T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109
Data

7.7. Banklarda fondlar hisobi
Bankning zahira kapitali -umumiy maqsadga yo'naltirilgan zahira fondi va
imtiyozli kredit zahira fondidan iborat bo'ladi. Bunda sof foydadan soliq va boshqa
majburiy to'lovlami oshirgandan keyin bank kapitalini ko'paytirishga yo'naltirilgan
mablag' miqdori liveraj koeffitsientidan kelib chiqqan holda o'matiladi.
Liveraj -b u bank kapitalining aktivlar summasini ta'minlanganlik darajasini aks
ettiruvchi ko'rsatkich bo'lib, bankning jami aktivlar summasini birinchi darajali
kapitaliga nisbatan nomoddiy aktivlar va gudvil qiymatini ayirib tashlanib
aniqlaniladi.
Shu bois, bank kapitalini ko‘paytirish koeffitsientining me'yorlari quyidagicha:
liveraj koeffitsienti foydadan 0 dan - 0,15 gacha 30% ; 0,15 dan-0,30gacha 20% ;
0,30 dan -0,30dan yuqori 10% qilib belgilagan.
Bankning birinchi darajali kapital tarkibiga: puli to'liq to‘lanib muomalaga
chiqarilgan oddiy aktsiyalari, nekumulyativ muddatsiz imtiyozli aktsiyalari kiradi. Bu
aktsiyalar: aniq muddatga xarid qilinmaydi yoki shart asosida kelib tushishi bilan
xarid qilinadi, aktsiya egasi a'zosining xoxishiga ko‘ra xarid qilinadi, bular bo‘yicha
dividend aktsiyadorlaming umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra hisoblanadi, shuningdek,


bular bo'yicha o ‘tib ketgan davrlar uchun (nekumulyativ) dividend hisoblanmaydi.
30903 - «Umumiy zahira fondi» hisobvarag'ida o'matilgan tartib asosida bank
taqsimlanmagan foydasi hisobidan umumiy maqsadga yo'naltirilgan mablag'lar
hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvarag'ning debet qismi tomonida zahira fondiga ajratma
qilingan mablag'laming kelib tushishi, kredit qismida esa zahira fondidan ma'lum bir
maqsad uchun ishlatilgan mablag'laming hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Analitik
hisobi har bir shaxsiy hisobvarag' bo'yicha alohida hisobi yuritiladi. Umumiy zahira
fondiga ajratma qilinganda
Dt 3 1206-«Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» hisobvarag'i,
Kt 30903- «Umumiy zahira fondi» hisobvar» hisobvarag'i.
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit berish jamg'armasini ishlab chiqish
mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklariga, shuningdek,
yuqori texnologiyalik hamda innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli
kredit berish uchun tashkil etiladi. Banklarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va
Vazirlar Maqkamasi qarori muvofiq22 maxsus imtiyozli kredit fondlari tuziladi.
Imtiyozli kredit fondi bankning foydasi hisobidan 25% miqdorida ajratma qilib
shakllantiriladi. Bu foyda bankningdaromadlari bilan xarajatlari o'rtasidagi farq
hisobida qoplanadi. Tijorat banklari maxsus imtiyozli kredit fondlarini shakllantirib
boradi va ularning buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylatiradi:
Dt 31206- “S o f foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag'i -bank foydasidan
maxsus imtiyozli kredit fondi uchun ajratilgan summasi,
Kt 30904 - “Kichik biznes korxonalarini imtiyozli kreditlash zahira fondi”
hisobvarag'i.
Imtiyozli kreditlash zahira fondi joylardagi barcha bank va filiallarda tashkil
etilib, hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha ajratmani 30904- “Kichik biznes
korxonalarini imtiyozli kreditlash zahira fondi” balans hisobvarag'iga o'tkazib
boradi. Imtiyozli kreditlash zahira fondi hisobidan xo'jalik yurituvchi sub’ektlaming
kreditlanishi ular o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlari asosida moliyalashtiriladi.
Imtiyozli kreditlash zahira fondi shakllangandan keyingi oyning 1-kunigacha kichik
biznes va dehqon- fermer xo'jaliklariga kredit turi sifatida berilishi mumkin.
“ Ў зР П резидентининг «Б ан к тиэимини янада эркинлаштириш ва ислой
= и л и ш
борасидаги чора-тадбирлар
тўғриси да»ги УП 2 5 6 4 - сон фармони 2 1 .0 3 .2 0 0 0 йил; Ў з Р В М си н и н г 
“Тиж орат банклари том онидан м ахсус
имтийзли кредит фондларини шакллантириш тугриси да” ги 28-со н л и карори. 
1 7 .0 1 .2 0 0 4 Й
Imtiyozli kreditlash zahira fondi hisobidan kredit berilganda berilayotgan kredit
mablag'i summasi bilan imtiyozli kreditlash zahira fondining to‘g‘ri kelishligini
bilish maqsadida hisobni tekshirib borish zarur, chunki berilayotgan kredit summasi
imtiyozli kreditlash zahira fondidan oshib ketmasligi kerak. Imtiyozli kreditlash
zahira fondidan filial bo'yicha kredit berilganda kichik biznes va dehqon- fermer
xo'jaliklariga ulaming har bir istiqbolli bines-rejasi foydasi tahlil qilinib berilishi
kerak. Aks holda bank filialiga yoki ma'lum bir sub’ektga imtiyozli kreditlash zahira


fondidan ortiqcha mablag1 sarflanishi mumkin. Ayrim hollarda bir filialdan
boshqasiga mablag' o'tkazilib turiladi, bunda ular buxgalteriya hisobida aks ettirilishi
lozim: imtiyozli kreditlash zahira fondiga filial uchun ortiqcha mablag' berilayotgan,
Dt 16101-“Bosh bank/ filiallardan olinadigan mablag'lar - Naqd pullar”
hisobvarag'i,
Kt 10301- “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag'i - Nostro” hisobvarag'i.
Filial uchun, imtiyozli kreditlash zahira fondidan mablag' olinganda esa,
Dt 10301- “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag'i - Nostro” hisobvarag'i,
Kt 22202- “Bosh bank/filiallarga to'lanadigan mablag'lar - Naqd pullar”
hisobvarag'i.
Imtiyozli kreditlash fondidan kredit berish hisobiga olingan foizli daromadlar
hisobi alohida yuritiladi. Chunki olingan daromad maqsadli imtiyozli kreditlash
fondiga yo'naltirish uchun va shu bilan birga ushbu daromaddan olinadigan soliqdan
ozod bo'lish uchun hamda hisobot davridagi imtiyozli kreditlash fondiga
o'tkaziladigan foyda hisobidan 25% ajratma qilinib, foizli daromad hisobiga
imtiyozli kreditlash fondini qo'shimcha ko'paytirish ko'zda tutiladi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin