Moliya
259
kasi) orqali to‘lovni amalga oshirayotganda chegirmalardan
foydalanishi yoki kompaniya tomonidan ochilgan kredit
bo‘yicha to‘lovlarni bir yilgacha amalga oshirishi sharti bi-
lan to‘lov muddatini uzaytirishi mumkin edi. Pullar bahosi
(qiymati)ning vaqt davomida o‘zgarishini hisobga olmasak,
pul mablag‘lari aylanishi sikli davomiyligini boshqarishning
asosiy prinsiplarini esda
tutgan holda, quyidagi savollarga
javob bering: (1) Nima uchun bu kompaniyalar chegirmalar
taklif etdilar? (2) Agar mijoz pul shaklidagi to‘lovlarni bir
yilga cho‘zishni tanlasa, kompaniyalar nima sababdan rozi
bo‘lmasliklari mumkin? Kompaniya to‘lov muddatini uzay-
tirganda qanday risk bilan to‘qnashadi-yu
va nima sabab-
dan chegirma berganda bunday risk bilan to‘qnashmaydi?
d) Sizning fikringizcha firma o‘z aylanma kapitali o‘zga
-
rishini kuzatishi va potensial muammolarni hal qilishi
mumkin bo‘lgan chastotani bo‘lajak sotuvlar hajmiga tuza-
tish kiritish va qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyojni
aniqlash chastotasi bilan solishtiring.
e) O‘z aylanma kapitali bilan bog‘liq vaziyatni doim va
aniq kuzatib keladigan firma
qanday muammolardan xoli
bo‘lishi mumkin?
14. Quyidagi aktivlar va majburiyatlar o‘z egalarining
balanslarida qanday aks ettiriladi?
a) lotereya biletlari;
b) xit qo‘shiq;
v) muvaffaqiyatsizlikka uchragan film?
15. Shaxsiy moliya(viy mablag‘lar) buxgalteriya hisobi
Quyidagi hodisa va operatsiyalar Sizning
shaxsiy daro-
madlaringiz va xarajatlaringiz to‘g‘risidagi hisobotda, ba-
lansda va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda qanday aks
ettirilishi kerakligini ko‘rsating:
a) 20xx-yilning 1-iyul kuni institutni tugatishingiz mu-
nosabati bilan Siz 20,0 mln. so‘m miqdorida sovg‘a oldingiz
va talabalik qarzingiz uchun 10,0 mln. so‘m to‘ladingiz;
b) 20xx-yilning 1-avgustida siz “Yo”
korporatsiyasiga
moliyaviy masalalar bo‘yicha kichik maslahatchi lavozimiga