T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Faktoring operatsiyalari mazmuni va ularni rasmiylashtirish



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109
Data

5.6. Faktoring operatsiyalari mazmuni va ularni rasmiylashtirish


Faktoring - xo'jalik yurituvchi sub’ektlar — etkazib beruvchilami moliyalashga
doir bank xizmatlarining bir turi bo'lib bunda, ular bank - moliyaviy ob’ektga etkazib
berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovchilar
tomonidan akseptlangan, lekin to'lov talabnomalari bo'yicha hali to'lanmagan
to'lovni regress huquqisiz olish huquqini berishdir.
Banklar
faktoring
operatsiyalarini
ulaming
talab
qilib
olingungacha
saqlanadigan depozitlar hisobvaraqlari joylashgan bankdagi mijozlar bilan shartnoma
asosida amalga oshiradilar va ulaming buxgalteria hisobi amaldagi me'yoriy hujjatlar
bilan tartibga solinadi15. Faktoring xizmatlarini ko'rsatish asosida to'lovchi
tomonidan moliya agentiga pul talabini bajarish muddatlari 90 kundan oshmasligi
kerak. Banklar to'lovchilardan qarzni undirish bo'yicha ushbu muddatda to'lanmagan
majburiyatlariga doir choralami qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Faktoring operatsiyasini o'tkazishda bank pul mablag'larini ulaming haqini to'lash
huquqi faktoring shartnomasida ko'rsatilgan summada bankka taqdim etiladigan
to'lov talabnomalari bo'yicha mijozning talab qilib olingungacha saqlanadigan
depozit hisobvarag'iga o'tkazadi.
Bank tomonidan o'tkazilgan summa bilan shartnoma bo'yicha to'lov
talabnomasi summasi o'rtasidagi farq bilan diskontini tashkil etadi. Bunda bank
15 Тиж орат банклари том онидан Ўэбекистон
Республикаси йудудида факторинг операцияларини ўтказиш
тартиби тўгриси даги низом. Ў з Р А В 0 3 .0 8 .2 0 0 0 йилда 95 3 -со н билан рўйхатга 
олинган.
tomonidan to'lovchida muddati o‘tgan kreditorlik qarzining yo'qligi e'tiborga olinib,
faktoring xizmatlarini amalga oshirishlari mumkin. Faktoring shartnomasini
rasmiylashtirish jarayonida mijoz shartnoma tuzilgunga qadar bankka quyidagi
hujjatlami taqdim etadi: belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va to'lovchi
tomonidan imzolangan oldi-sotdi ishlami bajarish va xizmatlar ko'rsatish
shartnomasini moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilgani va xizmatlar
ko'rsatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar; to'lovchi tomonidan boshqa banklarda
ochilgan hisobvaraqlar ro'yxati; to'lovchining moliyaviy holatini belgilash uchun
zarur hujjatlar.
Bankning mijoz bilan faktoring xizmati ko'rsatishga doir shartnomasida
quyidagilar ko'rsatiladi: ularga nisbatan pul talabining berilishi amalga oshirilayotgan
xaridorlar;
berilayotgan talablaming
umumiy
summasi;
diskont


summasi;
shartnomaning amal qilish muddati; taraflar tomonidan shartnoma shartlari buzilgani
uchun da'volami bayon etish muddatlari; shartnoma shartlari buzilgani uchun
taraflaming ma’suliyati; shartnomani bekor qilish shartlari; qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa shartlar.
Faktoring xizmatlarini ko'rsatish shartnomasini tuzish chog'ida mijoz va bank
moliyaviy agenti to'lovchini ushbu bitim tog'risida yozma ravishda xabardor qilishi
kerak. To'lovni amalga oshirish uchun to'lovchining talab qilib olgungacha
saqlanadigan depozit hisobvarag'ida mablag'lar yetishmagan taqdirda to'lovchining
banki bank moliyaviy agentga to'lov topshiriqnomasining 2-son kartotekaga qabul
qilganligini ma'lum etadi.
5.7. Banklarda faktoring operatsiyalarining buxgalteriy hisobi
Faktoring operatsiyalari bo'yicha to'lov hujjatlari hisobini yuritish uchun bank
tomonidan kutilmagan holatlar hisobvaraqlarida 90966- «Xarid qilingan debitorlik
qarzlari - faktoring» shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi. Ushbu hisobvaraq debeti
bo'yicha xarid qilingan debitorlik qarzlaming to'liq summasi aks ettiriladi, krediti
bo'yicha esa to'lovchilar to'liq so’ndirgan, xarid qilingan debitorlik qarzlari hisobdan
chiqariladi va quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 90966- “Sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring”,
Kt 96331- “Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring bo'yicha kontr-
hisobvaraq”.
Taraflar tomonidan faktoring pul talabini berish tog“ risidagi shartnoma
imzolangandan keyin bank moliyaviy agent mablag'lami mijozning talab qilib
olingungacha saqlanadigan depozit hisobvarag'iga diskont summasini chegirgan
holda o'tkazishni amalga oshiradi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan
rasmiylashtiriladi:
Dt 11101- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring» hisobvarag'i,
Kt 20208- «Talab qilib olingungacha saqlanadigan depozitlar» va
Kt 11195- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring - bo'yicha diskont»
hisobvaraqlar.
Mablag'lami mijozning talab qilib olingungacha saqlanadigan depozit
hisobvarag'iga o'tkazishni bank memorial orderlar bilan amalga oshiradi va ular ikki
nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar bo'yicha buxgalteriya
operatsiyalari
amalga
oshirilganidan
keyin
bankning
kunlik
hujjatlariga
joylashtiriladi. Ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi. Faktoring
muddati tugaganidan so‘ng to'lovchi xaridordan kelib tushgan summaga quyidagi
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”


to'lovchining
hisobvarag‘i,
Kt 11101 -«Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring» hisobvaraq.
Diskont summasi debitorlik qarz bo'yicha to‘lovchidan mablag'lar kelib
tushganidan so'ng, bank daromadiga o'tkaziladi:
Dt 11195-«Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring - bo'yicha diskont»
hisobvarag’,
Kt 45217- «Sotib olingan debitorlik qarzlari bo'yicha daromadlar -Faktoring»
hisobvarag'i va bir vaqtning o'zida to'lov hujjatlari balansdan tashqari hisobvaraqdan
chiqariladi:
Dt 96331- “Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring bo'yicha kontr-
hisobvarag’,
Kt 90966- “Sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring- hisobvaraq.
Faktoring operatsiyalariga xos bo'lgan yuqori darajadagi xatar munosabati bilan
banklar har oyda tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ularga doir
ehtimoliy talafotlami qoplash uchun barpo etiladigan zahiralami shakllantirish va
ishlatish tartibiga muvofiq faktoring operatsiyalari sifatini tasniflab boradilar.
Zahiralar tashkil etilganda,
Dt 56814- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring bo'yicha ko'rilishi
mumkin bo'lgan zararlami baholash» hisobvarag'i,
Kt 11199- «Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring-bo'yicha ko'rilishi
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi» hisobvaragi.
Agar zahira summasi hisobidan debitorlik qarzi qoplansa,
Dt 11199- «Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring-bo'yicha ko'rilishi
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi» hisobvaragi,
Kt 11101- «Sotib olingan debitorlik qarzlari -Faktoring» hisobvarag'i.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin