Moliya
207
Bunday shartli majburiyatlarning mavjudligi va
ularning
hajmi nari borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.
Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida
baho (qiymat)larning qaysi biri inobatga olinishi kerakli-
gini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosi (qiymati)mi yoki balans
bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi (qiy-
mati) hisobga olinadi. Masalan, faraz qilaylik, “Alfa” kom-
paniyasi bundan uch yil avval 39,0 mln. so‘mga kompyu-
terlar uchun sistema bloki korpuslari
ishlab chiqaradigan
uskuna sotib oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskuna-
ning balansi qiymati (bahosi) uch yillik amortizatsiyani ino-
batga olganda 26,0 mln. so‘mga teng. Ammo zamonaviy
ishlab chiqarish jarayonida yuz
berayotgan kompyuter kor-
puslari ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar sa-
babli ushbu uskunaning bozor qiymati (bahosi) 12,0 mln.
so‘mdan oshmaydi.
Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy usku-
naga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak.
Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi qiymat (baho)ni ino
-
batga olish kerak? Agar soliq to‘lash masalasini hisobga
olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan
ma’lumki, aktivlarning haqiqiy qiymati (bahosi)ni ulardan
foydalanishning eng yaxshi muqobil varianti ko‘rsatib bera-
di. Ayonki, ushbu muqobil qiymat (baho) balansda ko‘rsa-
tilgan qiymat (baho)ga nisbatan
uskunaning bozor qiymati
(bahosi)ga (12,0 mln. so‘m.) eng yaqin qiymat (baho)dir.
Boshqa bir misol. Bu safar pech ishlab chiqarish uchun
mis tovar-moddiy zaxiralari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib
chiqamiz. Aytaylik, yil boshida Siz mis uchun 29,0 mln.
so‘m to‘ladingiz. Ammo bugungi kunga kelib, uning bozor
qiymati (bahosi) 60,0 mln. so‘mgacha ko‘tarildi. Navbatda-
gi ishlab chiqarish qarorini qabul qilishda ushbu ko‘rsat-
kichlarning qaysi biriga asoslanish to‘g‘ri bo‘ladi?
Bu holda
ham dastlabki narx (29,0 mln. so‘m) e’tiborga olinmaydi.
Bu paytga kelib Siz misni sotib yuborgan bo‘lishingiz mum-
kin. Yangi partiyani esa faqat 60,0 mln. so‘mga sotib olsan-
giz bo‘ladi. Shunday qilib, sotib olingan metallni ishlatar