hujjatlari asosida amalga oshirishlari mumkin. Bir vaqtning o‘zida mijozning iltimosi
bo'yicha 09006-son sh. bo'yicha (3-son ilova) xorijga naqd chet el valyutasining olib
chiqib ketilishiga ruxsatnoma ham berilishi mumkin. Vakolatli banklar naqd chet el
valyutasini yuridik va jismoniy shaxslaming depozit hisobvarag'iga qabul qilib
olishni amalga oshiradilar. Naqd valyutaning kassaga qabul qilinishi: faqat Bosh
daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”.
Banklar yuridik shaxslarga xizmat safarlariga oid harajatlarga doir naqd chet el
valyutasining berilishini, ulaming arizalariga va amaldagi qonunchilikka binoan,
tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiradilar. Bunda quyidagi buxgalteriya
yozuvlari amalga oshiriladi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Vakolatli banklar naqd chet el valyutasini qonunchilikda va O'zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining me'yoriy hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa
maqsadlar uchun ham berilishini amalga oshirishlari mumkin. Mijozning iltimosiga
ko'ra naqd chet el valyutasining chegaradan tashqariga olib chiqib ketilishi uchun
ruxsatnoma beriladi. Rezident jismoniy shaxslaming hisobvaraqlaridan mablag'lar
ulaming arizalariga binoan naqd chet el valyutasi ko'rinishida belgilangan tartibda
ariza taqdim etilgan kundan keyin keluvchi kundan kechiktirmasdan (chet el
valyutasidagi to'lov hujjatlari asosida) to'lanishi mumkin. Operatsiya quyidagi
buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari
bo'yicha,
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Hisobvaraqlardan mablag'lar ular egalarining xohishlariga ko'ra "VISA "
xalqaro plastik kartochkalari, yo'l cheklari bilan berilishi yoki naqdsiz tartibda
chegaradan tashqariga hisoblab o'tkazib berilishi mumkin. Naqd chet el valyutasining
chegaradan tashqariga olib chiqib ketilishiga oid ruxsatnomalar fuharolaming
iltimoslari bo'yicha ular tomonidan vakolatli banklardan naqd chet el valyutasidagi
kreditlaming olinishi chog'ida berilishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: