T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
1. Amortizatsiya xarajat (ajratma)lari.
2. Olinishi kerak bo‘lgan (debitorlik) hisobvaraqlardagi 
summalarning o‘zgarishi.
3. To‘lanishi kerak bo‘lgan (kreditorlik) hisobvaraqlarda-
gi summalarning o‘zgarishi.
4. Tovar-moddiy boyliklar qiymatining o‘zgarishi.
Endi “XYZ”
 
korporatsiyasi hisobotining ushbu qismla-
rini batafsilroq o‘rganib chiqamiz.
Birinchidan, 20x1-bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari 
summasi 30,0 mln. so‘mni tashkil etdi va 20x1-yil bo‘yicha 
sof foyda hisoblab chiqilayotganda bu xarajatlar miqdori, 
garchi ular pul shaklida amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, 
kompaniya daromadlari summasidan chiqarib tashlan-
gan edi. Buning sababi shundaki, ekspluatatsiya jarayoni-
da amortizatsiya ajratmalari hisoblanadigan asosiy vosi-
talar (zavod binolari va asbob-uskunalar)ni sotib olishga 
ketgan pul mablag‘lari chiqimi ushbu aktivlar dastlab so-
tib olinganda hisobga olinadi. Ammo bunda amortizatsiya 
ajratmalari xarajat hisobla­nadi va firma ushbu bino va 
asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qiladigan keyingi yillarda 
shu xarajatlarni hisobga oladi. Demak, sof foyda ko‘rsat-
kichidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish faoliyatidan 
olingan tushum ko‘rsatkichini aniqlash (olish) uchun bi-
rinchi navbatda, birinchi songa amortizatsiya ajratmalarini 
qo‘shish kerak. 
Keyin, biz tahlil qilayotgan hisobotda 10,0 mln. so‘m 
miqdorida olinishi kerak bo‘lgan debitorlik qarzlari sum-
masining ortishi aks ettirilgan. Bu ko‘rsatkich yil davomida 
firma ko‘rgan foyda summasi va firma amalda xaridorlar
-
dan olgan pul miqdori o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Moli-
yaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan olingan ma’lumotlar-
ga ko‘ra “XYZ”
 
korporatsiyasi 20x1-yilda jami 200,0 mln. 
so‘m miqdorida tovar ishlab chiqarib, jo‘natgan va xizmat 
ko‘rsatgan hamda bu to‘lovlarni talab qilgan. Ammo amalda 
firma xaridorlardan faqat 190,0 mln. so‘m. olgan. Demak, 
sof foyda ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqarish faoliyatidan 
olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun birinchi 


Moliya
199
ko‘rsatkichdan 10,0 mln. so‘m (debitorlik qarzining ortishi)
ni ayirib tashlash kerak.
Bundan tashqari hisobotda tovar-moddiy zaxiralar qiy-
matining 30,0 mln. so‘m miqdorida ortgani qayd etilgan. Bu 
tovar-moddiy zaxiralarning yil oxiridagi qiymati shu davr-
ning yil boshidagi qiymatidan 30,0 mln. so‘mga ko‘p, dega-
nidir. Demak, xomashyo sotib olish va (yoki) tovar-mod-
diy zaxiralarga kiritilgan tovar ishlab chiqarishga 30,0 mln. 
so‘m sarflangan va bu xarajatlar sof foyda hisoblanayotgan
-
da inobatga olinmagan. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatki-
chi asosida operatsion faoliyatdan olingan tushum ko‘rsat-
kichiga ega bo‘lish uchun birinchi ko‘rsatkichdan 30,0 mln. 
so‘m (ya’ni, 20x1-yilda tovar-moddiy boyliklar qiymati oshi-
shi)ni ayirib tashlash kerak.
Hisobotning to‘rtinchi moddasi (bo‘limi)da to‘lanishi ker-
ak bo‘lgan summa (kreditorlik qarzi)ning 12,0 mln. so‘mga 
oshgani aks ettirilgan. Bu son “XYZ”
 
korporatsiyasining hi-
sobot yilida sotilgan tovarlari tannarxi (110,0 mln. so‘m) 
va unga mahsulot (mol) yetkazib beruvchilar va xodimlar-
ga to‘langan pul miqdori (hajmi) o‘rtasidagi farqni o‘zida 
mujassam etadi. Sof foyda hisoblanayotganda 110,0 mln. 
so‘m to‘liqligicha chiqarib tashlanadi. O‘z navbatida, ope-
ratsion faoliyatdan kelgan pul oqimlari hisoblanayotganda 
esa firma haqiqatda to‘lagan faqat 98,0 mln. so‘m chiqarib 
tashlanadi. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi asosida 
ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga 
ega bo‘lish uchun sof foyda summasiga 12,0 mln. so‘mni 
qo‘shish kerak. 
Shunday qilib

amin bo‘ldikki, ishlab chiqarish faoliyati-
dan olinadigan pul tushumlari ko‘rsatkichi bilan kompani-
yaning sof foydasi mos keladi, deb ta’kidlash uchun bizda 
hech bir asos yo‘q. Ularni bir-biriga moslashtirish uchun sof 
foydani, biz yuqorida muhokama etgan hisobotning to‘rtta 
moddasi (qismi)ni hisobga olgan holda to‘g‘rilash kerak. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash metodi” aso-
sida turli hisob yuritish standartlari qo‘llaniladigan turli 
mamlakatlarda o‘z sof foydasi yuzasidan hisobot beradi-


200

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin