Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan
talablar
va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda
tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali
momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari
boLyicha yol-yo'riqlar, beriladi. Maslahat
paytlarida bajarilgan
ishlarning qo‘yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi
nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to‘ldirish
taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtiro-
kida himoya qilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.
Talabaga
biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi
tanlashi ham
mumkin) ilmiy (referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza
tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari,
ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar,
maqola va monografiyalar
hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar
to‘playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi,
shaxsiy
tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar,
izohlar kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda
talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza
kafedrada himoya
qilinadi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va
ijodiy ishlash.
Bir mavzu yoki bo‘lim bo'yicha nostandart, alohida
yondashish
talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan
amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-
ijodiy vazifalar,
modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi
topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning
optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bolishi kerak.
Talabaning
qiziqish
va
qobiliyatiga
qarab,
unga
ilmiy
xarakterdagi
topshiriqlar berish, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy
maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: