T.S.Malikov, N.H.Haydarov
rini sotuvchi kompaniya xodimlari va ko‘plab shu kabi
shaxs
lar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha
bunday maslahatlar bepul beriladi, chunki yordam so‘rab
murojaat qilgan mutaxassis yaqin kunlar (kelajak)da kom-
paniyaning yoki tegishli mutaxassisning potensial
53
(salohi-
yatli) mijozi(ga) bo‘lishi (aylanishi) mumkin. Ammo olingan
maslahatning sifatini qanday baholasa bo‘ladi? Sizni chuv
tushirib ketishmadimikan? Balki, “oltin tog‘” va’da qilinib,
qo‘yningiz puch yong‘oqqa to‘ldirilgandir? Zamonaviy moli-
ya ni chuqur o‘rganibgina shunday obyektiv baholash
uchun zarur asosiy me’zonlar bilan tanishish mumkin.
Misol: Siz o‘zingiz uchun “Moliyaviy maslahatchi
ning
maslahati kerakmi?”, degan savolga javob topmoqchi-
siz. Buning uchun quyidagi
foydali maslahatlar
dan ogoh
bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmas yoki ayni muddao!
Faraz qilaylik, Siz 50,0 mln. so‘mlik moliyaviy aktivlar
portfel
54
i (shu jumladan, pensiya (nafaqa) hisob varaqlari)
ga, uy-joy, oddiy qarz majburiyatlari va aksiyalar opsion
55
i-
ga egasiz. Vaqti kelib Siz bugungi kunda kapital qo‘yil-
53
“Potensial” lotincha “potentia” so‘zidan kelib chiqqan va u «salohiyat,
kuch, quvvat» deb tarjima qilinadi va quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mum-
kin: a) biron-bir jihatdan imkoniyatlar, kuch-qudrat darajasi; foydalanilishi
mumkin bo‘lgan vositalar, imkoniyatlar majmui; b) foydalanilishi mumkin
bo‘lgan, ammo ro‘yobga chiqmagan. Qarang: o‘sha manba. J. III. – B. 301.
54
“Portfel” fransuzcha “portefeuille” so‘zidan olingan bo‘lib, a) kitob,
daf tar, hujjat kabilar solib olib yuriladigan dastali va qopqoqli maxsus
sumka; b) nashriyotlarda, gazeta, jurnal tahririyatlarida navbatdagi nashr
uchun to‘plangan qo‘lyozma materiallar majmuyi ma’nolarida ishlatila-
di. Qarang: o‘sha manba. J. III. –B. 299. Shu munosabat bilan bu yerda
“portfel” so‘zi, ko‘chma ma’noda bo‘lsa-da, shunga yaqin ma’noni anlatib,
uni “moliyaviy aktivlar majmuini o‘zida mujassam etuvchi maxsus sum-
ka” sifatida talqin qilish mumkin.
55
O‘zbek tilida ishlatilishi mumkin bo‘lgan “opsion” so‘zi nemischa “op-
tion”, lotincha “optionis” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “tanlash, istak”ni
bildiradi. U quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mumkin: a) shartnoma shart-
lariga ko‘ra tomonlardan biriga majburiyatlarni bajarish yo‘li, shakli, hajmi,
texnikasini tanlab olish uchun berilgan huquq; b) sotuvchi yoki xaridorga
qimmatli qog‘ozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan
narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma. Qarang:
o‘sha manba. J. III. – B. 131.
Moliya
29
malaringiz qanchalik oqilona ekanini, pensiya (nafaqa)
jamg‘armangiz yetarlimi yoki yo‘qmi va o‘z investitsiya
56
lar-
ingizning samaradorligini oshirish uchun yana qanday
choralar ko‘rish (masalan, uzoq muddatli sug‘urta polis
57
i
olis h yoki o‘z hayotingizni sug‘urta qilish) kerakligini bilish-
ni istadingiz
58
. Xullas, bir qancha reklama broshyuralarini
o‘qib, katta tajribaga ega mutaxassisni tanladingiz. Muta-
xas sis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim
etdi. U yaxshi inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy
maslahat-chilarning aksariyati (ko‘pchiligi) – yoki broker-
lar, yoki sug‘urta agent
59
lari bo‘ladi. Ularning vazifasi Sizni
o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘nalishini o‘zgartirishga
ishontirishdan iborat (axir, ana shuning evaziga ular daro-
mad oladilar-da!). Bundan tashqari ba’zi maslahatchilar o‘z
56
“Investitsiya” nemischa “investition” va lotincha “investire” so‘zlari-
dan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “kiyintirmoq, sarpo bermoq” deb tarjima
qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan “mamlakat ichkarisida yoki chet
elda, foyda ko‘rish maqsadida, biror korxonaga, iqtisodiyotning muayyan
tarmog‘iga kapital qo‘yish, kiritish va shunday kapitalning o‘zi” ma’nosida
ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 206.
57
“Polis” frantsuzcha “police” va italyancha “polizza” so‘zlaridan olingan
bo‘lib, uning so‘zma-so‘z tarjimasi “tilxat”yoki “patta” bo‘lsa-da, o‘zbek tili-
da “sug‘urta jamiyati tomonidan sug‘urta qilingan shaxs yoki muassasaga
beriladigan va sug‘urta shartnomasi va uning shartlarini tasdiqlaydigan
guvohnoma” ma’nosida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. III. –B.292.
58
Afsuski, shu kecha-kunduzda, bizning sharoitimizda bu muammo-
lar unchalik dolzarb ahamiyat kasb etmayotgandek tuyuladi. Chunki ba’zi
bir sabablarga ko‘ra masalaning bu jihatlariga unchalik e’tibor bermasdan,
hamon xotirjam yashayapmiz. Boshqa tashvishlar bilan ovvoramiz. Bunday
holat yana biroz davom etishi ham mumkin. Biroq bozor iqtisodiyotining
qonunlari – o‘ta shafqatsiz. Bugun bo‘lmasa albatta, ertaga ular o‘z kuchi-
ni ko‘rsatadi: Siz bilan bizni yuqoridagi masalalar ustida bosh qotirishimiz-
ga majbur etadi. Ulardan o‘zimizni ayro holda tasavvur etishimiz mumkin
emasligiga ishontiradi. Shu bois, o‘z taqdiriga, kelajagiga befarq bo‘lmagan
har bir fuqaro bu muammolarni oqilona hal etishga intilishi turgan gap.
59
Bu so‘z ona tilimizga lotin (“agens, agentis”) tilidan kirib kelgan. U
so‘zma-so‘z “harakatdagi” yoki “ish yurituvchi” ma’nolarida tarjima qilina-
di. Eng umumiy ko‘rinishda, jumladan, “tashkilot, muassasa va shu
kabilarning ma’lum vazifalarni bajarish uchun tayinlangan vakili” maz-
munida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. I. – B. 36.
|