II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
4.
Nazorat turlari, uni o'tkazish tartibi va mezonlari kafedra
mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasining (fakultet) o'quv-
uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har
bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg'ulot turlari bilan birgalikda
ko'rsatiladi.
5. Reyting nazorati jadvallari,
nazorat turi, shakli, soni hamda
har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va
oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan
bo'yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
6
. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining
Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash
uchun quyidagi
nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat
- talabaning fan mavzulari bo'yicha bilim va
amaliy ko'nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat
fanning xiisusiyatidan kelib chiqqan holda, seminar,
laboratoriya
va amaliy mashg‘ulotlarida og'zaki so'rov, test o'tkazish, suhbat,
nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi
boshqa shakllarda o'tkazilishi mumkin;
Oraliq nazorat
- semestr davomida o'quv dasturining tegi-
shli (fanning bir necha mavzularini o'z ichiga olgan) bo'limi
tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko'nikma
darajasini aniqlash va baholash usuli.
Oraliq nazoratning soni va
shakli (yozma, og'zaki, test va hokazo) o'quv faniga ajratilgan
umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan
belgilanadi;
Dostları ilə paylaş: