T. S. Malikov moliya


Moliya 171 10.2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliya
171
10.2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar
Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos 
turlarini rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan kompani-
yalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kompaniyalar faoliyati moli-
yalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular muayyan 
guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument 
(vosita)larni taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermer-
lar, talabalar, kichik korxonalar, yangi uylarni sotib oluv-
chilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni kafolatlov-
chi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin. 
Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonat-
larining sug‘urtasi uchun tashkil etilgan agentliklar sifati-
da namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy funksiyasi moliyaviy 
tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida 
iqtisodiy inqirozlarning oldini olish orqali iqtisodiy barqa-
rorlikka ko‘maklashishdan iborat. 
Bu rejada eng yomon ssenariy bank sarosimasi hisobla-
nadi. Omonat-chilar, agar pullarining ishonchli joyda tur-
ganligi va istagan paytda ularni qaytarib olishlariga isho-
nishsa, o‘z omonatlarini banklarda saqlashga rozi bo‘ladi-
lar. Shu bilan birga banklarda nolikvid va riskli aktivlar 
mavjudligi va bu aktivlar bankning omonatchilar oldidagi 
majburiyatlarini ta’minlash uchun xizmat qilishi ham ular-
ga ma’lum. Agar omonatchilar qaysidir paytda o‘z omonat-
larini to‘liq miqdorda qaytarib olishlariga ishonishmasa, 
ular sarosimaga tushib, bankka qarab yugurishadi va bi-
rinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z 
pullarini qaytarib olishga urinishadi.
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining bir qismini 
pulga sotishga majbur qiladi. Agar omonatlarni ta’minlov-
chi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni tezroq sotish zaruriyati 
talqin qilayapmiz? Hamma vaqt ham unga tayyor turibmizmi va uni sog‘lom 
holat sifatida qabul qilayapmizmi? Ilmiy tadqiqotlarimizni amalga oshira 
borib Markaziy banklar faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan tavsi-
yalarimizga muammoning bu jihatlariga e’tibor berayapmizmi? “Taklif-tav-
siya”larimiz, ayrim hollarda, teskari yo‘nalishga ega emasmi? Va h.k.


172

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin