1.8. TALABALAR MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH
VA NAZORAT QILISH
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy
bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat
ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda
oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli
vaziyatlarni to
4
g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha
oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida
belgilangan.
Ma'lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur'atlar bilan
kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat
dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ul-
lansa va o'z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur
o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va
malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil
faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga
qiziqish paydo bo'ladi.
Shuning
uchun talabalarning mustaqil ta’lim
olishlarini
rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-
sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o'qitish bilan
bir qatorda ularni ko‘proq o'qishga o‘rgatish, bilim olish yoTlarini
ko‘rsatish. mustaqil ta’lim olish uchun yoTlanma berish oliy ta’lim
muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: