T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
toblarga va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlardagi shun-
ga o‘xshash bir qancha kitoblar ning
3
turli variantlari (shu 
jumladan, ularning asl nusxalari) atroflicha o‘rganildi
4
. Shu-
ningdek, bu yo‘nalishda Rossiya Federatsiyasida keyingi bir 
necha yillar davomida e’lon qilingan kitoblar ham e’tiborimiz-
dan chetda qolmadi. 
Xullas, o‘zbekona Zamonaviy moliyani dunyoga kelti
-
rishda xalqaro maydonda mavjud bo‘lgan shunday il miy-
amaliy ishlanmalarning eng “zo‘r”lari tanlandi
5
. Bu bora-
da ayniqsa, bugun butun dunyo ilg‘or ilm ahli tomonidan 
zamonaviy moliya nazariyasining Isaak Nyutoni? deb tan 
olingan, 1997-yilda iqtisodiyot sohasi bo‘yicha xalqaro No-
bel mukofotiga sazovor bo‘lgan R.Merton asarlarini o‘rga-
nishga alohida e’tibor qaratildi
6
. Ulardan andoza olindi
7

Shu bois, kitobimizdagi zamonaviy moliya masalalarini 
hal qilishga qaratilgan nazariy yondashuvlar o‘zbekistonlik 
o‘quv chilarni butun dunyo xalqlari bilan “bir til”da gapla-
shishga imkon beradi. Shuning uchun ushbu kitobga daxl-
dor bo‘lgan eng afzal, eng muhim va eng asosiy belgi uning 
baynalmilal
xarakterda ekanligidir. Buni astoydil, cher tib-
chertib qayd etgimiz keladi. 
Bir vaqtning o‘zida kitobimizni dunyoga keltirish jarayo-
nida mamlakatimizdagi haqiqiy vaziyat, unda o‘rnatilgan 
tartib-qoidalar, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari va 
h.k.lar ham e’tiborimizdan chetda qolmadi. Xullas, muam­
moning milliy tomonlariga ham imkon qadar e’tibor qaratil-
di. Shunday bo‘lsa-da, bu joylarda ham Pifagor teoremasini 
3
Ularning ro‘yxati kitobimiz nihoyasida keltirilmoqda.
4
Bu joylarda kitob mualliflarining ingliz tilini mukammal darajada 
bi la digan shogirdlari xizmatlaridan keng foydalanish ayniqsa, asqotdi. 
«Nomard»ga muhtoj bo‘lmadik.
5
Bu o‘zbekona zamonaviy moliyaning hosilaviy xarakterga ega ekan-
ligini ko‘rsatadi.
6
Ularning ro‘yxati ham kitobimiz nihoyasida keltirilmoqda.
7
Shuni e’tiborga olgan holda, garchi «kitob mualliflari»da bizning is-
mi-shariflarimiz joy olgan bo‘lishiga qaramasdan, aslida biz o‘zimizni, 
juda borganda zamonaviy moliya o‘zbekona variantining mualliflari sifati-
da his qilamiz, xolos.


Moliya
7
butun dunyo afgor ommasi tomonidan to‘liq va uzil-kesil 
e’tirof etilgan isbotlovchi yo‘llarini nazar-pisand qilmasdan
uni o‘ziga xos tarzda, o‘zbekona isbotlashga harakat qilma-
dik. Zero, zamonaviy moliya masalalarida ham Amerika al-
laqachon kashf etilgan. Uni qayta kashf etishga hojat yo‘q.
Albatta, milliylik juda muhim narsa. Lekin u qancha-
lik muhim bo‘lmasin moliyaviy muammolar yechimini 
izlashda bu borada baynalmilallikdan iborat bo‘lgan va ha-
yot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tub asoslardan voz 
kechib bo‘lmaydi. Axir aniq fanlarda butun dunyoda “bir 
tilda” gaplashiladi-ku! Matematikadagi Bernulli formulasi 
yoki Nyuton binom
8
i, Kimyodagi “kumush ko‘zgu” reaksiya-
si, Fizikadagi diffuziya
9
hodisasi va h.k.lar AQShdagilar, 
buyuk britaniyaliklar, fransiyaliklar, germaniyaliklar, yapo-
niyaliklar tomonidan qanday talqin qilinsa, Efiopiyadagi 
habashlar, kam sonli Shimol xalqlari, jumladan, eskimos-
lar, Avstraliya aborigenlari va h.k.lar tomonidan ham xuddi 
shunday talqin qilinmoqda-ku! 
Bu o‘rinda bizga aslo “Yuqorida Siz sanagan fanlar – 
aniq fanlar. Bizning fanlarimiz esa ijtimoiy-gumanitar fan-
lar
10
sira 
siga kiradi. Shuning uchun bunday yondashuv 
8
“Binom” bi + yunoncha “nomen” – nom. Ikki algebraik ifodaning yi-
g‘in disi yoki ayirmasi; ikki had. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B. 267.
9
“Diffuziya” lotincha “diffusio” – tarqalish, yoyilib ketish. Fizikada: bi-
ror modda (gaz, suyuqlik) zarralarining boshqa modda orasiga sekin-asta 
o‘tib tarqalishi, kirib borishi. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B.630.
10
Fikrimizcha, fanimizning ijtimoiy-gumanitar fanlar sirasiga kiri shi 
undagi voqelik yoki hodisalarni turlicha talqin qilinishiga asos bo‘la ol-
maydi. Aniq fanlarda bo‘lganidek, bu yerda ham «Unday desak ham bo‘la-
veradi, bunday desak ham bo‘laveradi»ni, sira ikkilanmasdan, fanimizning 
tragediya (fojia)si sifatida qabul qilmoq kerak. Garchi fikrlar xilma-xilligi, 
munozara va h.k.lar har qanday fan taraqqiyotining asosini tashkil et-
sa-da, ularga ortiqcha o‘rin berish yaxshi oqibatlarga olib kelmaganligini 
hayotning o‘zi uzil-kesil tasdiqlab turibdi. Shu ma’noda zamonaviy moliya 
masalalarida butun dunyoda «xo‘rozlar bir xil tarzda qichqirib turgan»ligi-
ni bilib, bilmaslikka olish o‘ziga xos tarzdagi nodonlik alomatidir. 
Bizning bu tarzdagi mulohazalarimizdan mualliflar «yakka (tanho) fikr 
hukmronligi» tarafdori, yakka (tanho) fikr esa, o‘z navbatida, har qanday fan 
taraqqiyotining kushandasi», degan xulosani chiqarishga shoshilmasliklarin-


8

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin