T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 - Bob. Banklarda qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar hisobi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109
Data

7 - Bob. Banklarda qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar hisobi
7.1. Banklarda qimmatli qog‘ozlarning turlari va ularning tavsifi
Qimmatli qog'ozlar pul hujjatlari bo'lib, sotib olgan shaxslaming uni chiqargan
yuridik shaxslarga nisbatan mulkiy huquqiy yoki qarz munosabatlarini bildiradi.
Qimmatli qog'ozlar tayinlanish kriteriyasi bo'yicha hisob bozorining dastagi va
moliyaviy bozor dastagiga bo'linadi. Hisob bozorida qisqa muddatli qimmatli
qog'ozlar muomalada bo'ladi va iqtisodiy sub’ektlaming o'zaro hisob-kitoblariga
xizmat qiladi, ulaming harakati amaldagi qonuniy hamda me'yoriy hujjatlar18 bilan
tartibga solib boriladi.
Moliyaviy bozor dastagi kapitalning harakatini aks ettiradi va ulaming vujudga
kelishi investitsion munosabatlaming rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, muomalada
bo'lish jarayoni bir yildan ziyod bo'lgan qimmatli qog'ozlar kiradi.
Hisob bozorlaridagi qimmatli qog'ozlardan farqi shundaki, bular seriyalab
chiqariladi va ular mulkiy munosabatlami hamda qarzmunosabatlarini aks ettiruvchi
shakllarga bo'linadi.
Qarz munosabatlarini
aks ettiruvchi
qog'ozlar qarz
majburiyatlari yoki obligatsiyalar deb ataladi.
Mulkiy munosabatlami ifodalovchi
dastaklar aktsiyalar deyiladi.
Aktsiya - bu qimmatli qog'oz bo'lib aktsionerlik kapitalining ma'lum bir qismini
to'laganligini bildiradi va foydaning ma'lum qismini dividend shaklida olish hamda
aktsionerlik jamiyatini boshqarishda qatnashish, tugatilgan taqdirda qolgan mulkning
bir qismiga egalik qilish huquqini beradi. Aktsiya - bu qarz majburiyati
hisoblanmaydi. Ro'yxatdan o'tishiga qarab, nomi yozilgan va nomi yozilmagan


aktsiyalarga bo'linadi.
Aktsiyaning huquqiy turiga qarab oddiy aktsiyalarga va imtiyozli aktsiyalarga
bo'linadi.
Qarz majburiyatlarini
oddiy
qilib
tushuntiradigan
bo'lsak,
bu
qarzoluvchining kreditorga mablag1 ini qarzolganda beradigan hujjati hisoblanadi.
Qarz majburiyatlariga quyidagilar kiradi: obligatsiyalaming har xil turlari,
kaznachey veksellari, depozit sertifikatlari va veksellar.
Obligatsiya - belgilangan foiz va stavkaga ega bo'lib, qarzdoming muddatli qarz
majburiyatidir. Kaznachey vekseli - bu davlat qarz majburiyatining asosiy turi
hisoblanib, ular 3 oy, 6oy va 12 oyga chiqariladi. Asosan, u banklar o'rtasida sotiladi
va nominal qiymatdan past narxda sotiladi. Kaznachey veksellarini emissiya qilish va
to'lash Markaziy bank tomonidan Moliya Vazirligining topshirig'iga asosan amalga
oshiriladi. Depozitli sertifikat - qarz majburiyati bo'lib, kredit muassasasining
omonotchilarga qo'yilgan pul va unga belgilangan foizini olish huquqini beruvchi
yozma majburiyatdir.
18 Ў з Р «Қимматли коғоалар ва фонд биржаси
т > т р и с и д а » г и
конуни. 0 2 .0 9 .1993Й; Тиж орат банкларида
=имм атли =оғоалар операциялари бўйича бухгалтери я йисоби тўгрисидаги низом. Ў з Р 
А В 2 8 .0 3 .2 0 0 3 йилда
6 6 2 -3 -с о н билан рўйхатга
олинган; У зР тиж орат банкларининг кимматли =огозлар билан б о ғл и к
операцияларига дойр конунчилик йужжатлари тўплами. -"У зб ек и сто н ." 2003 й.
10700-«01di-sotdi qimmatli qog‘ozlan> hisobvaraqlarida bank tomonidan savdo
qilish maqsadlarida sotib olingan qimmatli qog‘ozlaming (veksellardan tashqari)
hisobi yuritiladi va ushbu qimmatli qog'ozlar ulami kelajakda foyda bilan sotish
maqsadida qisqa muddatga sotib olinadi. Analitik hisob sotib olingan qimmatli
qog‘ozlar turlari va muddatlari, shuningdek, emitentlar bo'yicha alohida yuritiladi.
REPO bitimi bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar hisobi alohida shaxsiy
hisobvaraqlarida yuritiladi. Sotib olingan qimmatli qog'ozlar sotib olish qiymati
bo'yicha hisobga olinadi, sotib olish qiymatiga qimmatli qog'ozlami xarid qilish
bilan bog'liq barcha xarajatlar (brokerlik va birja vositachilik haqi va x.k.), shu
jumladan, ko'zda tutilmagan xarajatlar kiritiladi. Diskont yoki mukofot xarid qilish
sanasida ro'yxatga olinmaydi va qarz majburiyatiga egalik qilish muddati davomida
amortizatsiya qilinmaydi. qimmatli qog'ozlami sotib olishda quyidagi buxgalteriya
hisobi yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i.


Balans hisoboti tuziladigan sanada bozor narxini sotib olish narxi bilan
taqqoslash orqali qimmatli qog'ozlami qayta baholash amalga oshiriladi. Qimmatli
qog'ozlaming bozor qiymatini aniqlashda, birja va birjadan tashqari bozorlarda
shakllanadigan baholar to'g'risidagi ma'lumotlardan foydalaniladi. Fond bozorida
kotirovka mavjud bo'lmagan hollarda, mua'yan qimmatli qog'ozlaming qiymati
emitentning moliyaviy hisoboti, auditorlik hisobot ma'lumotlarini tahlil qilish asosida
aniqlanadi. Bunda aktsiyalar qiymati so f aktivlar (majburiyatlar chegirib tashlangan
aktivlar)ni muomalaga chiqarilgan aktsiyalar soniga bo'lish orqali hisoblanadi.
Barcha qimmatli qog'ozlar bir vaqtning o'zida qayta baholanadi. Qimmatli qog'ozlar
ikki narxda, bozor yoki sotib olish narxining eng kam qiymati bo'yicha baholanadi.
Agar bozor narxi sotib olish narxidan past bo'lsa, bank xarajatlari hisobidan ko'rilishi
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi barpo etiladi. Bunda sotib olish narxi va
bozor narxi o'rtasidagi farq summasi
Dt 56806- “Oldi sotdi qimmatli qog'ozlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan
zararlami baholash” hisobvarag'i,
Kt 10799- “Boshqa qimmatli qog'ozlar” hisobvaraqlari.
Agar bozor narxi xarid narxidan yuqori bo'lsa zahira nolga tenglashtiriladi va
bunda,
Dt 10799- “Boshqa qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i,
Kt 56806- 56806- “Oldi sotdi qimmatli qog'ozlar bo'yicha ko'rilishi mumkin
bo'lgan zararlami baholash” hisobvarag'i.
Qimmatli qog'ozlar oldi - sotdisi hisobvaraqlari bo'yicha ko'rilishi mumkin
bo'lgan zararlami qoplash zahirasi umumiy asosda belgilanadi. Bu shuni anglatadiki,
bozor narxini xarid narxi bilan taqqoslash qimmatli qog'ozlaming har bir turi
bo'yicha (alohida har bir qimmatli qog'oz bo'yicha emas) amalga oshiriladi, shundan
so'ng ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplashning umumiy zahirasini barpo
etish uchun jamlanadi.
Agar ilgari barpo etilgan ko'rilishi mumkin boMgan zararlami qoplash
zahirasining hajmi yangidan hisoblangan ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami
qoplash zahirasining hajmidan katta bo'lsa, u holda zahira ortiqcha bo'lgan summaga
kamaytiriladi va
Dt 10799- “Boshqa qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i,
Kt 56806- 56806- “Oldi sotdi qimmatli qog'ozlar bo'yicha ko'rilishi mumkin
bo'lgan zararlami baholash” hisobvaraqlari.
Maboda, oldindan barpo etilgan ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash
zahirasining hajmi yangidan hisoblangan ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami
qoplash zahirasining hajmidan kam bo'lsa, u holda zahira hisoblangan hajmgacha
qo'shimcha ravishda oshiriladi:
Dt 56806- 56806- “Oldi sotdi qimmatli qog'ozlar bo'yicha ko'rilishi mumkin
bo'lgan zararlami baholash” hisobvarag'i,
Kt 10799- “Boshqa qimmatli qog'ozlar”hisobvarag‘i.
Ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi kontraktiv hisobvaraq
bo'lib qimmatli qog'ozlaming umumiy balans qiymatidan chiqariladi va 10700-
“Oldi-sotdi qimmatli qog'ozlari”


hisobvarag'ida quyidagicha hisobga olinadi:
qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi hisobvarag'i - sotib olish narxi minus qimmatli
qog'ozlar oldi va sotdisi hisobvarag'i bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami
qoplash zahirasi; qimmatli qog'ozlar oldi va sotdisi hisobvaraqlari - sof qiymat.
Qimmatli qog'ozlami sotishda yoki qisqa muddatli qarz majburiyatlar to'lovini
amalga oshirishda quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi:
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i - sotish bahosiga,
Kt 10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari” hisobvarag'i - balans qiymati.
Agar sotish bahosi qimmatli qog'ozlaming balans qiymatidan farq qilsa,
qimmatli qog'ozlami sotishdan ko'rilgan foyda yoki zararlar summasiga:
Dt 55614- “Oldi-sotdi qimmatli qog'ozlar haqiqiy qiymatining o'zgarishi
natijasida ko'rilgan zararlar (Savdoga mo'ljallangan qimmatli qog'ozlardan
tashqari)” hisobvarag'i,
Kt 45611- “Oldi-sotdi qimmatli qog'ozlari haqiqiy qiymatining o'zgarishi
natijasida olingan foyda (Savdoga mo'ljallangan qimmatli qog'ozlardan tashqari)”
hisobvarag'i.
Shuningdek, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi qayta
hisoblanadi va buxgalteriya hisobida uning miqdori tuzatiladi.
Agar bankning qimmatli qog'ozlarga nisbatan operatsiyalari mazmuni o'zgarsa,
15900-So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga kiritilgan
investitsiyalar» hisobvarag'iga o'tkazilishi mumkin. Bunda operatsiyalar mazmuni
foiz stavkasi hamda bozor narxi, moliyalash shartlari va manbaalarining o'zgarishi
oqibatida o'zgaradi hamda xarid va bozor qiymatlarining eng kami bo'yicha amalga
oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan qiymatlaming eng kami o'tkazilgan qimmatli
qog'oz uchun yangi balans qiymati bo'ladi.
Agar bozor qiymati xarid narxidan past bo'lsa, o'tkazishdagi farq summasiga,
15900- So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog'ozlarga kiritilgan
investitsiyalar» — bozor qiymati va 55614- “Oldi-sotdi qimmatli qog'ozlar haqiqiy
qiymatining o'zgarishi natijasida ko‘riIgan zararlar (Savdoga mo'ljallangan qimmatli
qog'ozlardan tashqari)” - farq summasi debetlanib, - xarid qiymati sifatida
kreditlanadi. Ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi qayta hisoblanadi
va buxgalteriya hisobida uning miqdori tuzatib qo'yiladi.
Obligatsiyalar bo'yicha foiz ushbu qimmatli qog'ozlaming nominal qiymati
bo'yicha hisob-kitob qilinadi va ularga hisoblangan foiz summasi daromad sifatida
hisobga olinadi, hamda
Dt 16305- "Oldi-sotdi qimmatli qog'ozlari bo'yicha hisoblangan foizlar”
hisobvarag'i,
Kt 40605- “Davlat obligatsiyalari bo'yicha foizli daromadlar” hisobvarag’i.
Ular undirilganda esa, yoki
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 16305-"01di-sotdi qimmatli qog'ozlari bo'yicha hisoblangan foizlar”
hisobvarag'i.
Agar emitentning moliyaviy ahvoli yomonlashishi oqibatida emitent tomonidan


qarz majburiyatlarining uzilishi yoki ular bo'yicha foizlaming to'lanishi bankda
shubha uyg'otsa banklar foizlami o'stirmaslik tamoyilidan foydalanishi lozim. Qarz
majburiyatlari bo'yicha hisoblab yozilgan, lekin olinmagan barcha foizlari quyidagi
hollarda, emitent tomonidan qisqa muddatli qarz majburiyatlarining uzilishi yoki ular
bo'yicha foizlaming to'lanishi 60 kun; 90 kun va undan ortiq muddatga yoki
muddatidan qa’tiy nazar bankda shubha tug'ilganda bank balansidan hisobdan
chiqarilishi mumkin, unda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv orqali amalga
oshiriladi:
Dt 40613- “Korxonalarining qarz qimmatli qog'ozlari bo'yicha foizli
daromadlar” hisobvarag'i,
Kt 16305-"01di-sotdi qimmatli qog'ozlari bo'yicha hisoblangan foizlar”
hisobvarag'i.
Balansdan chiqarilganidan so'ng qarz majburiyatlari bo'yicha hisoblab yozilgan
foizlaming summasi ko'zda tutilmagan holatlar, ya'ni,
Dt 95411- “Olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan
foizlar” hisobvarag'i,
Kt 96333- “Olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan
foizlar kontr-hisobvarag'i” va undirilganda ushbu hisobvaraqlarda teskari yozuv
amalga oshiriladi.
Banklarda qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi operatsiyalari bilan bog'liq
xarajatlar (vosita haqi, ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lov, qimmatli qog'ozlami
sotishda broker uchun mukofot puli va boshqalar) 55110 «Qimmatli qog'ozlaming
oldi-sotdi operatsiyalari bo'yicha to'lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari»
hisobvarag'ida hisobga olinadi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin