T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

3.3-nazorat uchun savol
Agar korporatsiya 10,0 mln. so‘m miqdorida dividend 
to‘lamasdan, ushbu olingan sof foyda summasini biznesni 
rivojlantirishga yo‘naltirgan bo‘lganda “XYZ”
 
korporatsiyasi-
ning yil oxiriga tuzilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hi-
soboti qanday o‘zgargan bo‘lar edi?
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot. 
Pul oqimlari to‘g‘risi-
dagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari 
kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan shu bilan u kom-
paniyaning barcha daromadlari va xarajatlari aks ettiriladi-
gan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxona faoliyatining 
moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotiga o‘ziga xos tarzda 
yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha ekaniga ikkita asosiy 
sabab bor. Avvalo, unda butun e’tibor ma’lum vaqt ora-
lig‘ida firmaning pul resurslari hajmi qanday o‘zgarishiga 
qaratiladi. Hatto eng gullab-yashnayotgan kompaniya ham 
pul resurslar zaxirasi tugab, juda og‘ir moliyaviy ahvolda 
qolishi mumkin. Agar kompaniya boshqaruvchilari va bosh-
qa manfaatdor kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga 
diqqat bilan qarasalar, pul qanday qilib to‘planishi va sarf-
lanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari va kecha-
yotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholashlari mumkin. Masalan, 


196
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
k
o‘pincha, tez o‘sib kelayotgan va yuqori samarali firma
-
larga pul resurslari yetishmaydi. Demak, ularda o‘zlarining 
moliyaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq muammo-
lar kelib chiqishi mumkin.
Bundan tashqari pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daro-
mad va xarajatlarni faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hi-
sobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida baholashga yo‘l 
qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash 
usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki, 
unga ko‘ra har qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi, 
deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat ham – pulni sarflash hi
-
soblanmaydi
245
. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks 
ettirilgan sof foyda summasi, ko‘p jihatdan kompaniyada shu 
ko‘rsatkichni baholash uchun qabul qilingan yondashuvga 
masalan, tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullariga yoki 
firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya his
-
oblashning normativ (me’yoriy) muddatlariga bog‘liq.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda esa, unda ko‘rsatil-
gan ma’lumotlar firmada qabul qilingan hisob siyosatiga 
bog‘liq emas. Shunday qilib, ushbu ikki hisobot o‘rtasidagi 
farqni o‘rganar ekan, tahlilchi firmada qabul qilingan hisob 
siyosati firmaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga qay darajada 
ta’sir qilishini aniqlashi mumkin.
Buni 11.2.3­jadvalda keltirilgan “XYZ”
 
korporatsiyasi-
ning 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida 
ko‘rib chiqamiz.
11.2.3-jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hiso-
botda pul oqimlari uchta bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu 
bo‘limlar a) operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat, b) inves-
titsion faoliyat va v) moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul 
mablag‘lari kirimi va chiqimini ko‘rsatadi. Keling, endi 
shu uchta bo‘limning har birini batafsil o‘rganib chiqishga 
harakat qilaylik.
Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari eng avvalo, fir
-
ma o‘z mahsulotini sotishdan tushgan pul tushumini ham-
245
“Hisoblash usuli”da daromadlar va xarajatlar kelib tushgan yoki 
mablag‘ to‘langan sanadan qat’iy nazar yuzaga kelgan vaqtdagina aks et-
tiriladi. – Mualliflar eslatmasi.



Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin