T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
gan tovarlarni ishlab chiqarish jarayonida ketgan xarajatlari 
bo‘lib, ular, asosan, materiallar sotib olishga ketgan xara-
jatlar, ishchi-xodimlarga to‘langan mehnat haqi va bosh-
qa shunga o‘xshash xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Sotishdan 
olingan (ko‘rilgan) daromad va sotilgan mahsulot tannarxi 
o‘rtasidagi farq yalpi foyda, deb ataladi. Yuqoridagi jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, “XYZ” korporatsiyasining bu 
ko‘rsatkichi 20x1 yilda 90,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Keyingi xarajatlar kategoriyasida umumiy, ma’muriy va 
mahsulot sotishga ketgan xarajatlar (GS&A) (davr xarajat-
lari) aks ettirilgan. Bu yerda firmaning boshqaruv xarajat
-
lari (masalan, menejerlarning mehnat haqi), shuningdek
marketing va hisobot yilida kompaniya ishlab chiqargan 
tovarlarni sotish bo‘yicha xarajatlar inobatga olingan. Yalpi 
foyda va GS&A xarajatlari o‘rtasidagi farq operatsion foyda 
yoki asosiy, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda, deb 
yuritiladi. “XYZ”
 
korporatsiyasining ma’muriy chiqimlari 
va mahsulot sotishga ketgan xarajatlari (GS&A) 20x1-yilda 
30,0 mln. so‘mni tashkil etgan ekan, uning ishlab chiqarish 
foydasi 60,0 mln. so‘mga tengdir.
Uchinchi xarajatlar kategoriyasiga “XYZ”
 
korporatsiya-
sining qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga ket-
gan xarajatlari kiradi va bu xarajatlar o‘rganilayotgan davr 
oxi rida 21,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Ularni ishlab chiqa-
rish foydasi summasidan ayirib, soliqqa tortiladigan foyda 
summasini olamiz. Bu 39,0 mln. so‘mga tengdir.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning to‘rtinchi, oxir-
gi kategoriyasida korporatsiya tomonidan to‘langan soliq sum-
malari aks ettirilgan. 20x1­yilda “XYZ”
 
korporatsiyasi soliqqa 
tortiladigan foyda summasidan o‘rtacha 40% miqdorida soliq 
to‘lagan. Shunga muvofiq ravishda korporatsiya foydasidan 
olingan soliqning summasi 15,6 mln. so‘mga teng bo‘lgan. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, “XYZ”
 
korporatsiyasining soliqlar 
to‘langanidan keyingi sof foydasi 23,4 mln. so‘mni tashkil et-
gan. Demak, korporatsiyaning 1 mln. aksiyasi muomalada 
(ya’ni, aksiyadorlar qo‘lida) bo‘lgan ekan, uning bitta aksiyasi-
ga hisoblangan sof foyda 23,40 so‘mga tengdir.


Moliya
195
Biz tahlil qilayotgan hisobotda, shuningdek, 20x1-yilda 
korporatsiya aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shak-
lida umumiy miqdorda 10,0 mln. so‘m to‘langani ko‘rsatil-
gan. Demak, bu to‘lovlardan keyin sof foyda summasidan 
qolgan 13,4 mln. so‘m firma tomonidan o‘z biznesini rivo
-
jlantirishga yo‘naltirilgan. E’tibor bering: bu summa, ya’ni 
13,4 mln. so‘m korporatsiya balansida 20x1-yilning oxirida 
aksiyadorlik kapitalining o‘sgan ko‘rsatkichi sifatida aks et-
tiriladi. Yana shunga alohida e’tibor berish kerakki, sof foy-
da va firma hisobvarag‘iga kelib tushayotgan pullar bu bitta 
narsa emas. Shuning uchun bu oxirgi raqam (13,4 mln. 
so‘m) firmaning pul balansiga qo‘shilmaydi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin