Kurs loyihasi yoki ishlari
oliy o‘quv yurtlarida talabalarni
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish malakasini hosil qilishga,
ma’lum ilmiy xarakterga ega boigan qisqacha m a’ruza yozishga
29
o‘rganishga chorlaydi. Odatda, kurs ishlari yoki loyihani
3
'ozishda
o‘qituvchi rahbarligida mavzu tanlab oiinadi va mavzuga doir
reja tuziladi, rejaga asosan kurs ishi yozilib, taqriz qilinadi va
o‘qituvchiga topshiriladi. Kurs ishini bajarish jarayonida talaba
o‘qituvchi rahbaridan muntazam ravishda maslahatlar olib turadi.
Ularning hajmi fanlarning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Kurs ishlarining nazorat ishlaridan farqi shundaki, kurs ishlarida
talabalar aniq mavzu bo'yicha mustaqil fikr yuritadi va kichik
muammolarni yechib berishga o‘zining hissasini qo‘shadi. Nazorat
ishlarda esa oldin tayyorlab qo‘yilgan savollarga javob qaytariladi.
Ularning hajmi kurs ishlarining hajmiga nisbatan kichik bo‘lib,
o'zaro bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Kurs loyihasi yoki ishlari
talabalarning o‘quv-tadqiqot ishlarining asosiy shakllaridan birini
tashkil etadi.
_
Bitiruv malakaviy ishlari
talabalar oliy o‘quv yurtini tarnom-
layotganlarida tanlagan maxsus kurslari yuzasidan ilmiy-tadqiqot
olib boradilar. Ular shu soha bilan bevosita bog‘liq boigan
adabiyotlarni ishlab chiqib, o‘z ishlarning boshqa ishlardan farqini,
uning ishlab chiqarishga keltiradigan foydasini ko‘rsata bilishlari
kerak. BMI o‘qituvchi rahbarligida yoziladi. BMIlarning hajmi
12-15 ming so'z atrofida belgilanadi. Ish tamom boigach, BMIga
mutaxassis tomonidan taqriz yoziladi va muhokamaga qo‘yiladi.
Muhokamada mutaxassislar ishtirokida bitiruvchi qilgan tadqiqoti
haqida axborot beradi. So‘ngra muhokama hamda munozara qilinadi
va ish baholanadi.
_
Talabalar tomonidan
bajarilgan
BM Ilar
haqiqiy
ilmiy
ishlarning boshlanishidir. Bu munozarani talab etmaydi. BMI
talabaga ilmiy izlanish, muammolarni o‘rganish va uning
mohiyatini tahlil qilishda yordam beradi. Zotan, talabalar o‘qish
jarayonida m a iu m doirada ilmiy-tekshirish ishlari olib borgan
boiadilar. Talabalarning ilmiy ishlari talabalar ilmiy jam iyatlari
anjumanida tinglanadi, muhokama qilinadi, baholanadi bu
jarayon talabaning ilmiy qobiliyatini charxlab boradi.
30
|