T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
– muayyan takliflarni ko‘rib chiqqan va rejalashtirilgan 
vazifa-larning qaysi biri muhimroq ekanini aniqlagan holda 
sexlar va boshqa bo‘linmalar boshliqlari tomonidan taktik 
reja va smetalar qayta ko‘rib chiqilishi;
– sexlar va boshqa bo‘linmalar boshliqlari o‘zlarining 
qo‘l ostidagilari bilan asosiy strategik vazifalarni ko‘rib chi-
qishlari.
11. Faraz qilaylik, muzqaymoqlar chakana savdosi-
ga ixtisoslashgan “E” kompaniyasining haqiqiy moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisoboti va 20x8-yilga balansi ham-
da 20x9-yilga moliyaviy hisobotlarning dastlabki shakllari 
quyi dagi ko‘rinishga ega (mln so‘mda):
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot
20x8-y.
20x9-y.
Foizlar va soliqlarni to‘lashdan oldingi foyda 
(EBIT)
100
Foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar
25
Soliqqa tortiladigan foyda
75
Sof foyda (33,0% miqdorida soliqlarni 
to‘lagandan keyin)
50
Dividendlar
20
Taqsimlanmagan foyda summasining o‘zgarishi
30
Balans
Aktivlar
800
1000
Majburiyatlar
Kreditorlik qarzlari
80
100
Uzoq muddatli majburiyatlar
300
450
Aksiyadorlik kapitali 
420
450
Foizlarni to‘lash bo‘yicha 25,0 mln. so‘m miqdorida 
prognoz qilingan xarajatlar 20x8-yil oxiriga 300,0 mln. 
so‘m miqdorida qolgan qarzga yozilgan 8,33% miqdorida 
foiz stavkasini inobatga olgan holda belgilangan. Firman-
ing qarzi 300,0 mln. so‘mdan 450,0 mln. so‘mgacha orta-
di. Chunki yetishmaydigan moliyaviy mablag‘larni qoplash 
uchun firma tashqi manbalardan quyidagi nisbatda mab
-
lag‘ olgan:


Moliya
257
Qo‘shimcha moliyalashtirish summasi
=
Aktivlar 
ortishi

Taqsimlanmagan 
foydaning ortishi

Kreditorlik qarzlari 
summasi ortishi
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib quyidagi savol-
larga javob bering:
a) agar firma tashqi manbalardan olinadigan qo‘shim
-
cha moliyalashtirishga kelajakda yuzaga keladigan ehti-
yojlarini aniqlash uchun Siz tuzgan prognozlardan foyda-
lansa, firma uchun qanday muammolar tug‘ilishi mum
-
kin? Kompaniyaning moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan ehtiyojini 
qoplashga sarflanadigan qarz summasini firma mazkur hi
-
sobotlarda ko‘zda tutilgandek 20x9-yilning oxirida emas, 
balki boshida olish taxmin qilinadi.
b) nima deb o‘ylaysiz, ushbu muammo qanchalik jiddiy 
bo‘lishi mumkin? Javobingizni tushuntirib bering.
12. Faraz qilaylik, 20x9­yilda firmaning sof foydasi 20,0 
mln. so‘mni tashkil etadi, 20x8-yil oxiriga jami aktivlar esa 
450,0 mln. so‘mga teng edi. Yana faraz qilamiz, firma qa
-
rzning kapitalga nisbati koeffitsiyentini 0,8 miqdorida ush
-
lab turishi kerak va kompaniya menejerlariga qo‘shimcha 
qarz olish va muomalaga yangi aksiyalar chiqarish ruxsat 
etilmagan. Bunday vaziyatda:
a) firmaning maksimal barqaror o‘sish koeffitsiyenti 
qan day bo‘ladi?
b) agar firma dividend tariqasida o‘z sof foydasidan 6,0 
mln. so‘m to‘lasa va bu nisbatni kelajakda saqlab qolishni 
rejalashtirgan bo‘lsa, firmaning maksimal barqaror o‘sish 
koeffitsiyenti qanday bo‘ladi?
v) agar sof foyda summasidan (20,0 mln. so‘m) 12,0 
mln. so‘mni o‘z muomaladagi aksiyalarining bir qismini so-
tib olishga sarflasa, firmaning maksimal barqaror o‘sish 
koeffitsiyenti qanday bo‘ladi?
g) agar yuqoridagi ikkita bandda bayon etilgan opera-
tsiyalarni barobar bajarsa, firmaning maksimal barqaror 
o‘sish koeffitsiyenti qanday bo‘ladi?


258

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin