T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
liya sohasida har qanday innovatsiyaning yuzaga kelishi 
uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy 
turlari bilan savdo qilinadi: 
qarz majburiyatlari, aksiyalar 
va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar.
• Qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, 
hukumat va uy xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksi-
yalar – bu firma egalarining uning aktivlarining bir qismiga 
egaligi to‘g‘risidagi talabidir.
• Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa ak
-
tivlar narxlari bilan bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar 
va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy instrumentlardir.
Foiz stavkasi, deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha 
va’da qilingan daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning 
turi qancha bo‘lsa, foiz stavkalarining turlari ham shun-
cha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob pul birli-
gi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt ris-
ki) bo‘yicha bitim shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga 
bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq pul birliklarida ifoda-
lanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun 
vosita sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol sa-
vatidan foydalaniladi.
Muayyan (qayd qilingan) nominal foiz stavkalari 
bo‘yicha taklif etiladigan obligatsiyalar daromadlilik real 
stavkasining noaniq ko‘rsatkichiga ega. Inflyatsiyani hisob
-
ga olgan holda indekslangan hamda muayyan real stavka-
larini taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal 
stavkasining noaniq ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga 
to‘rt asosiy omil ta’sir etadi:
• 
ishlab chiqarish vositalari samaradorligi
– shaxta, 
to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, zavod, mashina va tovar-material za-
hiralariga sarflangan mablag‘dan kutilayotgan daromadlilik 
stavkalari;
• 
ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan 
noaniqlik darajasi;


Moliya
175
• insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari – 
insonlar-
ning kelajakda emas, aynan bugun tovarlar va xizmatlarni 
iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari;
• riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish 
maqsadida daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi 
insonlar soni.
Indekslash, 
deb investitsiya stretegiyasini atashadi, 
u ning maqsadi investitsiya kapitalining daromadliligi o‘zga-
rishini mo‘ljal sifatida tanlangan birja indeksiga bog‘lab 
qo‘yishdir. 
Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya bozorida bevo-
sita opera-tsiyalaridan olishlari mumkin bo‘lgan moliyaviy 
mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan yuqori samarali moli-
yaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat 
firmalarga moliyaviy vositachilar, deyiladi. Moliyaviy vosi
-
tachilarning asosiy turlari ichida banklar, investitsiya va 
sug‘urta kompaniyalarini keltirish mumkin. Ularning moli-
yaviy mahsulotlari: chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipoteka-
lar, o‘zaro jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlari va sug‘urta 
shartnomalarining keng diapazoni kabilarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin