T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   188
Mutaxassislikka kirish

I. Umumiy qoidalar
1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi 
orqali baholashdan maqsad ta ’lim sifatini boshqarish orqali 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning 
fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil b o lish in i oldini olish
ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, 
ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va 
tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy 
tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, 
haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan 
muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, 
axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning 
natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
e) talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz 
tayyorgarligini ta’minlash;
yo) o'quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga 
sharoit yaratish.
3. Fanlar bo'yicha talabalar bilimini semestr baholab borish 
reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga 
oshiriladi.
32


II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
4. Nazorat turlari, uni o'tkazish tartibi va mezonlari kafedra 
mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasining (fakultet) o'quv- 
uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har 
bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg'ulot turlari bilan birgalikda 
ko'rsatiladi.
5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda 
har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va 
oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan 
bo'yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
6
. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining 
Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi 
nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat 
- talabaning fan mavzulari bo'yicha bilim va 
amaliy ko'nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat 
fanning xiisusiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya 
va amaliy mashg‘ulotlarida og'zaki so'rov, test o'tkazish, suhbat, 
nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi 
boshqa shakllarda o'tkazilishi mumkin;
Oraliq nazorat 
- semestr davomida o'quv dasturining tegi- 
shli (fanning bir necha mavzularini o'z ichiga olgan) bo'limi 
tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko'nikma 
darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni va 
shakli (yozma, og'zaki, test va hokazo) o'quv faniga ajratilgan 
umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan 
belgilanadi;

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin