etilgan ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash
zahirasining hajmi yangidan hisoblangan zararlami qoplash zahirasining hajmidan
yuqori bo'lsa, u holda zahira ortiqcha bo'lgan summaga kamaytiriladi, ya’ni:
Dt 15999- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash
zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i,
Kt 56826- “So’ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog’ozlarga
qilingan
investitsiya bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlami baqolash”
hisobvarag'i.
Agar oldindan barpo etilgan ko‘rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash
zahirasining hajmi yangidan hisoblangan zararlami qoplash zahirasining hajmidan


past bo'lsa, u holda zahira ko‘zda tutilgan hajmgacha qo‘shimcha ravishda oshiriladi,
ya'ni:
Dt 56826- “So’ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog’ozlarga
qilingan
investitsiya bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlami baqolash”
hisobvarag'i,
Kt 15999- “So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash
zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i.
Ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi kontraktiv hisobvaraq
bo'lib, qimmatli qog'ozlaming umumiy balans qiymatidan chiqariladi va quyidagi
tarzda amalga oshiriladi: Investitsiyalar hisobvaraqning - balans qiymati minus
investitsiyalar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi
investitsiyalar hisobvarag'i - sof qiymati ko'rinishida aks ettiriladi
Agar qimmatli qog'ozlami sotishda yoki qisqa muddatli qarz majburiyatlari
to'lovini amalga oshirishda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i - amaldagi sotish bahosiga,
Kt 15900-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar” hisobvarag'i - balans qiymati summasiga.
Agar sotish (to'lovini amalga oshirish) bahosi qimmatli qog'ozlaming balans
qiymatidan yuqori bo'lsa, foyda summasiga 45803- “Sotishga mo’ljallangan
qimmatli qog’ozlami sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” yoki 45809-
“Xususiy kapitalga qilingan investitsiya bo'yicha olingan dividendlar” hisobvaraqlari
(aktsiyalar bo'yicha) kreditlanadi. Agar sotish bahosi qimmatli qog'ozlaming balans
qiymatidan past bo'lsa, sotishdan ko'rilgan zararlar summasiga 55804- “Sotishga
mo'ljallangan qimmatli qog'ozlaming sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan
zararlar” yoki 55806-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog'ozlaming
sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan zararlar”
hisobvaraqlari (aktsiyalar
bo'yicha) debetlanadi. Shuningdek, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash
zahirasi qayta hisob-kitob qilinadi va buxgalteriya hisobida uning summasi tuzatib
qo'yiladi.
Bankning
15900-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli
qog'ozlarga qilingan investitsiyalar”-hisobvaraqlarida hisobga olingan qimmatli
qog'ozlarga nisbatan operatsiyalari mazmuni o'zgartirilsa, u holda ulaming hisobi
10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari” - tegishli hisobvaraqlarga o'tkazilishi (qayta
tasniflanishi) mumkin. Bu foiz stavkasi, bozor narxi, moliyalash shartlari va
manbalarining o'zgarishi oqibatida vujudga keladi. Natijada, o'tkazish balansi va
bozor qiymatlarining eng kami bo'yicha amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan
narxlaming eng kami o'tkazilgan qimmatli qog'oz uchun yangi balans qiymati
bo'ladi. Agar bozor qiymati balans qiymatidan past bo'lsa, o'tkazishdagi tafovut
55804- “Sotishga mo'ljallangan qimmatli qog'ozlaming sotish yoki dispozitsiya
qilishdan ko'rilgan zararlar” yoki 55806-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan


qimmatli qog'ozlaming sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan zararlar” -
(aktsiyalar uchun) debetiga kiritiladi.
Bunda, 10700-“01di-sotdi qimmatli qog‘ozlari” -bozor qiymatiga,
Dt 55804- “Sotishga mo'ljallangan qimmatli qog'ozlaming sotish yoki
dispozitsiya qilishdan ko'rilgan zararlar” yoki 55806-“So‘ndirish muddatigacha
saqlanadigan qimmatli qog'ozlaming sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko'rilgan
zararlar” hisobvarag'i - farq summasi,
Kt 15900-“So ‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga
qilingan investitsiyalar” hisobvarag'i - balans qiymati.
Shuningdek, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi qayta hisob-
kitob qilinadi va buxgalteriya hisobida uning summasiga tuzatish qilinadi.
Shuningdek, obligatsiyalar bo'yicha foiz ushbu qimmatli qog'ozlaming nominal
qiymati bo'yicha (xarid qiymati bo'yicha emas) hisob-kitob qilinadi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin