T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
buriyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal qiymati 150,0 mln. 
so‘m va to‘lash muddati 20x7-yil deb belgilangan obligatsi-
yalardir. Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korporatsiya belgi-
langan yillik 8% stavkasini to‘laydi. Bu degani “XYZ” korpo
-
ratsiyasining
 
obligatsiyalarga doir foizlarni to‘lash bo‘yicha 
har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, demakdir. 
Bu xarajatlar “XYZ”
 
korporatsiyasi faoliyatining moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi. 
Korporatsiya balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan 
ma’lumot-larning eng oxirgi kategoriyasi uning xususiy (ak-
siyadorlik) kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning to‘langan qis-
mi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish 
natijasida olingan summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. 
Kompaniya biznesini rivojlantirishga yo‘naltirilgan taqsim-
lanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni olingan foyda-
ning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan. 
Endi 20x0 31­dekabrdan 20x1 yil 31­dekabrgacha “XYZ”
 
korporatsiyasi balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib 
chiqamiz. 11.2.1-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turib-
diki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga oshgan. 
Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha 
qarzdorlik ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli 
qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6 mln. so‘mga oshgan bo‘lsa, 
uzoq muddatli qarz majburiyatlari summasi oldingidek, ya’ni 
150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida ak-
siyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni kompaniya 
biznesni rivojlantirish uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof 
foyda summasiga teng miqdorda ortgan. Bu davrda yangi 
aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun kapitalning to‘lan-
gan qismi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan. 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin