T.S.Malikov, N.H.Haydarov
qo‘shadi, degan umiddamiz. Undan tashqari kitobimizni
o‘qish jarayonida yo‘l-yo‘lakay o‘sha iqtiboslarda keltiril-
gan savollarning javoblariga o‘zimiz mustaqil ravishda ega
bo‘lsak, buning nimasi yomon? Aksincha, nur ustiga a’lo
nur emasmi?!
Albatta, iqtiboslarning bir qismi boshqa tillar singari
Ona tilimizda ham ishlatilishi mumkin bo‘lgan ayrim xalqa-
ro atamalarning lug‘aviy ma’nosini aks ettirishga qaratil-
gan. Buning ham bir necha sabablari bor.
Gap shundaki, Ona tilimizga davlat tili maqomi berili-
shi munosabati bilan uning dastlabki kunlaridanoq ba’zi bir
“jonkuyarlar” tomonidan o‘zbek tilida hayot taqozosi bilan
ishlatilib kelingan ayrim xalqaro atamalarni o‘rinsiz, sun’iy
ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi va hamon qilin-
moqda. “Aeroport”ning o‘rniga “tayyoragoh”, “institut”ning
o‘rniga “oliygoh”, “fakultet”ning o‘rniga “kulliyot”, “trest”ning
o‘rniga “naqliyot” va h.k.lar taklif etildi. Bu o‘zbek tilini
“sof”lashtirish, uning “toza”ligini ta’minlash “bayrog‘i” ostida
amalga oshirildi. Holbuki, u yoki bu millat tiliga o‘zga tillar-
dan qandaydir bir so‘zning kirib kelishi yoki chiqib ketishi
alohida olingan shaxslarning xohish-istaklariga, ko‘rsatma-
lariga, tavsiyalariga, taqiqlariga va h.k.lariga bog‘liq emas.
Shuningdek, bu vazifa Ona tilimiz ayrim “bilimdon”lari zim-
masiga ham yuklanmagan. Bunday mas’uliyatli va sharaf-
li vazifani qoyilmaqom qilib uddalovchini HAYoT deydilar.
Faqat Hayotgina o‘zga tillardan Ona tilimizga qaysi so‘zning
kirib kelishi va chiqib ketishi masalasini oqilona va odilo-
na hal etishi mumkin. Bunday vakolat undan boshqa hech
kimga berilmagan va berilmagay ham
17
!
Undan tashqari “O‘zbek tilida faqat sof o‘zbekcha so‘zlar
ishlatilishi kerak!” , - degan qoida ham mavjud emas. Shu
munosabat bilan shunga intiluvchi ayrim “millatparvar-
17
Ushbu masalada batafsilroq tasavvurga ega bo‘lish uchun o‘quvchi-
larimizga mamlakatimizning “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanali orqali
namoyish etilayotgan va Ona tilimiz muammolariga bag‘ishlangan ko‘rsa-
tuvlarda ilgari surilayotgan diqqatga sazovor qarashlardan ogoh bo‘lishla-
rini chin dildan istardik.
Moliya
13
lar”ning o‘z ichiga 80 000dan ortiq so‘z va so‘z birikmasini
olgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga bir nazar solishlarini
istardik. Bir hisob-kitob qilaylik-chi, bu yerda keltirilgan
so‘z va so‘z birikmalarining nechtasi sof o‘zbek tilida ekan!?
Ishonchimiz komil bo‘lsin, bu ishni amalga oshirsak,
qo‘ltig‘imizdan qovunimiz tushishi, popugimiz pasayishi,
suvga tushgan mushukdek yumshoq bo‘lib qolishimiz –
aniq. Bu turgan gap!
Shunday bo‘lsa-da, zamonaviy moliyada keltirilayot-
gan xalqaro atamalarning izohi ayrimlar nazarida baribir
oddiydek, ortiqchadek yoki keraksizdek tuyuladi. Shuning-
dek, ular o‘quvchini zeriktirib qo‘yishi ham mumkin. Biroq
bizningcha, bunday xulosa chiqarishga hali erta. Chunki
ishlatayotgan atamamizning, shu jumladan, har bir xalqa-
ro atamaning asl ma’no-mazmunini oldindan bilib turib,
undan so‘ng ularni ishlatish har qanday ilmning kalitidir
18
.
Bu narsa uning tub asosini tashkil etadi. Yoki Siz bu fikrga
qo‘shilmaysizmi?...
Ammo bu yerda navbatma-navbat kelishiga qarab Ona
tilimizda ishlatilayotgan barcha xalqaro atamalarga izoh
berishni biz o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘ymadik. Aksincha,
ularning zamonaviy moliyaga u yoki bu darajada daxldor
bo‘lganlarinigina aks ettirdik, xolos. Shu bois o‘zbek tilida
“yoppasiga ommaviylashib ketgan” ayrim xalqaro atamalar-
ga izoh berishni maqsadga muvofiq, deb topmadik (ayrim
hollargina bundan mustasno) va ularni ongli ravishda e’ti-
borimizdan chetda qoldirdik
19
.
18
Shu munosabat bilan talabalik yillarimizdagi ustozimizning imtihon
paytida biz talabalarga nisbatan “Bir yildan bo‘yon “qo‘shimcha qiymat”,
“qo‘shimcha qiymat”,- deb uzluksiz ravishda, deyarli har darsda gapirib
kelayapmiz-u, lekin hamon uning nima ekanligidan bexabarmiz? Bu yog‘i
qandoq bo‘ldi, bolam?”, - degan Namangan shevasida bildirgan o‘rinli
e’tirozi hech esimizdan chiqmaydi.
19
Aslida, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” har bir jildining bor-yo‘g‘i 3000
nusxada nashr qilinganligi, ulardan keng o‘quvchilar ommasi tomonidan
emas, balki nisbatan tor doiralardagina foydalanish mumkinligi e’tiborga
olinadigan bo‘lsa, masalani aynan shu tarzda hal qilishning maqsadga
muvofiqligi ham ma’lum bo‘ladi.
|