T sh. Gayibov, H. F. Shamsutdinov, B. M. Pulatov elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish



Yüklə 410,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix24.03.2022
ölçüsü410,76 Kb.
#54089
1   2   3   4   5
xrpt ssigt82vke06vn7yj8y0x06azfm7e0oxrz4avux8zx4jaz8kvvkivfjjlxgpvvddj8d7r25fmxo

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

6

1.  JAMIYATNING ILMIY-TEXNIKAVIY TARAQQIYOTIDA 



ENERGETIKANING ROLI 

 

1.1. Jamiyat taraqqiyotida energiyadan foydalanishning ahamiyati 

 

Insoniyat jamiyati va uning yutuqlari taraqqiyoti bevosita ishlab 



chiqarish darajasi va kishilar hayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni 

yaratish bilan bog‘liqdir. Ilmiy-texnikaviy va sotsial taraqqiyot odatda 

iste’mol qilinuvchi energiyaning ortishi, energiyaning yangi  yanada 

samarali turlaridan foydalanishni o‘zlashtirish bilan bir vaqtda amalga 

oshadi. 

 

Hozirgi zamon mashinalarida iste’mol qilinuvchi energiya juda 



ko‘p miqdorni tashkil etadi. Buni quyidagi taqqoslash asosida ifodalash 

mumkin. Jahonning barcha ishga yaroqli aholisi bir yil davomida har 

sutkada 8 soat to‘liq fizik kuch bilan ishlagan taqdirda ham hozirgi 

zamon issiqlik va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariluvchi 

energiyaning yuzdan biri miqdoridagi energiyani ishlab chiqara olmaydi. 

Energiyani iste’mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasini 

o‘sishini ta’minlagani holda oshib boradi. 

  Iqtisodiy taraqqiyotni fizik va mukammal avtomatik 

boshqariluvchi mashinalar asosida faqat iste’mol qilinuvchi energiyani 

va ishlab chiqarish darajasini oshirish orqaligina tezlashtirish mumkin. 

 

Energiyaga ehtiyoj uzluksiz ravishda ortib bordi. Bu o‘z navbatida 



yangi energiya resurslarini qidirib topish, energiyani bir turdan boshqa 

turga o‘zgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish zaruratini yaratdi. 

Hozirgi davrda turli xil energiyalardan – Quyosh energiyasi, organik 

yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar 

suvlarining mexanik energiyasi, shamol energiyasi, og‘ir yadrolarning 

parchalanishida hosil bo‘luvchi yadro energiyasidan foydalanish 

an’anaviy hisoblanadi. 1.1- rasmda XIX asrning so‘nggi 20 yili va XX 

asr davomida jahon miqyosida insoniyat faoliyatining turli jabhalarida 

energiya resurslaridan foydalanishning dinamikasi tasvirlangan. Undan 

barcha turdagi energiya resurslaridan foydalanish intensiv ortib 

borganligini kuzatamiz. Bunda ko‘mirdan foydalanishning nisbiy o‘sib 

borishi yildan-yilga nisbatan bir tekis bo‘lib, XX asrning oxirida 

umumiy foydalanilgan energiya resurslarining taxminan 30% qismini 

tashkil etsa, gaz va neftdan foydalanishning nisbiy o‘sishi keskin ortib 

borganligini ko‘ramiz. Buning asosiy sababi ularni masofaga uzatish va 

ishlatishning kam xarajatlarni talab etishidir. 




 

7

 



1.1- rasm. Jahon miqyosida energiya resurlaridan foydalanish 

dinamikasi. 

 

 

 



So‘nggi ikki asr davomida yer yuzida aholi soni va energiyaga 

bo‘lgan talab shiddat bilan ortib bordi. Bunda yer kurrasining aholisi olti 

marta, energiyaga bo‘lgan talab esa, aholi jon boshiga besh marta o‘sdi. 

1.2-rasmda XIX asrning oxiri va XX asr davomida jahon miqyosida  

birlamchi energiya iste’moli uning aholi jon boshiga to‘g‘ri miqdorining 

o‘zgarishi tasvirlangan. 

 

 

 



1.2- rasm. Jahon miqyosida birlamchi energiya iste’moli va uning aholi 

jon boshiga to‘g‘ri kelish miqdorining o‘zgarishi. 




 

8

 



Energiyaga bo‘lgan talabning bunday tarzda intensiv o‘sib borishi 

yangi energiya resurslarining yangi zaxiralarini qidirib topish, ulardan 

samarali foydalanish, muqobil energiya manbalarini aniqlash kabi 

vazifalarni bajarishni taqozo etadi. 

  Hozirgi davrda yer kurrasida mavjud barcha energiya 

resurslarining potensiali shartli yoqilg‘i birligida quyidagi miqdorlarda 

baholangan (t.sh.yo.): 

 

– organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi – 1,77*10



13

 



– yadro energiyasi – 0,67*10

14



 

– termoyadro energiyasi – 1,22*10

17



 



– geotermal energiya – 1,0*10

14



 

– quyoshning yer kurrasiga tushuvchi energiyasi – 0,82*10

14



 



– daryolarning energiyasi (bir yillik) – 0,4*10

10



 

– shamol energiyasi (bir yillik) – 2,1*10

11



 



– o‘rmonlarning bioenergiyasi (bir yillik) – 0,5*10

10



 

– oqim energiyasi (bir yillik) – 0,86*10

14



Elektr va issiqlik energiyalarini ishlab chiqaruvchi energetika 



tizimi o‘z taraqqiyoti jarayonida boshqa bir qator tizimlarning ta’sirida 

bo‘ladi va aksincha, ularga ta’sir etadi  (1.3-rasm).  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

1.3-rasm. Energetika tizimining boshqa tizimlar bilan bog‘liqlik 



sxemasi. 


Yüklə 410,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin