T oshkent “ Himoyaga ruxsat etilsin” amaliy fanlar fakultet dekani universiteti



Yüklə 133,98 Kb.
səhifə5/15
tarix21.12.2023
ölçüsü133,98 Kb.
#187944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
kurs ishi 22Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim-tarbiyasi2222222

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- MTM tarbiyachilari va ota –onalar uchun oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish usullarining nazariy asoslari tavsiya etildi.
Kurs ishning tarkibiy tuzilishi: kirish, ikki bob, toʻrtta fasl, xulosa va tavsiyalar, hamda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida iborat.
1-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM – TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

1.1. Maktabgacha ta`lim tushunchasi
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yongʻin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga boʻlgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” bilan tartibga solinadi.

Maktabgacha ta`lim tizimi
Maktabgacha ta’lim muassasalari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi.



Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablagʻlari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli ma`lumotlarni “Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi toʻgʻrisida Nizom” dan olishinigiz mumkin.

Yüklə 133,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin