T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Lizing operatsiyalari mazmuni va ularni rasmiylashtirish



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109
Data

5.8. Lizing operatsiyalari mazmuni va ularni rasmiylashtirish
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalari bilan bir qatorda lizing
operatsiyalari ham amalga oshirilib, bunday operatsiyalar moliyaviy lizingni
o'tkazish tartibi tog'risidagi nizom16ga muvofiq tartibga solinadi. Lizing - ijara
munosabatlarining alohida turi bo'lib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi taraf
(lizing oluvchi) topshirig'iga ko'ra, uchinchi taraf (sotuvchi)dan mol-mulk (lizing
ob’ekti)ni lizing shartnomasida belgilangan, keyinchalik lizing ob’ektining lizing
oluvchi mulkiga o'tishi shartlarida uni lizing oluvchining egalik qilishi va
16 У зб еки стан
Республикаси банклари томонидан молиявий лизингни ўтказиш тартиби тўгрисидаги 
низом.
Ў з Р А В 2 0 .0 7 .1 9 9 9 йилда 7 7 6 -со н билан рўйхатта олинган
foydalanishi uchun sotib oladi. Bankning kredit resurslari lizing bo‘yicha
operatsiyalami amalga oshirish manbai hisoblanadi. Lizing sub’ekti bo'lib,
quyidagilar hisoblanadi: lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi.
Mijoz bilan bank o'rtasida amalga oshirilayotgan lizing operatsiyalari quyidagi
talablardan biriga javob berishi lozim: lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin
lizing ob’ekti lizing oluvchi mulkiga o'tishi; shartnoma muddati lizing ob’ekti xizmat


qilish muddatining 80% dan ortig'ini yoki lizing ob’ektining qoldiq qiymati lizing
shartnomasi tugagach, uning birlamchi qiymatining 20%dan kamini tashkil etishi;
lizing oluvchi lizing ob’ektini belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati
tugaganidan keyin belgilangan narxda butunlay sotib olish huquqiga ega bo'lishi;
lizing shartnomasi davrida to'lovlaming umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining
90%dan ortig'ini tashkil etishi lozim. Lizing shartnomasi munosabati bilan sarflangan
tnablag'laming qaytarilishi kafolati sifatida lizing beruvchi garov tariqasida bo'lsa
ham lizing oluvchidan bank kafolati yoki uchinchi shaxs kafilligi ta'minotini taqdim
etishni talab qilishi mumkin.
Lizing sharsnomasini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo'linadi:
bank tomonidan lizingga ariza qabul qilinishi va lizing oluvchi bilan muzokaralar olib
borish; lizing oluvchining to'lov qobilyati va uning loyihasining samaradorligi
tog“ risida xulosa chiqarish; lizing shartnomasini tayyorlash va tuzish; lizing beruvchi
bank tomonidan uskunalar etkazib berilishi uchun sotuvchiga buyurtma-naryad
jo'natish; lizing ob’ektini sotib olish-sotish to'g'risidagi shartnomani imzo lash; lizing
uskunalarini foydalanishga qabul qilib olishni amalga oshirish; lizing oluvchi va
sug'urta kompaniyasi o'rtasida lizing ob’ektini sug'urtalash to'g'risidagi shartnomani
imzolashni talab qiladi.
Lizing bo'yicha mablag' oluvchilar banka to'lov qobilyati va o'z loyihasining
samaradorligi tog'risidagi xulosa tayyorlanishi uchun bulg'usi lizing oluvchi va lizing
obektini o'z egaligi va foydalanishiga olishni xoxlagan shaxslar quyidagilarni taqdim
etishlari lozim: oxirgi hisobot sanasiga buxgalteriya balansi; o'z moliyaviy - ishlab
chiqarish imkoniyatlarining tahlili; lizingning butun muddati uchun pulning kelib
tushishi prognozi ko'rsatilgan biznes reja.
Lizing shartnomasi tuzilganidan so'ng lizing beruvchi sotuvchiga uskunalami
etkazib berishi uchun ishlaming bajarilishi shart-sharoitlarini belgilab beruvchi texnik
topshiriqlar va boshqa hujjatlar ilova qilingan buyurtma naryadni jo'natadi. Lizing
beruvchi va sotuvchi o'rtasida lizing ashyosini sotib olish -sotish shartnomasi
tuziladi. Lizing ob’ekti sotuvchisiga to'lov lizing beruvchi tomonidan qonunchilikka
binoan, sotib olish -sotish shartnomasiga muvofiq shakl va muddatlarda amalga
oshiriladi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin