T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
11.2.1-jadval
Yillarning 31-dekabr holatiga “XYZ”

korporatsiyasi balansi
(mln so‘mda)
Aktivlar
20x0 
20x1 
O‘zgarish
Aylanma (joriy) aktivlar
Pul mablag‘lari va bozor (qisqa 
muddatli) qimmatli qog‘ozlari 
100,0
120,0
20,0
Debitorlik qarzlari
50,0
60,0
10,0
Tovar-moddiy zaxiralar
150,0
180,0
30,0
Jami aylanma aktivlar
300,0
360,0
60,0
Asosiy vositalar
400,0
490,0
90,0
Hisoblangan eskirish
100,0
130,0
30,0
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati 
300,0
360,0
60,0
Jami aktivlar
600,0
710,0
120,0
Majburiyatlar va xususiy kapital
Qisqa muddatli majburiyatlar
Kreditorlik qarzlari
60,0
72,0
12,0
Banklarning qisqa muddatli 
kreditlari 
90,0
184,6
94,6
Jami qisqa muddatli 
majburiyatlar 
150,0
256,6
106,6
Uzoq muddatli majburiyatlar 
(to‘lash muddati 20x7-yilga 
belgilangan 
8%
li obligatsiyalar)
150,0
150,0
0,0
Aksiyadorlik kapitali (muomaladagi 
1 mln. aksiya)
300,0
313,4
13,4
Kapitalning to‘langan qismi
200,0
200,0
0,0
Taqsimlanmagan daromad
100,0
113,4
13,4
Ma’lumot uchun:
Oddiy aksiyalarning bozor kursi, 
so‘mda 
200,0 
187,2
-12,8
Balansning birinchi qismida firma aktivlari, uning joriy 
aktivlaridan (aylanma mablag‘lar, aylanma aktivlar) bosh-
lab balansning qolgan barcha moddalari, ya’ni kompani-
yaning pul mablag‘lari va balansning yil davomida pulga 
aylantirish mo‘ljallangan boshqa moddalari summasi sanab 
o‘tilgan. Bizning misolda kompaniya pullari (kassa va bank 
hisob-kitob raqamidagi) va qisqa muddatli (ya’ni, oson soti-


Moliya
191
ladigan) qimmatli qog‘ozlari 100,0 mln. so‘mga baholangan 
(qiymatiga ega). Boshqa aylanma aktivlar debitorlik qarzlari 
50,0 mln. so‘mdan (ya’ni, “XYZ”
 
mahsuloti xaridorlari kor-
poratsiyaga to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘lar) hamda 150,0 
mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklardan iborat mablag‘lardan 
tashkil topgan. Tovar-moddiy boyliklar zaxirasi ko‘rsatkichi, 
o‘z navbatida, xomashyo, tugatilmagan ishlab chiqa rish va 
tayyor mahsulotlar qiymati (bahosi)ni o‘z ichiga oladi.
Keyingi o‘rinda aylanma bo‘lmagan aktivlar, ya’ni kom-
paniyaning asosiy vositalari keladi. Bu guruhga, shuning-
dek, yer, zavod binolari va asbob-uskunalari kabi modda 
(qism)lar kiradi
244
. Biz tahlil qilayotgan balansga ko‘ra bino 
va asbob-uskunalarning amortizatsiyani chegirib tashlagan-
dagi qiymati 300,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, 
korporatsiyaning jami aktivlari 600,0 mln. so‘mga teng.
Bundan keyin balansda “XYZ”
 
korporatsiyasining maj-
buriyatlari aks ettiriladi. To‘lovini bir yil ichida amalga oshi-
rishi kerak bo‘lgan majburiyatlar qisqa muddatli majburi-
yatlar, deb ataladi. Ba’zida ularni qisqa muddatli qarz, deb 
atashadi. “XYZ”
 
korporatsiyasi uchun bu ko‘rsatkich to‘la-
nishi kerak bo‘lgan hisoblar (ya’ni, korporatsiya o‘z mah-
sulot (mol) yetkazib beruvchilariga to‘lashi kerak bo‘lgan 
summa – 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarz-
lari, deb ataladi) va kompaniyaning qisqa muddatli kredit-
lar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. so‘m) summasidan iborat.
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rta-
sidagi farq sof aylanma kapital deb ataladi. Balansda bu 
ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi. Ammo uni hisoblash 
juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 20x0 yil 
oxiriga 150,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz 
joriy aktivlar ko‘rsatkichidan (300,0 mln. so‘m) joriy maj-
buriyatlarni (150,0 mln. so‘m) ayirdik.
So‘ng “XYZ” korporatsiyasi
 
balansining majburiyatlar 
guruhida uzoq muddatli qarzlar yoki uzoq muddatli maj-
244
Mamlakatimizda qabul qilingan hisobot shakllarida dastlab uzoq 
muddatli, keyin esa joriy aktivlar keltiriladi.


192

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin