T. S. Malikov moliya


Moliyaviy hisobotga tushuntirish (hisobotni izoh-



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliyaviy hisobotga tushuntirish (hisobotni izoh-
lash). 
Biror-bir korporatsiya o‘z moliyaviy hisobotini chop 
etar ekan, unga albatta tushuntirish xatini ilova qiladi. Bu 
tushuntirish xatida u qo‘llagan usullar va o‘zining moliyaviy 
ahvoli to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z ifodasini to-
padi. Ba’zida esa, bu tushuntirish xatida kompaniyaning 
haqiqiy moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar hisobotda-
giga nisbatan ko‘proq va kengroq bo‘ladi. Ularda odatda, 
quyi dagi ma’lumotlar keltiriladi:
1.
Kompaniyaning qanday hisob usullaridan foydalan
­
gani ko‘rsatiladi.
Modomiki, firmalarga ba’zi xarajat turlari
249
bo‘yicha hisobotlarni tuzishda ma’lum erkinlik berilgan 
ekan, u holda hisobotlarga ilova qilinadigan tushunti rishda 
ushbu usullardan qaysi biridan foydalanilgani ko‘rsatiladi. 
Bundan tashqari hisob standartlari doimo o‘zgarib turishga 
moyil ekan, kompaniya tushuntirish xatlarida hisobot yili-
dan oldingi yilning asosiy natijalari bo‘yicha yangi standart-
larga rioya qilgan holda hisob beradi. 
2. Ba’zi aktivlar va majburiyatlarga batafsil tavsif beri-
ladi. 
Tushuntirish xatida uzoq muddatli va qisqa muddat-
li qarzdorliklar, ijara haqi va shu kabi to‘lovlarni to‘lash 
shartlari va muddatlari batafsil bayon etiladi.
 
249
Masalan, ular eskirish hisoblashda chiziqli yoki tezlashtirilgan tar-
tibda hisoblash usulidan yoki tovar-moddiy boyliklarni baholash uchun 
quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: LIFO, FIFO va b.


204
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
3. Firma aksiyadorlik kapitali tuzilmasi to‘g‘risida ma’lu
­
mot. 
Tushuntirish xatida aksiyalarga egalik qilish shartlari 
bayon etiladi. Mazkur firma boshqa kompaniya tomonidan 
“yutib yuborilishi” xavfini baholashda mazkur ma’lumot 
ayniqsa, foydali hisoblanadi.
 
4. Asosiy operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar.
Agar 
kompaniya boshqa kompaniyani sotib oladigan bo‘lsa (yoki 
sotib olinsa), yoki unga oldin qo‘shilgan firmani ajratib 
chiqarsa (yoki o‘zi ajratilsa), uning moliyaviy ahvoli keskin 
o‘zgaradi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bunday 
operatsiya oqibatlari batafsil bayon etiladi.
5. 
Balansdan tashqari hisobvaraqlar. 
Tushuntirish xati-
da ko‘pincha firma imzolagan, lekin balansda aks ettirilma
-
gan, ammo kompaniyaning moliyaviy holatiga katta ta’sir 
ko‘rsatadigan moliyaviy shartnomalar bayon etiladi. Masa-
lan, hosilaviy instrumentlar bo‘yicha shartnomalar, xusu-
san forvard shartnomalar, svoplar va opsionlar ana shular 
jumlasidandir. Ular odatda, turli moliyaviy shartnomalar 
bo‘yicha risk darajasini kamaytirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin