2. Faktoring xizmati bo‘yicha shartnoma va uning tarkibi Dunyo amaliyotida faktoring xizmatlarining narxi 2 elementga bog‘liq:
xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lash. U o‘rtacha schot-faktura narxining 0,5–3,0 %ini, ba’zan 5 %ini tashkil qiladi;
berilgan kredit mablag‘lari uchun haq. Uning miqdori mijozning faktoring bo‘limidan pul olishidan boshlab, to‘lovchidan pul kelib tushishigacha bo‘lgan vaqt ichidagi mijozining kundalik debet saldosi miqdoriga qarab belgilanadi.
Mijozga faktoring xizmati shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Shartnomada yetkazib beruvchiga regress huquqi berilgani yoki yo‘qligi ko‘rsatiladi.
Regress huquqiga ega bo‘lgan shartnomada bank yetkazib beruv chiga har qanday to‘lanmaslik qarzdorlik majburiyatini sotish huqu qiga ega va aksincha regress huquqiga ega bo‘lmagan shartnomada bank to‘lanmaslik tavakkalchiligini o‘z bo‘yniga oladi, agar majburiyatlar noqonuniy deb topilmasa.
Jahon amaliyotida faktoring operatsiyalari bo‘yicha chegara viy summalarni belgilashning uch xil usuli mavjud:
Kreditlash limitini ajratish. Faktoring xizmati shartnomasida, agar qarzdor summasi belgilangan limitdan oshib ketsa, bank yetkazib beruvchiga barcha qo‘shimcha schotlarni qaytarib berish huquqiga ega, to‘lovchining to‘lovga qobiliyatsizligida esa barcha uning qarzdorlik to‘lovlari bankning yetkazib beruvchiga to‘lagan summani undirgunga qadar bankka kelib tushadi.
Har oylik yuk jo‘natish limitini jo‘natish. Yetkazib beruvchi mijoz qarzining miqdoridan qat’i nazar, shubhali qarzlardan sug‘urtalanadi. Limit hafta, oy, choraklarda belgilanishi mumkin.
Alohida shartnomalar bo‘yicha sug‘urta. Bu usul bir mijozga bir necha tovar yetkazib berish emas, balki alohida holatlarda, katta summalarda shartnomalar imzolanganda qo‘llaniladi.
Ma’lum holatlarda esa bularning kombinatsiyasi ham qo‘llanilishi mumkin.
Faktoring xizmati to‘g‘risida bank yetkazib beruvchi bilan shartnoma imzolashdan oldin yetkazib beruvchi bankka to‘lovchining nomi va adresi, u bilan kelishuv shartlari, barcha qarzdorlik to‘lovlari summasi, har bir qarzdorning summasi, u bilan oradagi munosabat va boshqa tur ma’lumotlarni taqdim etadi. Barcha ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, bank kelishuv shartlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Faktoring xizmatlari to‘g‘risidagi kelishuv, odatda, 1–4 yilga tuziladi. Konvension faktoringda kelishuv to‘liq xizmat amalga oshirilishi uchun, konfi densial faktoringda esa kelishuv faqat schot-fakturalar hisobini (diskontirovka) yuritish uchun tuziladi.
To‘liq xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuv regress qil ish huquqi bilan tuziladi (ma’lum vaqtga asosan, to‘lov muddatidan so‘ng 90 kun), alohida holatlarda esa, yetkazib beruvchi bankning ishonchini qozongan bo‘lsa, regress huquqi bo‘lmasligi ham mumkin. Davlatlararo savdo-sotiq qiladigan korxonalarga xizmat ko‘rsatishda eksport va import faktoringidan ham foydalaniladi.
Faktoring kelishuvida faktoring turidan tashqari, shuningdek, quyidagilar ko‘rsatiladi:
sotib oluvchilar, taqdim etiladigan majburiyatlar;
to‘lovchi to‘lovni o‘z vaqtida to‘g‘ri amalga oshirmaganda ko‘ riladigan choralar;
shartnoma shartlarini buzganliklari uchun tomonlarning javobgarligi;
faktoring bo‘limiga operatsiyalar bo‘yicha shikoyat muddat-lari;
kelishuvning amal qilish muddati;– kelishuvning bekor qilinish shartlari.
Kelishuvda bank va mijozlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Bank majburiyatlari:
unga taqdim etilgan qarzdorlik majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lash;
mijozga hisob-kitoblar to‘g‘risidagi holatni yoki ma’lum to‘-lovchilar bilan yuzaga kelgan qiyinchiliklar to‘g‘risida axborot taqdim etish.
Mijoz majburiyatlari:
bankka barcha yetkazib berilgan tovarlar yoki ko‘rsatil gan xizmatlar haqidagi hujjatlar, shuningdek, mijoz, tovar va xizmatlarning akseptlangani to‘g‘risidagi hujjatlar, shartnoma shartlari hamda tovar miqdori va sifatlar to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etish;
uning tovar va xizmatlarni sotib oluvchilari bilan o‘z vaqtida mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish;
nomaqbul o‘zgarishlar to‘g‘risida bankka o‘z vaqtida ma’lu-mot berish, ularning bank faktoring operatsiyalariga ta’sir etish doirasini belgilash;
arbitrajda ishlarni ko‘rib chiqishda bank bilan birga ishtirok etish.
Faktoring operatsiyalari bank balansida aks ettirilib, debet tomonida bank yetkazib beruvchiga to‘lagan summa, kredit tomonida esa to‘lovchi bankka to‘lagan summa aks ettiriladi.
Faktoring bo‘limi ishlarni amalga oshirish uchun keyingi moliyaviy yil rejasini tuzadi. Bular:
taxmin qilinayotgan faktoring operatsiyalar hajmi;
rejalashtirilgan miqdorlar, kreditlarni taqdim etish va ularni to‘lash shartlari;
faktoring operatsiyalarini ko‘paytirish uchun foydadan o‘t-kazmalar miqdorini aniqlashdir.
Faktoring bo‘limlarini bankning bosh bo‘limlarida hamda bank fi liallarida tashkil qilishi mumkin. Uning faoliyati bank ma’muriyati tomonidan kuzatilib boriladi.
Faktoring mijoz – yetkazib beruvchi uchun foydalidir. Birinchidan, u umumiy summaning asosiy qismini shu vaqtda oladi va o‘zining yetkazib beruvchilari bilan hisob-kitobda iqtisod qiladi. Ikkinchidan, bank to‘lanmagan majburiyatlarni o‘ziga olgandan so‘ng, ularning to‘lanmaslik tavakkalchiligini oladi. Uchinchidan, yetkazib beruvchi o‘z majburiyatlarini olishining aniq muddatini bilib, o‘z rejalarini amalga oshirishi mumkin. To‘rtinchidan, bank mijozga to‘liq summani to‘laguncha boshqa xil xizmatlarni ham ko‘rsatadi: informatsiya, audit, sug‘urta, statistik ma’lumotlar va boshqalar.