.Rojers empatiyani “boshqa odam bilan bo‘lish usuli, boshqa odamning ichki dunyosiga kirish va unda bo‘lish qobiliyati” deb ta’riflaydi . Empatiyaga ega bo'lish K.Rojers nuqtai nazaridan, o'zganing og'rig'i yoki zavqini o'zi his qilgandek his qilish va ularni keltirib chiqargan sabablarga munosabatda bo'lishni anglatadi. Bemorning sub'ektiv dunyosi to'g'risida empatik tarzda olingan bilim uning xatti-harakatining asosini va shaxsiyatning o'zgarishi jarayonini tushunishga olib keladi.Empatiya shaxsning muhim ijobiy komponentidir. Empatiyaning turlicha ko’rinishlari va darajalari mavjud. Empatiyaning barcha turlari har bir shaxsda mavjud, ammo ularning biri har doim boshqalarga qaraganda ko'proq rivojlangan. Shunga muvofiq kishilardagi empatiyaning ustunligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu psixologik xususiyatning hatto muddati ham har bir insonda turlichadir.Shaxsda empatik xususiyatlarni rivojlantirish va yoki shakllantirishda bu jihatlarni inobatga olish