II.
|
KONSTRUKTIV QISM.
|
|
2.1.
|
Qator orolariga ishlov berish uchun rototsion frezali ishchi organni birlashgan sxemasi asoslash.
|
|
2.2
|
Rototsion frezali ishchi organ parametrlarini asoslash.
|
|
2.3
|
Har tomonlama yo’nalgan sferik pichoqli diskli ishchi qismlarni konstruktiv va texnologik asoslari.
|
|
2.4
|
O’qyoysimon panja parametrlarini hisoblash.
|
|
III
|
IQTISODIY QISM.
|
|
3.1
|
Ratatsion frezali ogregatning iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash va taqqoslash.
|
|
IV
|
XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIK QISM
|
|
4.1
|
Mehnat xavfsizligini ta’minlash asoslari.
|
|
4.2
|
Tuproqqa ishlov beradigan mashinalarda ishlashda xavfsizlik choralari.
|
|
|
Xulosa.
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
|
|
|
Ilovalar.
|
|
Kirish.
Hozirgi kunda fermer xo'jaliklari va umuman, qishloq xo'jaligi sohasi davlatimiz tomonidan har tomonlama qo'llab-quvvatlanib, ularga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Qishloq xo'jaligida samaradorlikning yuqori bo'lishi ko'p jihatdan sohaning zamonaviy texnikalar bilan ta‘minlash, ulardan samarali foydalanish darajasiga bog'liq. Texnikalardan foydalanishda ularning foydalanish ko'rsatgichlarini yaxshilash hisobiga ish unumini oshirishning eng zamonaviy usullarini qo'llash va bajariladigan ishlarning tashkil etishning yangi tartib-qoidalarini ishlab chiqarishga joriy qilinishi talab etiladi [ 1 ].
Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 - yillarga mo’ljallangan strategiyasida “Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida” gi strategiyasi.
Respublikamizning turli hududlari va tuproq-iqlim sharoitlari uchun mos zamonaviy texnikalarni ishlab chiqarish, tanlash va ulardan samarali foydalanish hamda malakali servis xizmatlarini ko'rsatishni tashkil etish bo'yicha tayyorlanadigan oliy ma‘lumotli mutaxassislarning nazariy bilimlari va amaliy ko'nikmalarini oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi [ 2 ].
Jahonda har yili 13387,0 mln. gektar maydonda qishloq xо‘jalik ekinlari yetishtirilib, shundan sug‘oriladigan 271,4 mln. gektar maydonda paxta va boshqa turdagi qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirishda yuqori hosil olish uchun tuproq unumdorligini saqlagan holda unga ishlov berishning innovatsion texnologiyalari va zamonaviy texnika vositalarini tadbiq etish muhim о‘rin egallaydi [ 3 ].
Ekinlardan mо‘l hosil yetishtirishda shudgorlashning ahamiyati katta. Zero, sifatli о‘tkazilgan kuzgu shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi. Mamlakkatimizda bozor iqtisodiyoti davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bо‘lgan talabini qondirish hozirgi kunda qishloq xо‘jaligi oldida turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qolmoqda va Respublikamiz hukumati bu sohaga katta e’tibor qaratmoqda.
Mamlakatimizda asosiy qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar fermer va dehqon xо‘jaliklari, shuningdek bir qismi qishloq xо‘jalik korxonalari hisoblanadi. Bugungi kunda turli sohadagi innovatsiya va izlanishlar yangi yutuqlarga erishish, mustahkam raqobatni yо‘lga qо‘yishda muhim omil bо‘lmoqda. Xususan mamlakatimizda agrar sohani isloh qilish, qishloq xо‘jaligida zamonaviy usul va texnologiyalardan oqilona foydalanish ijobiy samaralaar bermoqda.
Qishloq xо‘jaligida klaster usulining joriy etilishi yerni shudgorlashdan hosilni yig‘ishtirib olishgacha, xosmashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqishgacha bо‘gan barcha jarayonlarda kо‘p bosqichli kompleks yondashuv tizimini yaratdi. Ma’lumki, yerga asosiy va ekish oldidan ishlov berish qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishida eng kо‘p energiya talab etadigan jarayonlar bо‘li, paxta va boshqa qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirish va yig‘ib olishga sarflanayotgan umumiy energiyaning 40-50 foizi ularni bajarish uchun sarflanadi. Shu sababli tuproqqa asosiy ishlov berishda energiya sarfini kamaytirish qishloq xо‘jaligi ishlab chiqrishida kо‘plab miqdorda yonilg‘i moylash materiallarini tejash, yonilg‘i sarfi va boshqa xarajatlarni kamaytirish, ish unumdorligi va mashinalar hamda ular ish organlarining chidamliligini oshirish imkonini beradi, yetishtirilayotgan mahsulot tannarxini kamayishiga olib keladi. Olimlarning olib borgan tadqiqotlariga kо‘ra tuproqqa ishlov berishda energiya-resurstejamkorlikni ta’minlashning quyidagi asosiy yо‘llari mavjudligini kо‘rsatdi;
-tuproqqa ishlov berish mashinalari va ular ish organlarinig konstruksiyalari va texnologik ish jarayonlarini takomillashtiriish;
-tuproqqa ishlov berishda energiya sarfini kamaytiruvchi texnologiyalarga о‘tish;
- kombinatsiyalashgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini qо‘llash;
-tuproqni deformatsiyalash va parchalashga energiya sarfini kamaytirish.
Tuproqqa asosiy ishlov berish-muhim agrotexnik tadbir bо‘lib, paxta, g‘alla va boshqa qishloq xо‘jalik ekinlarining bо‘g‘usi hosili taqdiri uning о‘z vaqtida va sifatli о‘tkazilishiga bog‘liq. О‘zbekiston Respublikasi agrokompleksining asosiy vazifasi – qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishini ta’minlash hisobiga mamlakat aholisini oziq-ovqat va qishloq xо‘jaligi xom ashyosi bilan, xalq xо‘jaligini esa turli xildagi maxsulotlar va xom ashyolar bilan ta’minlash hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda xalq xо‘jaligining bu tarmog‘iga jiddiy e’tibor berilib kelinmoqda. Hozirgi kunda dehqonchilikdan olinadigan maxsulotlarning miqdori va sifatini oshirish vazifasi qо‘yilgan. Bu vazifani amalga oshirish uchun eng avvalo tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xо‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bunda eng avvalo rivojlanishning jadallashtirish omillarini, fan va texnikalarning eng yangi, samarali yutuqlarini hamda ilg‘or tajribalarini joriy etish, hozirgi kundagi hamda yaratilayotgan ishlab chiqarish potensiallaridan samarali foydalanishni kо‘zda tutadi. Tuproqqa asosiy ishlov berishni takomillashtirish texnologiyasini qidirish bо‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida mazkur bitiruv malakaviy ishida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib tuproqqa asosiy ishlov berishdagi mavjudmuammolarni bartaraf etishda bevosita foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |