T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

To‘rtinchidan, 
moliya tizimi tub asoslari mohiyati-
ni tushunish asoslangan fuqarolik qarorlari qabul qilish 
uchun zarur. Moliya tizimi iqtisodiy hayoti bozor munosa-
batlariga asoslangan har qanday jamiyat infratuzilmasining 
eng muhim qismi hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra 
moliya institutlari ishini to‘g‘ri tashkil etish mamlakatning 
iqtisodiy o‘sishi va taraqqiyoti uchun puxta zamin yaratadi. 
Biz fuqaro sifatida ko‘pincha, siyosiy qarorlar qabul qili-
shimizga to‘g‘ri keladi. Bu qarorlar oxir-oqibat mamlakat 
moliyaviy tizimi ishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, de-
pozit
69
larning hukumat tomonidan sug‘urtalanishiga qar-
shi chiqayotgan yoki fond bozoridagi bitimlar ustidan qat’iy 
nazorat o‘rnatishga chaqirayotgan siyosatchiga ovoz berish 
to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar shunday qilinsa, buning oqibati ni-
malarga olib kelishi mumkin?
Beshinchidan,
ko‘pchilik shunchaki o‘z bilim doirasini 
kengaytirish uchun ham zamonaviy moliyani o‘rganadi va 
shunga qiziqadi. Zamonaviy moliya qonuniyatlarini bilish 
dunyoqarashni kengaytiradi va tashqi dunyo qaysi qonuni-
yatlarga asosan rivojlanayotganini bilishga yordam beradi. 
Moliya sohasidagi ilmiy izlanishlar uzoq tarixga ega. A. 
Smitning 1776­yilda chop etilgan “Xalqlar boyligi tabiati va 
sabablari borasida tadqiqotlar” kitobini ko‘pchilik iqtisod 
68
Bunga hayotdan bir necha misollar keltira olasizmi?
69
Bu so‘z lotincha “deposium” so‘zidan olingan bo‘lib, ona tilimizda 
“saqlashga qo‘yilgan buyum, omonat” deb tarjima qilinadi va asosan, “kre-
dit muassasalari (banklar va h.k.lar)ga saqlash va foydalanish uchun va-
qtincha qo‘yilgan pul yoki qimmatli qog‘ozlar” ma’nosini anglatadi. Qarang: 
o‘sha manba. J. I. – B. 598.


34

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin