Birinchidan, ma’lum moliyaviy prinsiplar va qonunlarni
bilish shaxsiy mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini bera-
di. Shunday ekan, kim bunday imkoniyatlarga ega bo‘lishni
istamaydi, deysiz?! Siz biror-bir moliyaviy bilimsiz yashay
olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo odam moliya sohasi-
da butkul omi (savodsiz) bo‘lsa, boshqalarga to‘liq qaram
bo‘lib qoladi
48
. Yoki Siz bunga ishonmaysizmi? Bir aqidani
eslang-a?: “Axmoq puli bilan tez xayrlashadi!”. Bu bekordan
bekorga aytilgan emas. Bu ham hayot sinovlaridan muvaf-
faqiyatli o‘tgan aksioma. U isbot talab qilmaydi. Va aksincha,
“Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva”, “Vaqt – bu pul”
49
degan ma-
qollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan
kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayaptimi?!
Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”
50
, deb ham bejiz-
ga aytilmayapti-ku?! Bunday sharoitda pulingiz bilan tezda
xayrlashadigan ahvolda bo‘lsangiz, unda nima qildik?
Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada
maslahat so‘rab murojaat qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-
tez bo‘lib turadi
51
. Bugungi kunda ko‘plab xususiy masla-
ha
tchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va
sug‘urta broker
52
lari, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozla-
48
Bunday ahvolga tushib qolishni sira istamasligimiz mutlaqo aniq!
49
Buning aynan shunday ekanligini to‘liq his etishga qodirmisiz?
Unda, shunga mos ravishda qarorlar qabul qilingchi, ahvolingizda qanday
o‘zgarishlar sodir bo‘lar ekan?
50
Bunga bir necha original yoki kishini hayratga soladigan misollar
keltira olasizmi?
51
Bu masalada mamlakatimizdagi holatga qanday baho berasiz? O‘zin-
giz biror marta moliyaviy maslahatchiga murojaat qilganmisiz? Natijasi
qanday bo‘lgan?
52
“Broker” inglizcha “broker” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida
“o‘rtada turib vositachilik qiluvchi, dallol, ma’nolarini anglatadi. U tovar,
valyuta, savdo birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik (dal-
lollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma bo‘lishi mumkin. Qarang: o‘sha
manba. J.I. – B. 357.