T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   188
Mutaxassislikka kirish

Amaliy va tajriba 
mashg'ulotlari ma’ruza kursida olingan 
bilimlarni amalda tadbiq qilish maqsadida o‘tkaziladigan dars 
shakllaridan biridir. Bu ikki mashg‘ulot o'zining xususiyatiga ko'ra 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy va tajriba darslarida 
talabalar ikki guruhga boMinadilar har bir kichik guruhga alohida 
o‘qituvchi rahbarlik qiladi. Amaliy mashg‘ulotlar asosan ijtimoiy 
fanlar (tarix, til, adabiyot, huquq kabi), tajriba mashg‘ulotlari esa 
tabiiy fanlar (ximiya, fizika, texnika kabi) uchun qollaniladi.
Amaliy va tajriba darslarini nazariy kursda boshlab, 8-10 
soatlar o‘tkazilgandan keyin boshlash maqsadga muvofiqdir. 
Amaliy darslarda talabalar o‘zlashtirayotgan mavzu mazmuniga, 
bajariladigan vazifaning hajmiga qarab yakka holda yoki ikki-uch 
kishidan iborat gruppa boiib ishlaydilar.


Dars 
boshida 
o‘qituvchi 
topshirig‘iga 
ko‘ra 
talabalar 
tajribaxonada bajariladigan ish mazmuniga qarab kerakli adabiyotlar, 
tajriba jihozlari, reaktivlar va turli asbob-uskunalar, bajariladigan 
tajriba ishining rejasi bilan tanishib, adabiyotlarda ko‘rsatilgan 
qoidalarga amal qilgan holda mustaqil ishlay boshlaydilar. Agar ish 
jarayonida qiyinchiliklarga yoki tushunmovchiliklarga duch kelinsa, 
o‘qituvchiga murojaat qilish lozim. Amaliy tajriba mashg‘ulotlari 
talabaga ma’ruza jarayonida olgan bilimlarini amalda tadbiq etishda 
malaka hosil qiladi.
Amaliy va tajriba darslari oxirida, har bir talaba vazifani bajarib 
bo‘lgandan keyin, o‘qituvchi qilingan ishlarni ko‘zdan kechiradi, 
ishlatilgan asboblar joy-joyiga qo‘yiladi.
~ Maslahatlar 
oliy taiim d a o‘qitishning keng qo‘llaniladigan 
bir shakli boiib, ko‘pincha ma’lum kurs materiallari o‘tib 
bolingach. undan olinadigan test yoki reyting nazorati oldin 
o‘zlashtirgan talabalar bilan yakka holda yo gruppa bo iib 
o‘tkaziladi. Maslahatlarda, odatda, bir yoki bir necha guruh 
talabalari o'zlasbtirgan bilimlari yuzasidan o‘qituvchi yakuniy 
suhbat oikazadi va talabalarning tushunmagan savollariga javob 
beradi. Maslahatlardan boshqa maqsadlarda ham, masalan, 
biror muammoni yechishda yoki biror mustaqil masalani yecha 
olmaganda ham foydalaniladi. Bunda shu soha mutaxassisidan 
maslahat so‘raladi.
Kollokviumlar 
o'cjitish 
jarayonida 
keng 
qoilaniladigan 
dars formalaridan biri boiib, ayniqsa, tabiiy fanlarni toiaroq 
o‘zlashtirishda juda qulaylik tug‘diradi. Kollokoviumda fanning 
bir boiim i o‘tib boiingach, shu boiim ni talabalar qanday 
o‘zlashtirganliklari sinab ko‘riladi. Unda o‘qituvchi talabalarga 
vazifalar beradi. Talabalar savollarga birin-ketin javob beradilar. 
Javoblar o‘qituvchi tomonidan yakunlanib, umumlashtiriladi va faol 
ishtirok qilgan talabalar rag‘batlantiriladi.

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin