9
xarakteristikalari va ish holatlariga nisbatan ma’lum cheklovlarni
vujudga keltiradi.
Energetika sistemasini boshqarish faqat uning biosferaga ta’sirini
emas, balki yoqilg‘i bilan ta’minlash sistemasining sotsial funksiyalari,
sanoat, transport va boshqa faktorlarning ham ta’sirini e’tiborga olib
amalga oshiriladi.
Energetika atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi
manbalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, uning ta’sirini
kamaytirish
texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bugungi kunda ushbu soha
olim va mutaxassislari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir.
Dostları ilə paylaş: